[-]
Download 1.03 Mb.
|
1 4 sinflarda jismoniy madaniyat darslarini otish metodikasi yosh (pdf.io) (1)
4-SINF
Yillik soatlar taqsimosti Nazariy ma'lumotlar 1. Odam organizmining tuzilishi va rivojlanishida badantarbiyaning o‘rni. 2. Qaddi-qomatning tuzilishiga maxsus mashqlarning ta'siri. 3. Chiniqish nima? Badanni chiniqtirishning asosiy qoidasi va ahamiyati haqida tushuncha berish. 4. Mashg‘ulot vaqtida shikastlanishning oldini olish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida ma'lumot berish. 5. Qomat buzilishining oldini olish, ogohlantirish qoidalari haqida. Qomatni rostlaydigan mashqlar haqida tushuncha berish. Ommaviy sport turlari to‘g‘risida (futbol, voleybol, qo‘I to‘pi, basketbol, badminton, tennis va hokazolar) ma'lumot berish. O‘z-o‘zini nazorat qilish to‘g‘risida bilim berish.hgfgd AKROBATIKA 1. «Yarim shpagat» va «shpagat» o‘tirishlarni bajara olish uchun maxsus mashqlar bilan shug‘ullantirish. 2. Yonga to‘ntarilish uchun ko‘nikma hosil qiluvchi mashqlar. 3. Boshda tik turishni o‘rgatish (o‘g‘il bolalar uchun). 4. Mashqlar majmuasi. Dastlabkl holat oyoqlar kerilgan, qo‘llar yuqorida orqaga engashib «Ko‘prik» tushish, chap (o‘ng) qo‘lga tayanib burilib, cho‘qqayib tayanish holatini olish, tik turib qo‘llar yonda, o‘ng (chap) oyoqda «Qaldirg‘och» hosil qilish, shu holatdan suvga sakrovchilarning start holatiga o‘tish va ikki marta ketma- ket oldinga o‘mbaloq oshib, yuqoriga kerishib sakrash. Osilish va tayanishlar. Gimnastika devoriga o‘rgatilgan usuilarda tirmashib chiqishlar (oddiy, bir taraflama, har taraflama). Gimnastika devorida osilib turgan holatdan, qo‘llarga tortilish bilan tirmashib chiqishlar. Gimnastik devoridan qiya qo‘yilgan gimnastik o‘rindiqqa o‘tish. Aralash va oddiy osilishlar Turnikda osilish, oyoqlarni bukib osilish, osilishda oyoqlarni bukib to‘g‘rilab oldinga ko‘tarilish. Past turnikda osilib turishdan to‘ntarilib tayanchga ko‘tarilish (bir oyoqda depsinib, ikkinchisida siltanib bajariladi). Mashqni bajarish uchun oyoq harakatlanganda qo‘llar bukilib, oyoq va gavdani turnikka yaqinroq olib borishga harakat qilinadi. Yerda qorin bilan yotgan holda o‘rmalash. Tik arqonga uch harakat usulida tirmashib chiqish: 1. Gimnastika devorida osilib turishdan, uch harakat usuli texnikasi bilan tirmashib chiqish. 2. Tik arqonda ko‘rsatilgan usulda 2—3 m gacha tirmashib chiqish. Tayanib sakrashlar: 1 m balandlikdagi «Ot» ustiga sakrash va oyoq tizzalariga cho‘qqayib tayanish. Shu mashqni 60—65 sm balandlikda taxlangan gimnastika to‘shagi ustida tayanib turib bajarish. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling