Tasdiqlayman” O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri
Download 28.95 Kb.
|
Ijro Boshqarma nizomi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarmaning javobgarligi
Boshqarmaning tuzilmasi
Boshqarmaning tuzilmasiga boshqarma boshlig‘i, ikki nafar bosh mutaxassis va bir nafar yetakchi mutaxassis kiradi. Boshqarma faoliyatiga boshqarma boshlig‘i rahbarlik qiladi. Boshqarma boshlig‘i bevosita vazirga bo‘ysunadi. Boshqarma boshlig‘i, bosh mutaxassislar va yetakchi mutaxassis o‘rnatilgan tartibda vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Boshqarma xodimlari bevosita Boshqarma boshlig‘iga bo‘ysunadi. Boshqarmaning javobgarligi Boshqarma quyidagilar uchun javobgar: ushbu Nizom bilan yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi; o‘z faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz yerishilishini ta’minlash; boshqarma faoliyatiga oid qonun hujjatlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, vazirlikning buyruq va farmoyishlari, vazirlik hay’ati qarorlari, rahbariyat ko‘rsatmalarini bajarish hamda ularga rioya qilish; vazirlik tomonidan boshqarmaga ajratilgan moddiy resurslardan oqilona, maqsadli foydalanish hamda vazirlik mulkining butligini ta’minlash; huquqni qo‘llash amaliyotida aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish asosida hududlarda sohani rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasining mavjud Qonunlariga muvofiq foydalanishi cheklangan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik, shuningdek vazirlik maqomi va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaslik; O‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi. Download 28.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling