vorini nazorat qilishni o‗rganadi. O‗quv yilining boshida darslarda o‗tirish bola qiyinchilik tug‗dirgani uchun malakali pedagoglar o‗z darslarini rang-barang o‗tkazishga intiladilar. SHu bilan birga bu davrda bolada ko‗rgazmali-obrazli tafakkur shakllangan bo‗lishini ham hisobga olish kerak.
YUqori sinflarda diqqatning rivojlanishi yuqori darajaga chiqadi. Maktab o‗quvchisi endi uzoq muddat bir faoliyat turi bilan shug‗ullanishi va o‗z xulq- atvorini nazorat qilishi mumkin. Bir narsani alohida e‘tiborga olish lozim, diqqatning rivojlanishiga faqatgina tarbiya emas, balki yosh xususiyatlari ham ta‘sir etadi. Masalan, 13-15 yoshdagi psixofiziologik o‗zgarishlar ham inson organizmida qo‗zg‗aluvchanlik yoki tushkunlik ortadi, bu esa diqqatning barqarorligini biroz susaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |