Mavzu: Aldegidlar guruhiga mansub dori moddalari tahlili Reja: Kirish


X DF bo’yicha formalin eritmasining to’liq tahlili


Download 356.63 Kb.
bet7/8
Sana08.01.2022
Hajmi356.63 Kb.
#242718
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aldegidlar guruhiga mansub dori moddalari tahlili

X DF bo’yicha formalin eritmasining to’liq tahlili

Solutio Formaldehydi

CH2O M.o. = 30,03



Tasvirlanishi: o’ziga xos hidli rangsiz, tiniq suyuqlik. Suv va spirt bilan istalgan nisbatda aralashadi. 1% dan ko’p bo’lmagan miqdora metil spirit bilan stabillanadi.

Zichligi: 1,078 – 1,093

Chumoli kislota: 10ml preparatni fenolftalein indikatori ishtirokida 0,1n natriy ishqori bilan toki qizil ranggacha titrladim. Bunda 1ml 0,1n natriy ishqori eritmasi 0,0046g CH2O2 ga to’g’ri keladi.

Preparat tarkibida 0,2% dan ko’p bo’lmagan miqdorda chumoli kislota aniqladim.



Maydalangandan keying qoldiq: 20ml preparatni suv hammomida doimiy quruq massa qolguncha quritdim. Olingan oq massa yondirdim va maydaladim. Qoldiq massa 0,005% dan kam ekanini aniqladim.

Chinligi: 2ml kumush nitrat eritmasiga 10-12 tomchi ammiak eritmasi va 2-3 tomchi preparat tomizdim, 50-60ºC li suv hammomida qizdirdim; probirka devorida kumush oynasimon cho’kma hosil qildi.

0,02-0,03 g salitsil kislotasi saqlagan 5ml konsentrlangan sulfat kislotasi eritmasiga 2 tomchi preparat tomizdim va qizdirdim; qizil rang hosil bo’ldi.



Miqdoriy tahlili: taxminan 1 g (a.t.) preparatni 100 ml hajmli kolbada tozalangan suvda eritib, 100 ml gacha yetkazdim. Ushbu eritmadan 5 ml olib, og’zi zich yopiladigan kolbaga o’tkazdim, ustiga 20 ml 0,1n yod eritmasi va 10 ml 1n natriy ishqori eritmasidan qo’shib, chayqatdim va 10 daqiqa qorong’u joyda qoldirdim. Keyin ustiga 11 ml 1n sulfat kislota eritmasidan qo’shdim va ajralgan yodni 0,1n natriy tiosulfat eritmasi bilan eritma rangsizlanguncha titrladim (indikator – kraxmal).

1 ml 0,1n yod eritmasi 0,001501 g CH2O ga to’g’ri keladi. Preparat tarkibida 36,5–37,5% formaldegid bo’lishi kerak.



Bunda quyidagi formuladan foydalandim:

X=

Bunda:


V1 – 0,1 mol/l yod eritmasining hajmi;

V2 – 0,1 mol/l natriy tiosulfat eritmasining hajmi;

K1 – 0,1 mol/l yod eritmasining tuzatish koeffitsienti;

K2 – 0,1 mol/l natriy tiosulfat eritmasining tuzatish koeffitsienti;

Valk – suyultirish uchun olingan tortim miqdori;

Vsuy – tortimning suyultirilish hajmi;

T – formaldegidning 0,1 mol/l yod bo’yicha titri;

a – formaldegidning aniq miqdori (a.t.), g.





    1. Download 356.63 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling