Mavzu: Aldegidlar guruhiga mansub dori moddalari tahlili Reja: Kirish


Aldegidlar guruhi dori moddalari to’liq tahlili


Download 356.63 Kb.
bet5/8
Sana08.01.2022
Hajmi356.63 Kb.
#242718
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aldegidlar guruhiga mansub dori moddalari tahlili

Aldegidlar guruhi dori moddalari to’liq tahlili

Farmakopeya maqolasi ko'rsatmasi bo'yicha formalin va xloralgidratning chinligini barcha aldegidlarga xos hamda umumiy bo'lgan kumush ko'zgu reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Buning uchun preparat eritmasiga kumush nitratning ammiakdagi eritmasidan qo'shib qizdirilganda, reaksiya natijasida qoramtir-kulrang, erkin holda ajralib chiqqan kumush, probirka devorida yaltiroq ko'zgu hosil qiladi:

Formalinning chinligi yana uning salitsil kislotani konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmasi bilan qizil rangli kondensirlangan birikma hosil bo’lish reaksiyasi orqali ham aniqlanadi. Bunda quyidagi tenglamalar bo'yicha aurin turidagi qizil rangli bo'yoq modda hosil bo'ladi:



Formalinning chinligini yuqorida keltirilgan reaksiyalardan tashqari, yana Nessler reaktivi yoki Feling suyuqligi yordamida aniqlash mumkin. Masalan, formalinga kaliy simob yodid kompleksi - K2[HgI4] va kaliy gidroksid aralashmasidan tashkil topgan Nessler reaktivi qo'shib isitilsa, qora cho'kma holida erkin simob ajralib chiqadi:



Yoki formalinga har qaysi ayrim tayyorlangan mis (II) sulfat va kaliy-natriy tartrat bilan natriy gidroksiddan iborat Feling eritmalaridan qo‘shib qizdirilganda qizil-g‘isht rangii mis (I) oksid cho'kadi. Reaksiyani taxminan quyidagi kimyoviy tenglamalar bo'yicha ifodalash mumkin:



Bu reaksiyadan xloralgidratning chinligini aniqlashda ham foydalanish mumkin.



Xloralgidratga natriy gidroksid eritmasi qo'shib chayqatilsa, suyuqlik loyqalanadi va undan xloroform hidi keladi:

Xloralgidratning chinligini aniqlashda keltirilgan bu reaksiyadan, uning miqdorini aniqlashda ham foydalaniladi.



Geksametilentetraminning chinligini, uni sulfat kislota ta’sirida gidrolizlab aniqlanadi. Bunda, preparatning suvdagi eritmasiga suyultirilgan sulfat kislota qo'shib qizdirilsa, o'tkir hidli formaldegid ajralib chiqadi:

Keyinchalik eritmaga natriy gidroksid eritmasini qo'shib, qizdirish davom ettirilsa, ammiak hidi keladi. Uni yana suv bilan ho'llangan qizil lakmus qog‘ozini ko'k rangga bo‘yash bo'yicha bilinadi:



Geksametilentetramin ham ba’zi azotli geterosiklik birikmalarga o'xshash ko'p turli og'ir metall tuzlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Masalan, kumush nitrat va simob dixloridlar bilan oq cho'kma holida kompleks tuz beradi:



Geksametilentetramin, shuningdek, yodning kaliy yodiddagi suvli eritmasi bilan qo'ng'ir rangii poliyodid - (CH2)6N4*4I shaklida cho'kma hosil qiladi.



Xloralgidrat bilan geksametilentetraminning tozaligiga MHda katta e’tibor beriladi. Xloralgidratda mavjud bo'ladigan yot moddalardan suvda erimaydigan va rangli birikmalar, muhit, sharoiti, xlorid, og'ir metallar bilan bir qatorda xloralalkogolyatlar bor-yo'qligi yodoform hosil bo'lish reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Buning uchun ma’lum miqdordagi preparatning suvdagi eritmasini natriy ishqori bilan ishlab filtrlanadi. So'ngra filtratga yod eritmasini qo'shib, bir soat qo'yilganda o'ziga xos yodoform hidi kelmasligi yoki sariq cho'kma hosil bo'lmasligi kerak. Aks holda xloralgidrat tarkibida xloralalkogolyat borligidan dalolat beradi:

Geksametilentetramin tarkibida yot modda sifatidagi xlor, sulfat, og‘ir metall ionlari, kislota va asos xossasiga ega moddalar, paraform, ammoniy tuzlari va boshqa organik moddalar tekshirib ko'riladi. Masalan, uning tarkibida ammoniy tuzlari va paraformni Nessler reaktivi yordamida aniqlanadi. Agar preparat tarkibiga ammoniy tuzlari qo'shilib qolgan bo'lsa, u holda Nessler reaktivi ta’sirida eritma sariq rangga kiradi, paraform esa qoramtir rangli loyqalanish hosil qiladi:



Formalin tarkibidagi formaldegid miqdori ishqoriy muhitda yodometrik usul bo'yicha aniqlanadi. Buning uchun formalinning ma’lum miqdoriga natriy gidroksid va ortiqcha miqdorda 0,1 mol/1 yod eritmalari qo'shiladi. Aralashma qorong'i joyda ma’lum vaqt turgandan so'ng unga suyultirilgan sulfat kislota solib, reaksiyaga kirishmay qolgan yodning ortiqchasi natriy tiosulfatning 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi:



Formalinning miqdorini yana uni ishqoriy muhitda vodorod peroksid bilan chumoli kislotasigacha oksidlash bo'yicha ham aniqlash mumkin. Bunda formalinning ma’lum miqdordagi namunasiga vodorod peroksid eritmasi va aniq bir hajmda ortiqcha natriy gidroksidning 0,1 mol/1 eritmasidan qo'shiladi. Keyinchalik reaksiyaga kirishmay qolgan ishqoming ortiqchasi fenolftalein indikatori ishtirokida xlorid kislotaning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi:



Xloralgidrat bilan geksametilentetraminning miqdori neytrallash usuli bo'yicha aniqlanadi. Masalan, xloralgidratni aniqlashda uning ma’lum miqdorda tayyorlangan eritmasiga natriy ishqorining 0,1 mol/1 eritmasidan ortiqcha qo'shib, bir minut davomida chayqatiladi, so'ngra reaksiyaga kirishmay qolgan ishqoming ortiqchasini fenolftalein ishtirokida xlorid kislotaning 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi:



Geksametilentetraminni aniqlashda uning ma’lum miqdordagi eritmasiga 0,1 mol/1 sulfat kislota eritmasidan ortiqcha qo'shib, preparat to'la parchalangunga qadar qaynatiladi. So'ngra reaksiyaga kirishmay qolgan sulfat kislotaning ortiqchasini natriy ishqorining 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi:




Etambutol gidroxloridning chinligi IQ-spektrometrik, yupqa qatlam xromatografiyasi kabi fizikaviy usullar yordamida shuningdek, mis sulfat eritmasi bilan kuchsiz ishqoriy sharoitda ko'k rangli birikma hosil qilishi va xlor ioniga tegishli sifat reaksiyalari yordamida aniqlanadi.



    1. Download 356.63 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling