- Kirxgof qonunlariga asoslangan holda elektr zanjirini hisoblash
- Kirxgof qonunlari elektr sxemasidagi tarmoqlarning noma'lum toklarni aniqlashda ishlatiladi. Sxemada tarmoqlar soni - v, tok manbasi bo`lgan tarmoqlarni vt bilan tugunlar sonini esa u harflari bilan belgilaymiz. Sxemaning har bir tarmog`ida o`zining toki oqadi. Tok manbasi bo`lgan tarmoqlardagi toklar aniq bo`lsa, u vaqtda noma'lum toklar soni v – vt ga teng bo`ladi.
- Tenglamalar tuzishdan oldin quyidagilarni ixtiyoriy tanlash zarur:
-
- Rkir2 = E2 / I2 = R2 +R1R3 / R1 + R3
- Zanjirning kirish o`tkazuvchanligi, shu zanjirning kirish qarshiligiga teskari kattalik sifatida yoki n – tarmoqda joylashgan bir energiya manbasi uchun, quyidagicha aniqlanadi.
- gkir.n = 1 / Rkir.n = In / En
- Kirish o`tkazuvchanligini tajriba yo`li bilan va hisoblash yo`li bilan kirish qarshiligini aniqlash usullari orqali aniqlash mumkin.
- 1) Tarmoklardagi toklarni musbat yo`nalishini va ularni sxemalarda belgilashni;
- 2) Kirxgofning ikkinchi qonuni bo`yicha tenglama tuzish uchun konturni musbat yo`nalishini;
- Barcha konturlarni yo`nalish bir xil bo`lishi uchun, konturlarni musbat yo`nalishini bir tomonlama masalan, soat strelkasi yo`nalishi bo`yicha tanlash tavsiya etiladi.
- O`zaro bog`liq bo`lmagan chiziqli tenglamalar hosil qilish uchun Kirxgofning I -qonuniga asosan tugunlar sonidan bitta kam qilib tenglamalar tuziladi, ya'ni (u-1). Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan tok manbasi bo`lgan tarmoqlardan tashqari (v – vt) va Kirxgofning I-qonuniga asosan tuzilgan tenglamalarni ayirib tashlagan holda, tarmoqlar soniga teng tenglamalar tuziladi, ya'ni
- (v – vt )- u - 1 = v – vt - u + 1
- Kirxgofning II-qonuni bo`yicha tenglama tuzganda tok manbasi bor tarmoqdan tashqari barcha tarmoqlar kirishi zarur. Kirxgofning II-qonuniga asosan chiziqli bog`liq bo`lmagan tenglamalarni yozishda, tenglama tuzilayotgan har bir konturga hech bo`lmaganda bitta ya'ni tarmoq kiritishga harakat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |