[-]
Download 1.03 Mb.
|
1 4 sinflarda jismoniy madaniyat darslarini otish metodikasi yosh (pdf.io) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchilarga
- O`quvchilarga
YENGIL ATLETIKA
Nazariy ma'lumotlar Ertalabki gigiyenik gimnastikaning ahamiyati. Darslarda jismoniy mashqlarni bajarishning gigiyenik qoidalari. Kishi salomatligi uchun ochiq havoda mashqlar bajarishning ahamiyati. Tabiatning ekologik omillari va uning odam organizmiga ta'siri. O‘quvchilarni sport maydonida, zalda o‘zini tutish (yurish-turish) qoidalari. HARAKATLI O‘YINLAR Yurish bilan bajariladigan o‘yin mashqlari, yurish va yugurish bilan bajariladigan mashqlar; sakrash va uloqtirish bilan bajariladigan o‘yinlar. O‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar Erkin qadam tashlab to‘g‘ri yurishni bilish (30 m masofagacha), yurish bilan yugurishni almashlab bajarish; 2 daqiqa davomida asta-sekin me'yorda yugurishni bilish. Turganjoyda qisqa arg‘amchida sakrashni bilish; turgan joydan va yugurib kelish bilan uzunlikka sakrashni bilish; to‘pni nishonga va uzoqqa uloqtirishni bilish. O‘quv mezonlari: 1. 30 m ga yugurish: - o‘g‘il bolalar — 6,3 — 6,8 — 7,3 soniya; - qiz bolalar — 6,5 — 7,0 — 7,5 soniya. 2. Turgan joydan uzunlikka sakrash: - o‘g‘il bolalar — 120 — 100 — 80 sm; - qiz bolalar — 110 — 90 — 70 sm. 3. To‘pni nishonga uloqtirish (6 m masofadan 5 imkoniyatda): - o‘g‘il bolalar — 3-2-1 tekkizish; - qiz bolalar — 3-2-1 tekkizish. 4. 3x10 m ga mokisimon yugurish: - o‘g‘il bolalar — 9,5 - 10,0 — 10,8 soniya; - qiz bolalar -10,0-10,5 - 11,2 soniya. HARAKATLI O‘YINLAR Nazariy ma'lumotlar Harakatli o‘yinlarning bolalar organizmiga har taraflama ijobiy ta'sir etishi to‘g‘risida; darsda o‘yinlarni o‘tkazish jarayonida o‘rganiladigan mashqlarning izchilligiga alohida e'tibor berish; darsning ta'limiy va tarbiyaviy hamda sog‘lomlashtirish vazifalarini to‘g‘ri hal qilish; harkatli o‘yinlarni oddiy va murakkab qoidalariga rioya etish. O`quvchilarga qo‘yiladigan talablar O‘yin boshlanishida diqqat berib, o‘yin mazmunini anglab olish va o‘yin vaqtida bir-biroviga yordam berish. O‘yinchilar o‘qituvchining ko‘rsatmalariga ona boshining qoidalariga rioya qilishlari, o‘yin boshlanishida o‘zjoylarini aniq egallashlari, xushtak berilishi bilan o‘yinni to‘xtatishga rioya qilishlari va hokazo. "Charxpalak", "Hamma tezda o‘z joyiga", "Danak", "Oyog‘ingni ho‘l qilma", "Bir qatorga saflaning!", "Kim ko‘p yong‘oq yig‘ish", "To‘pli estafeta", "Sakragichli estafeta", "Yashiringanni topish", "Nishonga aniq ot", "Bekinmachoq", "Kim uzoqqa uloqtiradi", "Topishmoq", "Ikki yaxob", "Tortishmachoq", Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling