Internet saytlari:
1. www. tdpu. uz.
2. www. pedagog. uz.
3. www. ziyonet. uz
4. www. edu. uz
Taqriz
Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya “ta’lim berishning texnik vositalari yoki kompyuterdan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmay, balki bu ta’limiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni tahlil qilish yo’li orqali, yo’l va materiallarni tuzish hamda qo’llash orqali, shuningdek qo’llanilayotgan usullarni baholash orqali ta‟lim jarayoni prinsiplarini aniqlash va eng maqbul yo’llarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotdir”
Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg’or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. Mamlakatimizda xalq ta’limining birinchi bo’g’ini uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Kurs ishi mavzusi aynan shu mavzuga atalgan bo’lib maktabgacha ta’limni o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirishning maqsad va vazifalari. haqida so’z yuritilgan. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Birinchi bobda maktabgacha ta’limni o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirishning maqsad va vazifalari va ahamiyati haqida yozilgan.Ikkinchi bob loyihalash metodi asosida pedagogik jarayon samaradorligini ta’minlashning mavjud imkoniyatlari haqida yozilgan. Kurs ishining oxirida xulosa va adbiyotlar ro’yxati keltirilgan. Talaba keraklicha adabiyotlardan foydalangan deb hisoblaymiz. Kurs ishining umumiy hajmi 39 betni tashkil qiladi. Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil tayyorlangan, stilistik xatolarga yo’l qo’yilmagan.
Taqrizchi: P.h.D.,v.b dotsent: Radjabova.Z.
Do'stlaringiz bilan baham: |