[-]
Download 1,03 Mb.
|
1 4 sinflarda jismoniy madaniyat darslarini otish metodikasi yosh (pdf.io) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvozanat
- O‘quvchilarga
AKROBATIKA
1-sinfda o‘tilgan mashqlarni qaytarish. G‘ujanak bo‘lib o‘tirish, oldinga o‘mbaloq oshish, kurakiarda tik turish, yon tomonga o‘mbaloq oshish, «ko‘prik» turish, qorin bilan yotgan holda ikki oyoq uchini qo‘l bilan ushlab, kerishish. Bir oyoqda turib, qo‘llarni yonga uzatib muvozanatni saqlash, «qaldirg‘och», yarim shpagat turish. Cho‘qqayib tayanib o‘tirgan holda, oyoqlarda depsinib oldinga o‘mbaloq oshish. Muvozanat saqlash mashqlari Yakka cho‘p va gimnastik o‘rindiq ustida oyoq uchida yurish, 180° ga burilib yonboshlab qadamlab yurish, qo‘yilgan to‘plar ustidan xatlab yurish, sakrab tushish. Tirmashib chiqish va oshib o‘tish mashqlari. Gimnastik devorga qiya qilib o‘matilgan gimnastik o‘rindiq ustida tizzalar bilan tayanib cho‘kkalab yuqoriga tirmashib chiqish, qorin bilan yotgan holda qo‘llar bilan tortilib chiqish. 60 sm balandlikdagi yakka cho‘p ustidan oshib o‘tish. Osilish va tortilish mashqlari. Tunikda osilib turish, oyoqlarni bukib turish, oyoqlarni oldinga 45° ga burchaklatib osilib turish. Qo‘llarni bukib osilib turish, osilib tortilish. Gimnastik sakrash mashqlari. Turgan joyda 30 sm balandlikdagi o‘rindiq ustidan pastga yumshoqqina sakrab tushish. Gimnastik ko‘prikcha ustidan oyoq uchida tizzalarni bukmasdan sakrash, 2-3 m naridan qadamlab kelib, ko‘prikcha ustidan yuqoriga sakrash va to‘shakka yumshoq kelib tushish. Sport zalida 5 to‘siqdan iborat to‘siqlardan o‘tish mashqlari 1-sinfda ko‘rsatilgan 5 to‘siqdan o‘tish mashqlarini takrorlash. Quvnoq o‘yinlar. Akrobatika elementlari (mashqlari) bilan estafeta o‘tkazish. Arg‘amchi (sakragich), gardishlar bilan "Mashqni ko‘r, eslab qol va bajar", "Man qilingan harakat". O‘qituvchi ko‘rsatgan 8— 10—12- mashqlarni bajarish. O‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar 1. Dars vaqtida olgan bilim va egallagan malakalarini, uyga bergan vazifalarini, ertalabki gimnastika mashqlarini bajara olish. 2. Arg‘amchi bilan sakrash. 3. Oldinga o‘mbaloq oshish, kuraklarda tik turish, oyoqlarni yuqoriga ko‘tarib ushlab turish, «ko‘prik» turish.
Download 1,03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling