” 2022 yil hayot faoliyati xavfsizligi fan dasturi


Download 134.14 Kb.
bet1/9
Sana23.06.2023
Hajmi134.14 Kb.
#1650824
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HFX FAN DASTUR 001


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


Termiz davlat universiteti
rektori: ________A.R.Maraximov
___” __________2022 yil


HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
FAN DASTURI

(Barcha ta’lim yo’nalishlari uchun)



Termiz

Fan/modul kodi
HFX3104

O’quv yili
2022-2023

Semestr
-

Kreditlar
2

Fan/ modul turi
majburiy

Ta’lim tili
o’zbek

Haftadagi dars soatlari
2



1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama


Hayot faoliyati xavfsizligi

30

30

60

2.


I. FANNING MAZMUNI:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi va qator chora-tadbirlar ko’rishni: “Ta’lim to’g’risidagi” qonunni joriy etilishi, yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, o’quv yurtlarini attestatsiyadan o’tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi. Kelajak avlodni har tomonlama garmonik rivojlangan shaxs, ilmga va tafakkurga ega kadrlar qilib tayyorlashda mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi fanining roli katta.
Mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi-bu ijtimoiy-iqtisodiy, texnika, sanitariya-gigiyena, mehnat qonunlari va tashkiliy chora tadbir tizimidan iborat bo’lib, uzluksiz faoliyat jarayonida inson sog’ligi va mehnat va hayot faoliyati qobiliyatini saqlashni ta’minlashga qaratilgan fandir.
II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi– mehnat va hayot faoliyati xavfsizligi jarayonida insonning xavfsizligi, sog‘ligi va ish qobiliyatini saqlab qolishni ta’minlaydigan qonunlar aktini va ularga tegishli iqtisodiy, texnikaviy va tashkiliy tadbirlar sistemasini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishdan iboratdir.
Fanning vazifalari-talabalarni mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi masalalarini, yong‘in xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilishga hamda ularni har kungi hayot faoliyati davrida qo‘llay olishga o‘qitishdir.

    1. Talaba egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar:

Talaba:
-O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik asoslari, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha davlatimizning muhim qarorlari bilan tanishish:
-Oliy va xalq ta’limi muassasalarida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, maktab binosida mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha ishlarni tashkil qilishni o’rganish
-maktab binosi va sinfxonalarida, ishlab chiqarish mehnati darslarida, ekskursiyalarda, sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishda, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda asosiy xavfsizlik choralarini bilish:
-yong’in profilaktikasi va yong’in xafvsizligi usullari bilan tanishish.
-birinchi yordam ko’rsatishni, baxtsiz hodisalarni tekshirishning tartibini bilish.
-kasbiy kasallanish va travma sabablarini bilish talab etiladi.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar


O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini,O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunlari kodekisini, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha davlatimizning muhim qonunlarini, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi sirlari va ishlab chiqarish korxonalarida xavfsizlik talablarini bilishi kerak.
Mehnat qonunlari va hayot faoliyati xavfsizligi haqida, ishlab chiqarishdagi sanitariya-gigiena talablari, ergonomika haqida tushuncha, yorug‘lik va iqlimni inson organizmiga ta’sirini, ishlab chiqarishda shovqin, titrash, o‘t o‘chirish vositalarining tuzilishi, ishlashi, ulardan to‘g‘ri foydalanish va ularda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Mehnat va hayot faoliyati xavfsizligi jarayonida baxtsiz hodisaga uchragan insonga birlamchi yordam ko’rsatish, chang va uning zararligini baholash, shovqindan, titrashdan, elektr tokidan va yong’indan ximoyalanish, to‘qimachilik va yengil sanoatda xavfsizlik talablari, baxtsiz xodisalarning sabablarini tekshirish, jarohatlanish sabablarini bartaraf etish yo‘llari haqida malakaga ega bo‘lishlari zarur.

Download 134.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling