Tasdiqlayman” O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri
Download 28.95 Kb.
|
Ijro Boshqarma nizomi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasining Nizomi
- II. Boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasining Nizomi Umumiy qoidalar Boshqarma vazirlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Boshqarma faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror hamda farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, Turizm va madaniy meros vazirligining qaror va buyruqlariga, boshqa me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. Boshqarma faoliyatida vazirga bo‘ysunadi va o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlikning boshqaruv apparati faoliyatini muvofiqlashtiradi. Boshqarma o‘z faoliyatini vazirlikning boshqa tarkibiy tuzilmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa organlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Boshqarma xodimlarining vazifalar taqsimoti va ish tartibini belgilash boshqarma boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi va boshqarma xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari bilan mustahkamlanadi. II. Boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari Boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (11.09.2017y. № O‘RQ-445), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PQ–2881-sonli “O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining xujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 1999-yil 29-martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori, 2016-yil 27-oktabrdagi 366-sonli “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori, 2018-yil 7-maydagi 341-sonli “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, 2021-yil 12-fevraldagi 48-F-sonli farmoyishi, 2021-yil 31-martdagi 171-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimlarga tayinlashni va ularning faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablaridan kelib chiqib ishlarni tashkillashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyishlari va topshiriqlarini tegishliligi bo‘yicha vazirlik mas’ullari tomonidan bajarilishini nazorat qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan kelib tushgan hujjatlar (O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish, bayonlari va boshqa topshiriqlar) yo‘nalishlariga qarab 1a, 2a, 3a - kartochkalar bo‘yicha vazirlikning ichki elektron axborot tizimida nazoratga olish, nazorat muddatlari yaqinlashayotgan hujjatlar bo‘yicha ijrochilarga eslatmalar yuborish hamda tahlil qilib ijrodagi hujjatlarni nazoratdan olish; Hisob palatasi tomonidan nazorat qilinadigan hujjatlarning vazirlikka tegishli qismlari ijrosi bo‘yicha vazirlikning boshqarma va bo‘limlari hamda tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” ijro intizomini idoralararo yagona elektron tizimiga biriktirilishini nazorat qilib, nazoratdan olish uchun Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi bilan ishlarni olib borish; boshqarmaga nazorati yuklatilgan tegishli ish rejalar, chora-tadbirlar rejasi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va “yo‘l xaritalari”da belgilangan, bajarilish muddati kechikkan yoki kechikish va bajarilmaslik xavfi mavjud tadbirlar yuzasidan vazirlik rahbariyatiga tahliliy ma’lumotlarni kiritish; har oyning yakuni bilan (25 sanasiga qadar) kelgusi oyda muddati keladigan nazoratdagi topshiriqlar ro‘yxati bo‘yicha mas’ullarni ogohlantirish; vazirlik markaziy apparatida ijro nazorati samaradorligini va ta’sirchanligini oshirish, tarkibiy bo‘linmalar tomonidan topshiriqlarni bajarganlik to‘g‘risida taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini o‘rganib chiqib, ularni nazoratdan chiqarish ishlarini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi xalq qabulxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “Ishonch telefoni”, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, vazirlik “Ishonch telefoni” (call center) va vazirlikning elektron manzili orqali hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirlikga kelib tushgan yozma, og‘zaki va elektron murojaatlar hisobini yuritish, monitoring olib borish va ijrosini nazorat qilish; vazirlik rahbariyati, hududiy tashkilotlar, shuningdek tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislarini, zarur hollarda tegishli mas’ul xodimlarini jalb qilgan holda, murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari qabul qilinishini, shu jumladan shaxsiy sayyor qabullarni tashkil qilish; vazirlikga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari markaziy apparat boshqarma (bo‘linma)lari, hududiy tashkilotlar va tasarrufiy tashkilotlarga tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun taqdim etish va uning ijrosi bo‘yicha tizimli tahlil va nazorat yuritishning yagona tizimi amalga oshirilishini ta’minlash; vazirlikning markaziy apparati boshqarma(bo‘linma)lari, hududiy va tasarrufiy tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda uslubiy yordam ko‘rsatish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga doir takliflar ishlab chiqish; boshqarma vakolatiga tegishli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar asosida tizimli ishlarni tashkillashtirib, belgilangan topshiriqlarning ijrosi to‘g‘risida vazirlik rahbariyatiga muntazam axborot berib borish; kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan shikoyat qilish tartibini murojaatchilarga tushuntirish ishlarini olib borish; ijro intizomi nazoratini yuritilishi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlab, vazirlik markaziy apparati xodimlarining oylik ish haqiga qo‘shimcha ustamalarni belgilish yuzasidan rahbariyatga taklif kiritish; vazirlikning boshqarma va bo‘limlari, shuningdek tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxona, tashkilot va muassasalarga tegishli hujjatlar bilan berilgan topshiriqlar va yuklatilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha doimiy nazoratni ta’minlash; vazirlik ha’yat yig’ilishlarida berilgan topshiriqlarni ijrochilar tomonidan bajarilishini monitoring qilish va umumlashtirilishini tashkil qilish; belgilangan tartibda boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha fuqarolarni qabul qilishni ta’minlash. Download 28.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling