~ 10 ~
bilan, uchinchilarida esa – o’quv materiali bilan muloqot qilishga kuchli ehtiyoj
tug’iladi.
Har bir o’quvchi e’tirof va hurmatga nisbatan tabiiy ehtiyojga ega.
O’qituvchining mas’uliyati – o’quvchilar bir-birini kamsitadigan, uyaltiradigan
emas, balki bir-birining gapiga quloq soladigan, boshqalarning fikrini o’rganadigan
va shu bilan boshqalarga hurmatini bildiradigan muhitni yaratishdan iboratdir.
O’qituvchi har bir o’quvchining dars davomida birgalikdagi ishga qo’shgan
hissasini ta’kidlab o’tishi uchun imkon topishga harakat qilishi lozim.
Insonda bir nima qilish va yaxshiroq natijalarga erishish bo’yicha tabiiy
ehtiyoj mavjud. Mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar aniq topshiriqni
bajarayotganlarida yaxshiroq natijaga erishishni hohlaydilar. Mashg’ulot
jarayonida uning natijasi ular bajarayotgan topshiriqning mukammal bo’lishiga
qanday qilib yordam berishi mumkinligini bilmoqchi bo’ladilar. Bunday
ehtiyojlarning o’sib boruvchi chizig’i mavjud, ya’ni avval past darajadagi keyin
esa yuqori darajadagi ehtiyojlar.
Ta’lim sifatini yaxshilash, o’quvchilarning intellektual faolligini oshirish
bugungi kunda pedagogikaning bosh vazifasi hisoblanadi. Intellektual faollikni
oshirishda interaktiv usullardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu esa ta’lim
jarayonida yangiliklarni joriy etishni talab etadi.
Interaktiv usullar – (Interaction – inglizcha inter-o’zaro, aktiv-
harakatma’nosini anglatadigan so’zlardan iborat) o’zaro harakat, yoki hamkorlik
asosida harakatni bildiradi.
Interaktiv usullarning bir qancha turi mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |