Mavzu 6: O`rniga qo`yish usulida (superpozitsiya ) va Kirxgof qonunlari usulida elektr zanjirlarini hisoblash - Maqsad: O`rniga qo`yish usulida va Kirxgof qonunlari usulida elektr zanjirlarini hisoblash.
- Reja:
- 1.O`rniga qo`yish printsipi.
- 2.O`rniga qo`yish usuli.
- 3. Kirish qarshiliklari va o`tkazuvchanliklari.
- 4.Kirxgof qonunlariga asoslangan holda elektr zanjirini hisoblash.
- Tayanch so`zlar: O`rniga qo`yish printsipi,o`rniga qo`yish usuli, kirish qarshiliklari ,o`tkazuvchanliklar, Kirxgof qonunlari.
O`rniga qo`yish printsipining elektr zanjirlarida qo`llanishi alohida manbalarning ta'sirini bir-biriga bog`liq emasligini ifodalaydi va quyidagicha ta'riflanadi: - O`rniga qo`yish printsipining elektr zanjirlarida qo`llanishi alohida manbalarning ta'sirini bir-biriga bog`liq emasligini ifodalaydi va quyidagicha ta'riflanadi:
- Istalgan tarmoqdagi tok har bir EYUK manbalari ta'sirida hosil bo`layotgan alohida toklarning algebraik yig`indisiga teng. Har bir EYUK manbasi hosil qilayotgan toklarni xususiy toklar deyiladi.
- Ta'riflangan bu printsip 30 a-rasmda sxema uchun quyidagicha qo`llaniladi, masalan, I1 tokni ikkita tokning algebraik yig`indisi sifatida, ya'ni birinchi I1 (30 b-rasm) tok E EYUK ta'sirida,ikkinchi I1’’ tok (30 v- rasm) E EYUK ta'sirida hosil bo`ladi deb qaraladi, ya'ni I1 = I1 + I1 , bu yerda ishoralar I1 tokning tanlangan yo`nalishiga bog`liq.
- O`rniga qo`yish printsipi
Bu usul o`rniga qo`yish printsipiga asoslangan bo`lib, har bir alohida EYUK hosil qiladigan xususiy toklarni aniqlash va ularni algebraik yig`ishdan iboratdir. - Bu usul o`rniga qo`yish printsipiga asoslangan bo`lib, har bir alohida EYUK hosil qiladigan xususiy toklarni aniqlash va ularni algebraik yig`ishdan iboratdir.
- Xususiy toklarni aniqlash bizga ma'lum bo`lgan bir manbali elektr zanjirini hisoblash kabi amalga oshiriladi. Biroq elektr sxemasidagi manbalar soniga qarab bir necha sxemalarni hisoblashga to`g`ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |