[-]
Download 1.03 Mb.
|
1 4 sinflarda jismoniy madaniyat darslarini otish metodikasi yosh (pdf.io) (1)
1-SINF. Bolalarni yakkama-yakka bittadan, juft-juft ikkitadan bo‘lib, qisqa masofalarga yurish va yugurishlarini aniq bajarishga o‘rgatish. Kalta arqonlar, arg‘amchilardan sakrashni, balandbo‘lmagan to‘siqlardan «chuqurcha»ga sakrashni, aniq nishonga uloqtirishni o‘rgatish. Turii to‘siqlardan, gimnastik o‘rindiqdan va shuningdek, devorlarga tirmashib chiqib, oshib o‘tishga o‘rgatish. Yurish-yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari mujassamlangan harakatii o‘yinlarda ishtirok etish. Suvda o‘z-o‘zini tuta bilishni o‘rgatish. Milliy raqs harakatlarini o‘rgatish va raqsga tushish. Ertalabki oddiy gimnastik mashqlami mustaqil bajara olishga o‘rgatish.
2-SINF. 20-30 m masofaga to‘g‘ri yo‘lakdan bir-biridan o‘zib o‘tib tez yugurishni; sekin va bir maromda 100-150 m masofaga hamda yurish va yugurishni 200 m ga; to‘pni uzoq va aniq masofalarga uloqtirishni; sakragichda 30 ga qadar sakrashni, joydan va yugurib kelib uzunlikdan sakrashlami; 25 m masofaga suzishni; «Andijon polkasi», «Lazgi», «Yalla» musiqalariga raqs tushishni; komanda hisobida harakatii o‘yinlarda qatnashishni bilish va uddalash lozim. Mustaqil ravishda ertalabki gimnastikani bajarish zarur. 3-SINF. Quyidagilarni bajara olishni bilishi kerak: 30— 40 metrga yugurish; asta yugurib, me'yorida tezlikda 200 metr masofali bo‘limlarda (100—200 m yurib-yugurib) 2—3 marta bajarish; sakrash chuqurchasini chetidan yugurib kelib depsinib uzunlikka sakrash; tepalikdan (50— 60 sm) sakrab tushishlar, to‘pni uzoqqa va aniq nishonga joydan turib uloqtirish; sakragichda 60—80 marta sakrash; harakatli o‘yinlarda sinf bilan qatnashish, o‘yin qoidalari asosini bilish; erkin holatda 25—50 m ga suvdan suzib o‘tish; milliy raqslarning asosiy harakatlarini bilish; «Gulnoz», «Sho‘x qizlar», «Lazgi», «Yalla», «Qari navo», «Paxtaoy» va hokazo, ertalabki gigiyenik gimnastikani bajarish. 4-SINF. Jismoniy tarbiya dasrlarida o‘z-o‘zini muhofaza qilish qoidalarini bilish barobarida quyidagilarni bajarishi lozim: — to‘g‘ri yo‘lakdan chaqqon yugurishni; guruh bilan birga 60 metrli masofaga yugurishni; sekin-asta yugurib 200 metrli masofani 3-4 marta (dam olib) me'yorli tezlikda yugurishni; uzunlikka va balandlikka yugurib kelib sakrashni; to‘pni uzoq masofaga aniq nishonga 3—4 qadam tashlab uloqtirishni; mokisimon yugurishda berilgan topshiriqni bajarishni; to‘pni ilib olib uloqtirishni, to‘p bilan harakatlanishni; futbol va sport o‘yinlari elementlarining soddalashgan elementlarini almashtirib bajarishni; harakatli o‘yinlarni jamoa ishtirokida ona boshi yoki sardor sifatida bajarishni; ertalabki kompleks gimnastikani bajarish. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling