[-]
Download 1.03 Mb.
|
1 4 sinflarda jismoniy madaniyat darslarini otish metodikasi yosh (pdf.io) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvozanat
1-SINF Yillik soatlar taqsimoti
o‘yinlar elememtlari Eslatma: Yuqorida tahminiy taqsimlangan soatlarni maktabdagi sharoitga qarab taqsimlashi mumkin. GIMNASTIKA Nazariy ma'lumotlar 1. O‘quvchilarning sport zalida, maydonda ibratli xulq-atvorli bo‘lishlari tartib-intizomni saqlashlari. 2. Shaxsiy gigiyena va kun tartibiga rioya qilish. 3. Inson salomatligi uchun jismoniy mashqlarning foydasi. 4. Gimnastik anjomlar va alohida mashqlar bilan tanishtirish. 5. Ovqatlanish va unga bo‘lgan gigiyenik talablar. Tayanib sakrash 1. Turgan joyda yuqoriga qayishib sakrash va pastga yumshoq tushib to‘xtash. 2. Gimnastik o‘rindiq ustidan pastga, to‘shakka sakrab tushish. Muvozanat saqlash Gimnastika o‘rindig‘i yakka cho‘p ustida mashqlar bajarish: oyoq uchida qo‘ 1 holatlarini o‘zgartirib yurishlar; 180° ga burilish va pastga sakrab tushish; a) turganjoydan yuqoriga sakrab oyoq uchida yumshoq tushish. Sport zaidagi 5 ta to‘siqlardan o‘tish. 1 .Uzunasiga qo‘yilgan 2 ta gimnastika to‘shagi ustida chalqancha yotib, qo‘llarni yuqoriga uzatgan holda oldinga 2 marta o‘girilib turish. 2. Gimnastik o‘rindiq usti(reykasi)dan qo‘llarni yonga uzatib yurib o‘tish. 3. 80-90 sm balandlikdagi gimnastik xari ustiga uchi bilan tayantirib qo‘yilgan o‘rindiqqa tortilib chiqish va ustidan to‘shakka sakrab tushish. 4. Uzunasiga qo‘yilgan 3 ta gimnastik to‘shak ustida yotib oldinga qo‘l va oyoq bilan emaklab o‘tish. 5. Gimnastika devoriga qo‘l va oyoqlar yordamida tirmashib chiqib, gimnastik to‘shak ustiga sakrab tushish. Quvnoq o‘yinlar "Kim kuchli?", "Kim chaqqon?" gimnastik gardishlar, to‘ldirma to‘p va boshqa sport anjomlari bilan estafetalar. O‘quv mezonlari O‘quvchilarga qo‘yilgan talablar: 1. Turgan joyda «O‘ngga!» va «Chapga!» burilish. 2. Yoqoriga sakrab, pastga yumshoqqina tushish. 3. Turnikda 2—3 marta tortilish; qo‘llarga tayanib, 5— 6 marta qo‘llarni bukish va yozish. 4. Gimnastika qoidalariga rioya qilib mashq bajarish. Uyga beriladigan topshiriqlar 1. Ertalabki gigiyenik gimnastika mashqlaridan 4—5 tasini qaytarish (oyoqlarni har tomonga yoyiltirib, o‘tirib turish). 2. Oyoquchida sakrash (arg‘amchida). 3. 20—30 m ga 2—3 marta yugurish, 200—300 m ga yugurish. 4. Osilish, tayanish mashqlarini har xil usulda takrorlash. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling