[-]


Download 141.93 Kb.
bet4/11
Sana13.09.2020
Hajmi141.93 Kb.
#129533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DIQQAT

Климов Е.А. «Общая психология». Речь, Москва-2001

iboratdir. Diqqat turlarida insonda yuzaga keladigan holatlar quyidagi jadvalda aks ettirilgan.

Diqqat turlari
Ixtiyorsiz diqqat deb tosatdan tasir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil boladigan diqqatga aytiladi.

Odamning koz ongida paydo boladigan juda yorqin rangli narsalar, ozining tashqi korinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar, tosatdan paydo bolgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bolishi mumkin. Masalan, hikoya oqish mashguloti paytida tosatdan uchib otgan reaktiv samolyotning qattiq va bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor oziga jalb qiladi.

Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bogliq bolgan diqqatdir. SHuning uchun ham ayni chogdagi ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bogliq bolgan narsalarning tasiri ixtiyorsiz diqqatga sabab boladi. Masalan, yorqin oyin paytida zaldan eshitib qolgan bolani qiziqtirgan musiqa ovozi uning diqqatini oyindan darhol oziga jalb qilib oladi.

Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka yoki bu nima?‖ refleksi tashkil qiladi. CHunki tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina ozgarishi bizda darhol orientirovka refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, "nima gap?" degan manoda atrofimizga razm sola boshlaymiz.

Ixtiyoriy diqqat deb-oldindan belgilangan qatiy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni malum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi.

Odamning kopchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun barcha faoliyat turlarida, yani oqish, oyin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bolib, u zor berishlikni, yani irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi.

Ixtiyoriy diqqatning nerv fiziologik asosida miya yarim sharlarining postida vujudga keladigan optimal qozgalish manbai bilan ikkinchi signallar

sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli goyat kattadir. CHunki kopchilik hollarda hoh talim jarayonida bolsin, hoh mehnat jarayonida bolsin nutq orqali turli vazifalar qoyish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi.

SHuni aytish lozimki, ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat vaqtida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. Iroda kuchini sarflash orqali, yani odam ozini majbur qilish orqali diqqatni safarbar qilishi odamni charchatadi. Ixtiyorsiz diqqatda esa hech qanday iroda kuchini ishga solish talab etilmaydi. SHuning uchun ixtiyorsiz diqqatda odam charchamaydi. Ana shu jihatdan olganda talim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti- vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga otib turishi yaxshi boladi.

Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini ixtiyoriydan songgi diqqatni korsatib otish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.3

Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy toplanganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning ozi qiziqarli va ahamiyatli bolsa ixtiyoriydan songgi diqqat deb tushunish mumkin. Bu holda faoliyat kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni obektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-gayrat sarflamasa ham bolaveradi. SHunday qilib, ixtiyoriydan songgi diqqat ixtiyoriy diqqatdan keyin namoyon bolgan holda shuning ozidangina iborat deb hisoblash mumkin emas. Masalan, yuqori sinf oquvchisi imtihonga tayyorlanayotib qiyin kitobni qisqacha mazmunini yozib chiqar ekan, oldiniga ozini diqqat-e‘tiborli bolishga, chalgimaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday qiziqib ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalgitish qiyin boladi. Dastavval irodaviy kuch-gayratlar madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan songgi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan songgi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi

bilan belgilanadi, koproq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatning

3
Download 141.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling