Mavzu: Aldegidlar guruhiga mansub dori moddalari tahlili Reja: Kirish


Download 356.63 Kb.
bet1/8
Sana08.01.2022
Hajmi356.63 Kb.
#242718
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aldegidlar guruhiga mansub dori moddalari tahlili


Mavzu: Aldegidlar guruhiga mansub dori moddalari tahlili

Reja:

  1. Kirish

    1. Mavzuning dolzarbligi, maqsadi va ahamiyati

  2. Adabiyotlar sharhi

    1. Aldegidlar guruhiga kirgan dori moddalar haqida umumiy ma’lumot

    2. Aldegidlar guruhi dori moddalari to’liq tahlili

    3. Aldegidlar guruhiga kirgan moddalarining dori shakllari, ularning tibbiyotda qo’llanilishi

  3. Tajriba qismi

    1. X DF bo’yicha formalin eritmasining to’liq tahlili

    2. Olingan natijalarni matematik-statistika usulida hisoblash

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

  6. Mundarija



  1. Kirish

    1. Mavzuning dolzarbligi, maqsadi va ahamiyati

Aldegidlar sinfini, kimyoviy tuzilishida karbonil guruhi bor barcha organik birikmalar tashkil qiladi va ular umumiy formula bilan ifodalanadi.

Aldegidlarni turli usullar yordamida olish mumkin, ammo ulardan birlamchi spirtlarni oksidlab olish asosiy usul hisoblanadi:



Aldegidlar kimyoviy xossalari jihatidan juda faol moddalar qatoriga kirib, ular birikish, almashinish hamda oksidlanish reaksiyalariga tezlik bilan kirishib ketadi.



Aldegidlarning natriy bisulfit bilan o‘zaro birikib, bisulfitli birikmalar hosil qilishi yoki vodorod ta’sirida, uni o'ziga biriktirib spirtga o'tib ketishi, ularning birikish reaksiyasida faol ishtirok qilishiga misol bo'la oladi:

Aldegidlarni ammiak bilan o'zaro birikib, kristall shaklida aldegidoammiaklar hosil qilishlari ham birikish reaksiyasiga kiradi:



Bu yerda shuni ham aytib ketish kerakki, aldegidlardan chumoli aldegidi, aldegidoammiak o'rniga, undan birmuncha murakkab tuzilishga ega geksametilentetramin hosil qiladi:



Aldegidlarning o‘rin almashinish reaksiyasida faol qatnashishiga, ularning gidroksilamin bilan oksimlar yoki gidrazin va fenilgidrazin bilan gidrazon yoki fenilgidrazon birikmalarini hosil qilishlari misol bo‘la oladi:



Aldegidlar oson oksidlanadi, hatto havo kislorodi yoki biror kuchsiz oksidlovchi ta’sirida ham oksidlanib kislotaga o‘tadi. Aldegidlarning oksidlanishi ayniqsa, ishqoriy sharoitda tezlashadi. Ularning oksidlanish reaksiyasiga moyilligi kumush nitratning ammiakli eritmasi, Feling suyuqligi yoki Nessler reaktivi, shuningdek, ishqoriy muhitda yod bilan bo'ladigan reaksiyalarda yaqqol ko'rinadi.

Aldegidlarning turli reaksiyalarga faol kirishish xossalaridan bir qancha yangidan yangi moddalarni olishda va ularning tahlilida keng foydalaniladi.

Farmatsevtik kimyo fanidan kurs ishi mavzusini tanlash borasida aynan aldegidlar guruhiga mansub dori moddalariga to’xtalishimga ushbu guruh vakillarining ancha boy tarixga ega ekanligi va hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganligi bo’ldi. Ularni kimyoviy tahlil qilishda ham turli xildagi reaksiyalardan foydalanish mumkin. Bu fikrimga misollarni quyidagi izlanishlarim natijalarida bayon etib o’tdim.






  1. Download 356.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling