Kepler qonunlari Vikipediya, ochiq ensiklopediya Kepler qonunlari


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
Sana30.11.2020
Hajmi1.26 Mb.
#156230
Bog'liq
Kepler qonunlari

background image
Kepler qonunlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Kepler  qonunlari  -  I.  Kepler  kashf  etgan  sayyoralar  harakatiga  oid  3  ta  qonun.  I.  Keplerning  "Yangi

astronomiya" (1609) asarida uning 2 qonuni bayon qilingan edi, 3-qonuni 1619 y.da kashf etildi.

1 - qo n u n . Har bir sayyora ellips bo

ʻylab harakatlanadi, uning hamma sayyoralar uchun umumiy boʻlgan

fokusida Quyosh yotadi. 2 — qonun. Quyoshdan sayeraga o

ʻtkazilgan radius-vektor teng vaqtlar ichida teng

yuzalar  chizadi.  Bu  qonun  sayyora  harakat  yo

ʻlidagi  ixtiyoriy  nuqtada  oladigan  tezlikni  ifodalaydi.  Unga

muvofiq sayyoralar Quyoshga yaqin paytida tezroq harakat qiladi. 3-qonun. Sayyoralarning Quyosh atrofida

aylanish davri kvadratlarining nisbati ularning quyoshdan o

ʻrtacha uzoqligi kublari nisbatiga teng , yaʼni: NA

(1)  I.Nyuton  tomonidan  1687  y.da  aniqlashtirilgan  bu  qonunni  quyidagi  formula  orqali  yozish  mumkin:  (2)

bunda  Tt  va  T2  —  ikki  sayyoraning  Quyosh  atrofida  haqiqiy  (siderik)  aylanish  davrlari;  M  —  Quyosh

massasi;  gp,  va  pg2  —  birinchi  va  ikkini  sayyoraning  massalari;  ah  va  a2  —  birinchi  va  ikkinchi

sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish orbitalarining katta yarim o

ʻqlari. Keyingi tenglamadagi t, va pg2 —

sayyoralar massalari Quyosh massasi M ga nisbatan juda kichik bo

ʻlgani uchun ularni hisobga olinmasa, (2)

tenglama yuqoridagi (1) tenglama ko

ʻrinishini oladi.

Elliptik orbita bo

ʻylab harakatlanuvchi osmon jismlariga tegishli Keplerning uchinchi qonunini sayyoralar va

ularning  yo

ʻldoshlari  hamda  umumiy  massa  markazi  atrofida  elliptik  orbitalar  boʻylab  harakatlanuvchi

qo

ʻshaloq yulduzlarga qoʻllab, bu osmon jismlariga tegishli baʼzi kattaliklarni aniqlash mumkin. Xususan, bu



qonun sayyoralarning massalarini Kuyosh massasiga nisbatan hisoblashga, shuningdek, kuzatishlar yordamida

qo

ʻshaloq  yulduzlardan  birining  ikkinchisiga  nisbatan  aylanish  davrini  aniqlash  hamda  ularning  yillik



parallakslarini o

ʻlchash asosida, ularning umumiy massalarini hisoblashga imkon beradi. Kepler oʻz qonunlari

asosida sayyoralarning harakat jadvallarini tuzdi. Bu jadvallar 1627 y.da "Rudolf jadvallari" nomi bilan nashr

qilindi.  Aniqligi  yuqori  darajada  bo

ʻlgan  bu  jadvallardan  astronomlar  amaliy  astronomiyada  17-,  18-asrlar

davomida keng foydalanishgan. K. q. osmon mexanikasi fanining paydo bo

ʻlishi va taraqqiyotida muhim oʻrin

tutadi. 


[1]

1. O


ʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kepler_

qonunlari&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.

Bu andozani aniqrog

ʻiga almashtirish kerak.

"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kepler_qonunlari&oldid=2057220" dan olindi 



Bu sahifa oxirgi marta 13-Sentabr 2019, 14:05 da tahrir qilingan.

Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi bo

ʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha

shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).



Manbalar

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling