V. Kurs ishi (loyhasi) bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar mutaxassislik namunaviy o’quv rejasida ushbu fan bo’yicha kurs ishi rejalashtirilmagan.
VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
tarqatma materiallar bo’yicha ma`ruza qismini o’zlashtirish;
o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash;
fanning boblari va mavzulari ustida ishlash;
talabalarni ijodiy jarayonga yo’naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish, mashqlar bajarish;
yangi texnika, jihozlar, keng ko’lamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish.
Mustaqil ishlarning tavsiya etiladigan mavzulari:
Hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari. Mehnat muhofazasi. Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi. Sanoat korxonalarini yoritish. Sanoatda titrashdan va shovqindan saqlanish. Elektr xavfsizligi. Sanoatda xavfsizlik vositalari. Sanoat korxonalari xududini obodonlashtirish. Uskunalarni loyihalashtirish, ergonomika elementlari va xavfsizlik belgilari. Yong’in xavfsizligi asoslari. Hayotiy faoliyat xavfsizligining tabiat aspektlari. Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi. O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasining xuquqiy va tashkiliy asoslari. Favqulotda vaziyat sharoitida axolini ximoyalash. Favqulotda vaziyatlarda xalq xo’jalik ob’ektlari ishining barqarorligini ta’minlash. Texnogen favquloddagi vaziyatlardan aholini va xududlarni ximoya qilish. Kimyoviy va radiatsion xavfli holatlarni baholash. Yong’in chiqish, portlash xavfli bo’lgan ob’ektlardagi transport va kommunal tizimlardagi avariya va halokatlar.
|