[-]
Download 141.93 Kb.
|
DIQQAT
iq. Agarda diqqatimiz ko‗chirilishi lozim bo‗lgan narsalar o‗rtasida ma‘lum jihatdan mazmuniy bog‗liqlik bo‗lsa, diqqatimiz osonlik bilan ko‗chadi. Odamning qiziqishlari va ehtiyojlari bilan bog‗liq bo‗lgan narsalarga ham diqqat engillik bilan ko‗chadi.
SHunday qilib, diqqatning ana shu yuqorida ko‗rib o‗tgan asosiy xususiyatlari odamning barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli tuman o‗zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug‗ma ravishda, ya‘ni irsiy yo‗l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog‗idan boshlab turli faoliyatlar o‗yin, o‗qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi. P.YA.Galperinning nazariyasi ham diqqatga sazovordir. Uning nazariyasida quyidagi holatlarga e‘tibor qaratilgan: 1. Diqqat yo‗naltirilganlik xususiyatiga ega va inson psixikasining eng muhim jihati bo‗lib, boshqa psixik fenomenlardan shunisi bilan farqlanadi. 2. Diqqatning asosiy funksiyasi — harakat va psixik hodisalar ustidan nazorat o‗rnatishdan iborat. Har bir harakat asosida yo‗nalganlik, bajarish va nazorat qilish yotadi. Bu eng oxirgi holatdir. 3. Harakatlardan farqli ravishda diqqat faoliyatning mahsulini ta‘minlaydi. 4. Diqqat mustaqil harakat sifatida faqatgina aqliy faoliyatdagina namoyon bo‗ladi. Lekin, har qanday o‗z-o‗zini nazorat qilish diqqatni tavsiflamaydi. Diqqat o‗z-o‗zini nazorat qilish jarayonini samaradorliligini oshiradi. 5. Agar diqqatni faoliyat sifatida ko‗rib chiqsak, psixik nazorat diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakterini tavsiflaydi va aqliy harakatlarni shakllanishini ta‘minlaydi. 6. Ixtiyoriy diqqat faoliyatning mahsuldorligini ta‘minlaydi. Diqqat boshqa bilish jarayonlari kabi rivojlanish bosqichlariga ega. Inson hayotining birinchi yilida bolada ixtiyorsiz diqqat rivojlangan bo‗ladi. Bola dastlab faqatgina tashqi ta‘sirlargagina javob qaytaradi. Bu holatda tashqi qo‗zg‗atuvchi yorqinlik harakteriga ega bo‗lishi kerak, masalan qorong‗u Download 141.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling