ألماس, ’almās tugʻma elementlar guruhiga mansub
Download 60.25 Kb.
|
Olmos
Olmos (arabcha — ألماس, ’almās) — tugʻma elementlar guruhiga mansub mineral, sof uglerodning kristall holidagi turi. Olmos tabiatda maʼlum barcha materiallardan qattiqligi bilan ajralib turadi va shuning uchun sanoatning koʻp muhim tarmoqlarida qoʻllaniladi. Olmos insoniyatga miloddan avvalgidan maʼlum boʻlib, dastlab Hindistonda (miloddan avvalgi 8-7 asrlarda) topilgan. Koʻp asrlar mobaynida olmos faqat Osiyoda ishlab chiqarilgan. Keyinchalik Braziliyada (18-asr), Rossiyada (1829-yil), Janubiy Afrikada (1860-yil) qazib olina boshlagan. 1866-yiladan boshlab Afrika mamlakatlari olmos qazib olish boʻyicha asosiy mintaqa hisoblanadi. Oʻzbekistonda olmos konlari topish boʻyicha izlanishlar olib borilmoqda. Tabiy olmos turli shakllarda uchraydi. Uning miroskopik donachalaridan tortib 100 va 1000 karatli (1 karat = 0,2 gr) oʻta yirik kristallari ham mavjud. 100 karatdan ortiq yirik kristallari juda kam. Janubiy Afrikada dunyodagi eng yirik olmos — 3106 karatli „Kullinan“ topilgan(1905) va undan 105 ta brilliant yasalgan. Olmos oʻzining kattaligi, shakli, rangi, qoʻllanishiga koʻra, 7 kategoriya va 23 guruhga boʻlinadi. Olmos sanoatda 2 hil — zargarlik va texniklarga boʻlinadi. Shu vaqtdan Afrika mamlakatlari Olmos qazib olinadigan asosiy mintaqa boʻlib kelmoqda. Bundan tashqari, Olmos konlari Janubiy Amerika, Osiyo (Hindiston, Indoneziya)da ham bor va sanoat miqyosida Olmos olinmoqda. 1955-yildan Rossiya (Yakutiya)da ham koʻp Olmos qazib chiqarilmoqda. Oʻzbekistonda Olmos sochmalarini topish boʻyicha izlanishlar olib borilmoqsa. Tabiiy Olmos turli shakllarda uchraydi. Uning mikroskopik donachalaridan tortib 100 va 1000 karatli (1 karat = 0,2 g) oʻta yirik kristallari ham mavjud. Koʻpincha 0,1—1,0 karatli Olmos uchraydi. 100 karatdan ortiq yirik kristallari kam. Janubiy Afrikada dunyodagi eng yirik Olmos —3106 karatli "Kullinan" topilgan (1905) va undan 105 ta brilliant yasalgan. Olmos oʻzining kattaligi, shakli, rangi, qoʻllanishiga koʻra, 7 kategoriya va 23 guruxga boʻlinadi. Olmos sanoatida 2 xil — zargarlik va texnik Olmos farq qilinadi. Mukammal shaklli, oʻta shaffof, sof, darzsiz va boshqa nuqsonsiz Olmos zargarlik hamda bezak ishlarida qoʻllanadi. Sifat va kattaligidan qatʼi nazar, qolgan barcha Olmoslar texnik Olmos Hisoblanadi. Texnik Olmos kukun, shuningdek, kristall holida boʻlishi mumkin. Ularni qirralab, zarur shaklga (keskich, filyer va boshqalar) keltiriladi. Jaxrnda barcha qazib olinadigan Olmoslarning 25% gachasi zargarlik Olmos hisoblanadi. Fizik xossalari. Tabiiy Olmos kristall panjarasining tuzilishi kub shaklida. Uglerodning har bir atomi tetraedr uchlari boʻylab simmetrik joylashgan. Kristallik strukturasining oʻziga xosligiga koʻra, Olmosning ideal (nuqsonsiz) kristali shaffof boʻlishi kerak. Tabiatda uchraydigan kristallarda, juda oz miqdorda boʻlsa ham, boshqa aralashmalar borligi tufayli kristall panjarada nuqson boʻladi. Eng toza zargarlik Olmosning 1 sm³ hajmidagi aralashmalar miqdori 1018 atomni tashkil etadi. Olmosda kremniy, alyuminiy, kalsiy va magniy birikmalari koʻp uchraydi. Olmos Moos shkalasi boʻyicha qattikdik etaloni hisoblanadi (Olmosning qattiqligi 10, korundniki 9, kvarsniki 7, kalsitniki 3 va h.k.). Turli kristallografik tomonlari boʻyicha Olmosning qattiqligi turlicha (mas, oktaedr tomoni eng qattigʻi hisoblanadi). Olmosning normal elastiklik moduli 1000 Gn/m2 (10"din/ sm2), hajmiy siqilish moduli 600 Gn/ m2 (6x1012 din/sm2). Issiqlik oʻtkazish koeffitsiyenti (temperatura 100 K dan 400 K gacha ortishi bilan) 6 dan 0,8 kJ/m K gacha pasayadi. Olmosning uy temperaturasida issiklik oʻtkazuvchanligi kumushnikidan yuqori. Diamagnit xossaga ega. Olmosning rangi va shaffofligi har xil. Rangsiz, oq, qavo rang, yashil, sargʻish, jigarrang, qizgʻish, toʻq kulrang xillari uchraydi. Kristallning rangi koʻpincha bir tekis tusda boʻlmaydi. Olmosning zichligi 3,515 g/sm³, nur sindirish koʻrsatkichi 2,417, dispersiyasi 0,063. Nurning toʻliq qaytish burchagi 24°24’, ayrim namunalari optik anizotropiya xossasiga ega. Ultrabinaf-sha va rengten nurlari, elektron, a. zarracha va neytronlar taʼsirida Olmosda lyuminessensiya hodisasi kuzatiladi. Olmosni neytronlar bilan nurlantirish natijasida unda barqaror radioaktivlik xossasi paydo boʻlmaydi. Bunda Olmosning zichligi kamayadi, kristall panjarasi "boʻshashadi" va abrazivlik sifati yomonlashadi. Olmos kislota va hatto qaynoq ishqor eritmalari taʼsiriga chidamli, selitra va soda (t=500°) eritmalarida eriydi. Olmos havoda 850—1000° da, kislorodsa 720—800° da yonadi. Vakuum yoki inert gazda 1400° da Olmosning ustki qismida sezilarli grafitlanish boshlanadi. temperatura koʻtarilishi bilan bu jarayon tezlashadi va 2000° atrofida (15—30 minut ichida) Olmos grafitga toʻla aylanadi. Impulsli qizdirishda (3400° da ham) Olmos kristallari saqlanadi, lekin 3600° va undan yuqorida grafitga aylanadi. Shu tufayli Olmos normal bosim va 1000° gacha temperaturada cheksiz vaqt saklanadi. Olmos tub va sochma konlardan kazib olinadi. Olmos olinadigan, sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan yagona tub jins — qad. shchit va platformalarda uchraydigan kimberlitdir. Olmos kimberlitlarda notekis taqsimlangan. Yakka kristallar, baʼzan u kristallarning oʻsimtalari holida uchraydigan Olmosning kimberlitlarda paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. U hech yerda yirik uyumlar hosil qilmaydi. Olmos, asosan (80—85% kismi), sochma konlardan (delyuvial, allyuvial, dengiz boʻyi sochmalaridan) qazib olinadi. Butun dunyoda qazib chiqarilayotgan Olmosning 80% i sanoatda ishlatiladi. 20-asrning 30-yillarigacha JAR dunyoda Olmos qazib chiqarishda 1-oʻrinni egallab kelgan. Keyinchalik Olmosning yirik zaxiralari Kongo Demokratik Respublikasida topiddi. Olmos togʻjinsi bilan olingach, ruda boyitishning barcha fizik va kimyoviy usullari yordamida ajratiladi. Sintetik Olmos, asosan, grafit va uglerodli moddalardan sunʼiy yoʻl bilan maxsus qurilmalarda 1200—1600° da va 4,5—8 GPa bosim ostida Fe, Co, Gr, Mn yoki ularning krtishmalari ishtirokida olinadi. Rangi oqdan qoraga-cha; shaffofligi olinish texnologiyasiga bogʻliq, koʻpincha yarim shaffof yoki xira (tinikmas). Kristallarining oʻlchamlari 1–2 mm gacha yetishi mumkin; koʻpincha 0,1 – 1 mm boʻladi. Olmosning kimyoviy tarkibi 18-asr oxirida aniqlanib, bu hol turli mamlakatlarda sunʼiy (sintetik) usul bilan Olmos olish uchun koʻpgina urinishlar boshlanishiga sabab boʻldi. 20-asrning 50-yillari oʻrtasida bir necha mamlakatlarda deyarli bir vaqtda Olmosni sintez qilishga muvaffaq boʻlindi. Olmosni sintez qilish usullari rivojlanishi bilan maxsus fizik xossalarga ega boʻlgan (mas, yarimoʻtkazgich) sintetik Olmos olish va undan asbobsozlikda keng foydalanish yoʻlga qoʻyildi. v Download 60.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling