[-]
Download 1.03 Mb.
|
1 4 sinflarda jismoniy madaniyat darslarini otish metodikasi yosh (pdf.io) (1)
VOLEYBOL
Nazariy ma'lumotlar: 1. Maktabda o‘tkaziladigan voleybol haqida tushuncha va uning ahamiyati. 2. Voleybol o‘yinida turish holatini, o‘yin qoidasini, o‘rin o‘zgartirish qoidalarini o‘rganish. 3. Ikki qo‘l bilan yuqoridan kelgan to‘pni bir-biriga uzatishni o‘rgatish. 4. O‘yinchilarning asosiy burchi va huquqlarini, o‘ynash qoidalarini o‘rganish. O‘quv mezonlari 1. Devor oldida to‘prd devorga otib, devordan qaytgan to‘pni ikki qo‘lda qoidasiga rioya qilgan holda qaytarish; to‘pni devorga urishda to‘xtamasdan ikki qo‘lda qaytarishni balllash: 10 martagacha — «5», 8 martagacha — «4», 5 martagacha tushirmasdan qaytarganga — «3» ball qo‘yiladi, 2. O‘quvchi to‘pni turgan joyida, yuqoriga otib, ikki qo‘lida, «qo‘l uchida» qoidasiga rioya qilgan holda o‘ynashi va bir-biriga to‘pni uzatishlar balllanadi. QO‘l TO‘PI Nazariy ma'lumotlar 1. O‘zbekistonda qo‘l to‘pi (qisqacha ma'lumot). 2. O‘quvchilarning shaxsiy gigiyenasi. 3. Jismoniy tarbiyaning chiniqishdagi ahamiyati. O‘quv mezonlari 1. To‘pni yerga urib olib yurish, 10—15 m ga yugurish texnikasini to‘g‘ri bajarish. 2. To‘pni uloqtirish va ushlab olish. 3. To‘pni 15 marta yerga tushirmasdan uloqtirish. FUTBOL Nazariy ma'lumotlar O‘quvchilarning salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiyaning o‘rni. Jismoniy mashq bilan shug‘ullanishning gigiyenik qoidalari. Nafas olish a'zolarining tuzilshi va vazifasi. Shu a'zolarni futbol bilan muntazam shug‘ullanish orqali chiniqtirish. Futbolchilarning o‘yin mashqlari va o‘yin paytida xavfsizlikning asosiy qoidalari. Futbolchilarning kiyim va poyafzallariga qo‘yiladigan talablar. O‘quv mezonlari 1. 30 m ga yugurish: 5,3-5, 8-6,2 soniya. 2. Turgan joydan uzunlikka sakrash: 160-140-120 sm. 3. Baland tumikda tortilish: 4-3-2 marta. 4. To‘pni janglyor qilish: 5-4-3 marta. 5. 4 x 10 m ga mokisimon yugurish: 11,0-11,5-12,0 soniya. HARAKATLI O‘YINLAR Nazariy ma'lumotlar Harakatli o‘yinlarning insonning har tomonlama rivojlanishidagi ahamiyati, o‘yinlar jarayonida ta'lim-tarbiya, axloq-odob, do‘stlarga qanday munosabatda bo‘lish belgilarini aniq misollar bilan yetkazish; harakat paytida o‘zining qobiliyatini o‘zi aniqlay bilish, uzoq-yaqinni, tevarak-atrofda qilinayotgan harakatlarni ko‘ra bilish va h.k. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling