[-]
Download 1.03 Mb.
|
1 4 sinflarda jismoniy madaniyat darslarini otish metodikasi yosh (pdf.io) (1)
RAQS ELEMENTLARI
Milliy musiqa ritmlarini ijro etish: «Andijon polkasi», «Lazgi», «Qadamlarda sakrab oldinga va o‘ng tomonlarga yurish». Qo‘l va oyoq harakatlarini musiqaga moslab borish. Ritmik gimnastika elementlari: «Vals», «Polka qadamlari», «O‘rdakchalar raqsi». S U Z I SH Erkin suzish usuli elementlarini o‘rganish. 25 m ga erkin usulda suzish. «Laylak va qurbaqalar», «Baliqchi va baliqlar», «To‘pli quvlashmachoq», «Dengizchi». . 3-SINF Yillik soatlar taqsimoti Nazariy ma'lumotlar 1. Jismoniy mashqlarning inson qomatini mustahkamlashga va jismoniy ish qobiliyatlariga ta'siri. 2. Inson mushaklarining bo‘shashtirilishining ahamiyati. 3. Har xil nojo‘ya harakatlardan shikastlanishning oldini olish usullari.bhhr Umumrivojlantiruvchi mashqlar. Qomatni rostlaydigan, ertalabki badan tarbiya mashqlari majmuasini bajarishga, to‘ldirma to‘plar bilan (1,5—2 kg) mashq bajarishga o‘rgatish. Boshni chap va o‘ng tomonlarga aylantirish. Gavdani (chapga, oldinga, orqaga, o‘ngga) har xil tomonga egish. Akrobatika Har xil dastlabki holatlardan oldinga o‘mbaloq oshishlarni, g‘ujanak bo‘lib o‘tirgan holatdan orqaga dumalash, oldinga dumalab dastlabki holatga qaytishni, sidirg‘asiga 2—3 marta o‘mbaloq oshishni o‘rgatish. Dastlabki holat asosiy turish, sidirg‘asiga ikki marta oldinga o‘mbaloq oshishi, orqaga dumalash bilan kuraklarda tik turish, shu holatda oyoqlarni bukish, birdaniga «ko‘prik» hosil qilish va bir qo‘lda tayanib, yondan orqaga burilish bilan cho‘qqayib tayanishga o‘tish va gavdani to‘g‘rilab yuqoriga sakrab, yumshoq qo‘nish. Tirmashib chiqish va oshib o‘tish mashqlari. Qiya joylashtirilgan gimnastika o‘rindig‘i ustidan qo‘llarda tortilib tirmashib chiqishda qo‘I kuchini rivojlantirish, arqonga 3 usulda tirmashib chiqishni o‘rgatish. Gimnastik devorga orqa bilan qo‘llarda osilib 30 soniya mobaynida turish. Qo‘llarda osilib, tizzalarni yuqoriga ko‘tarish. Baland turnikda tortilish (o‘g‘il bolalar), gimnastika o‘rindig‘ida tayanib, qo‘llarni bukish va yozish (qiz bolalar). Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling