Tasdiqlayman” O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri


Download 28.95 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi28.95 Kb.
#1238536
1   2   3
Bog'liq
Ijro Boshqarma nizomi (2)

Boshqarmaning huquqlari

Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha quyidagi huquqlarga ega:
boshqarmaga yuklatilgan topshiriq va vazifalarni bajarish yuzasidan vazirlik boshqarma va bo‘limlari, shuningdek tizimdagi korxona va tashkilotlardan tegishli hujjatlarni, ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda talab qilish, shuningdek ulardan zarur axborotlarni so‘rab olish;
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda ma’lumotlarni olish;
vazirlik rahbariyatining topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalarga tegishli ko‘rsatmalar berish;
o‘z vakolati doirasida xizmat faoliyatiga doir masalalarda belgilangan tartibda davlat organlari va tashkilotlari bilan aloqa qilish;
vazirlik rahbariyatining topshirig‘iga binoan vazirlik va boshqa organlar, muassasalar majlislari hamda yig‘ilishlarida qatnashish;
ijro intizomi bo‘yicha o‘z lavozim majburiyatlariga nisbatan sovuqqonlik bilan yondoshgan mas’ullarni intizomiy javobgarlikka tortish haqida vazirlik rahbariyatiga bildirishnoma kiritish;
vazirlik rahbariyatining topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha doimiy nazoratni yuritish;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Qonunlari, vazirlik to‘g‘risidagi nizom va boshqarma nizomiga zid bo‘lmagan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.

  1. Boshqamaning majburiyatlari

Boshqamaning majburiyatlari:
turizm va madaniy meros yo‘nalishidagi O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari ijrosi nazoratini ta’minlash;
vazirlik rahbariyat tomonidan berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni, lavozim yo‘nalishi doirasida yuklatilgan funksiyalar va vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlashga oid Qonunlari, turizm va madaniy meros sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarda boshqarmaga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, vazir buyruqlarining bajarilishini nazorat qilish;
2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida sohaga oid belgilangan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish;
vazirlikning boshqarma va bo‘limlari, shuningdek tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxona, tashkilot va muassasalarga tegishli hujjatlar bilan berilgan topshiriqlar va yuklatilgan vazifalar ijrosini nazorat qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlash.



  1. Download 28.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling