1. Korxona moddiy resurslarining iqtisodiy mohiyati. Korxonaning moliyaviy xizmatlari va materiallardan oqilona foydalanish siyosati


Download 58.3 Kb.
bet1/4
Sana26.02.2023
Hajmi58.3 Kb.
#1232126
  1   2   3   4
Bog'liq
1. Korxona moddiy resurslarining iqtisodiy mohiyati. Korxonaning


Mavzu: Korxonalarda materiallardan samarali foydalanishni tahlili.
Kirish.
Asosiy qism.
1. Korxona moddiy resurslarining iqtisodiy mohiyati.
2. Korxonaning moliyaviy xizmatlari va materiallardan oqilona foydalanish siyosati.
3.Korxonada moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimi
Xulosa.
Foydalanilgan Adabiyotlar ro`yhati

Kirish
Korxonani to‘liq hajmda xomashyo va assortimentdagi boshqa materiallar bilan ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanish tufayli mahsulot hajmi, foyda va rentabelligi ortadi, mahsulot tannarxi pasayadi. Buning aksi bo‘lgan hollarda esa ishlab chiqarish izdan chiqadi, maromdan chetlashiladi, ayrim hollarda ishlab chiqarish to‘xtab qoladi. Xomashyo, yoqilg‘i, energiya va boshqa mehnat predmetlariga bo‘lgan talab mustaqil ravishda korxona tomonidan rejalashtiriladi. 1O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonunining 22-moddasi 1- bandida bu xususda shunday deyiladi: «Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini o‘rganish, narx-navoning o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot asosida o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini mustaqil amalga oshiradi». Texnika taraqqiyoti (mashina va mexanizmlar konstruksiyasini takomillashtirish, ularning parametrlarini yaxshilagan holda massasini kamaytirish, elektronikaning so‘nggi yutuqlari asosida buyumlarni miniaturalashtirish va mikrominiaturalashtirish, progressiv materiallarni, kamchiqitli va chiqitsiz texnalogiyani qo‘llash), tejamkorlik rejimiga rioya qilish har bir ishlovchida omilkorlik, jamoaviy mehnat natijalariga ongli munosabatda bo‘lish tuyg‘usini singdirish material sig‘imini kamaytirishning asosiy omillaridir. Mamlakatimiz iqtisodiyotida ro‘y berayotgan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘zining aniq ifodasini topmoqda. Ishlab chiqarish samaradorligi - bu bozor iqtisodiyotining asosiy toifalaridan biri bo'lib, u ishlab chiqarishni umuman va har bir korxonani rivojlantirishning yakuniy maqsadiga erishish bilan bevosita bog'liqdir. Uning eng umumiy shaklida ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ikki miqdorning miqdoriy nisbati - operatsiyalar natijalari va ishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish muammosining mohiyati mavjud resurslardan foydalanish jarayonida har bir xarajat birligi uchun iqtisodiy natijalarni oshirishdan iborat.


Download 58.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling