Maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish yo'lida


Download 26.5 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi26.5 Kb.
#1774222
Bog'liq
portal.guldu.uz-MAKTABGACHA TA`LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO`LIDA


MAKTABGACHA Ta'lim tizimini takomillashtirish yo'lida
Misirova Nodira Tovbayevna, GulDU o’qituvchi +998994748874
Sharipova Natalya, GulDU talaba
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta`lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib davomchilari bo'lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qabul qilingan sohaga oid bir qator davlat dasturlariga asosan ko'plab ta`lim muassasalari yangidan qurildi, ta`mirlandi, eng zamonaviy o'quv anjomlari bilan ta`minlandi. Milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, bugungi davr talablariga javob bera oladigan ta`lim-tarbiya tizimi yaratildi. Bu boradagi ishlar bugungi kunda ham jadal davom etmoqda, mustaqil fikr, intellektual jihatdan rivojlangan, o'z dunyoqarashiga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalash har doimgidek dolzarb bo'lib qolmoqda. Ayniqsa, dunyo taraqqiyoti shiddati, unda kechayotgan voqealar rivoji barcha sohalar kabi ta`lim-tarbiya jarayoniga ham yangicha yondashuv, innovatsiyalarni tatbiq etishni taqazo etmoqda. Avvalo bu, o'quv dasturlari, darsliklar, metodikalarni yanada takomillashtirish, o'qituvchi-pedagoglar saviyasini muntazam oshirib borish, jarayonga eng zamonaviy va ilg'or axborot hamda ta`lim texnologiyalarini joriy etish bilan bog'liq muammolarda ko'rinmoqda. 
Darhaqiqat, yosh avlodga sifatli bilim berish uchun, avvalo, o'qituvchi-pedagoglar malakasi va mahorati davr talabiga javob berishi lozim. Ayniqsa, bugun yoshlar juda tez va ilg'or fikrlamoqda. Darslarni ularning talabiga mos - yuqori darajada tashkil etish uchun o'qituvchi muntazam ravishda o'z mahoratini oshirib borishi, har bir mashg'ulotga alohida tayyorgarlik ko'rishi zarur. Shu bois ta`lim tizimiga yangi va zamonaviy ta`lim texnologiyalari, o'quv dasturlarini joriy etish bilan birga, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishga ham muntazam ravishda e`tibor qaratib borilmoqda. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi "2017–2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 oktyabr kuni maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda “Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi”, deb ta’kidladi. 
Bugungi taraqqiyotning jadalligi, hali maktabga chiqmagan bolaning sanashni, o'qish va yozishni, axborot texnologiyalarini o'zlashtirib olayotgani, tezkorlik bilan fikrlayotgani tarbiyachilarning malakasini oshirish, bog'chalardagi o'quv-tarbiya dasturlarini ilg'or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishni talab etmoqda. 2017—2021 yillarga mo'ljallangan keng ko'lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirishni ko'zda tutadigan mazkur Dastur ayni shu maqsadlarga qaratilgan. Unda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta`lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta`lim dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish belgilangan. 2200 ta maktabgacha ta`lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qishloq joylarda maktabgacha ta`lim muassasalarini yangidan qurish, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihozlar, o'quv-metodik qo'llanma va multimediali vositalar bilan ta`minlash rejalashtirilgan. Yangi loyiha asosida bunyod etiladigan muassasalarda qulay sharoitga ega yozgi ayvonchalar, suzish basseynlarini qurish ko'zda tutilgan.
Dastur doirasida 5-6 yoshli bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash bo'yicha muqobil shakllarni yaratish va rivojlantirish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Ya`ni, yurtimiz bo'yicha maktabgacha ta`lim muassasalarida 6100 ta qisqa muddatli guruh tashkil etilmoqda. Ularni, birinchi navbatda, qishloq joylarda tashkil etishga e`tibor qaratilmoqda. Bunday guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun turli rivojlantiruvchi amaliy mashg'ulotlar olib borilada. Bundan tashqari, maktabgacha ta`limga qamrab olinmagan 3—6 yoshli bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo'llanmalar bilan ta`minlash orqali maktab ta`limiga tayyorlash tizimi ham joriy etilmoqda.
Ilg'or xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanib, 2017 yilda maktabgacha ta`lim-tarbiya tizimi uchun muqobil dasturlarni ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Yangilangan dasturlar bolalarni maktabga yanada sifatli tayyorlashga, ularning intellektual qobiliyati va mantiqiy fikrlash salohiyatini yuksaltirishga, oldingidan farqli o'laroq, yozish va o'qishni jadal o'rganishiga xizmat qiladi.
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling