Mavzu: Aldegidlar guruhiga mansub dori moddalari tahlili Reja: Kirish


Aldegidlar guruhiga kirgan moddalarining dori shakllari, ularning tibbiyotda qo’llanilishi


Download 356.63 Kb.
bet6/8
Sana08.01.2022
Hajmi356.63 Kb.
#242718
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aldegidlar guruhiga mansub dori moddalari tahlili

Aldegidlar guruhiga kirgan moddalarining dori shakllari, ularning tibbiyotda qo’llanilishi

Formalin sirtdan antiseptik modda sifatida 0,5-1 %li eritmasi terlaydigan qo'l va oyoqlarni yuvishda, bemorlar parvarishi uchun ishlatiladigan buyumlami zararsizlantirishda ishlatiladi.

Xloralgidrat 0,2-0,5 g dan nerv sistemasini tinchlantiruvchi, 0,5-1,0 g dan esa uxlatuvchi va tirishish kasalligiga qarshi modda sifatida qo'llanadi.

Geksametilentetramin siydik yo'llari, o 't pufagi va o't chiqaruv yo'llari yallig'langanda va ba’zi boshqa kasalliklami davolashda kukun va tabletka holida 0,5-1,0 2,0 g dan ichiriladi. Uning 4 foizli sterillangan suvdagi eritmasi 5 -1 0 ml dan qon tomiriga yuboriladi. Preparatning antiseptik xususiyati uning organizmda parchalanib, formaldegid va ammiak hosil qilishi bilan tushuntiriladi.

Formalin salqin sharoitda, ya’ni 9°C dan past haroratda saqlansa, polimerlanib, paraform - (CH20 )n hosil qiladi va oq massa holida ajralib chiqadi. Shuning uchun ham preparat og‘zi mahkam yopilgan shisha idishlarda harorati 9 °C dan past bo’lmagan joylarda saqlanadi.

Geksametilentetramin oddiy sharoitda, og‘zi mahkam yopiladigan shisha idishlarda saqlanadi.

Xloralgidratni «В» ro‘yxati bo'yicha og'zi mahkam yopiladigan idishlarda salqin, quruq va qorong'i joyda saqlanadi.

Etambutol gidroxloridning tozaligi uning tarkibidagi 2-aminobutanolni yupqa qatlam xromatografiyasi usuli bilan aniqlash orqali aniqlanadi. 2-aminobutanolning miqdori 1 %dan oshmasligi lozim.

Etambutol gidroxloridning miqdori mis sulfat eritmasi bilan bergan rangli eritmasining 436 nm dan yutilish maksimumini o'lchash orqali amalga oshiriladi.

Sil kasalligini davolash maqsadida ishlatiladi.


  1. Amaliy qismi


    1. Download 356.63 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling