Mavzu: Aldegidlar guruhiga mansub dori moddalari tahlili Reja: Kirish


Xloralgidrat - Chloralum hydratum


Download 356.63 Kb.
bet3/8
Sana08.01.2022
Hajmi356.63 Kb.
#242718
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aldegidlar guruhiga mansub dori moddalari tahlili

Xloralgidrat - Chloralum hydratum

2,2,2-trixloretandiol-1,1

Rangsiz, shaffof kristallar yoki o‘ziga xos o‘tkir hidli mayda kristall kukun. Gigroskopik havoda asta-sekin uchuvchanlik xossasiga ega. Suv, 95 %li spirt va efirda juda oson eriydi, xloroformda esa oson eriydi.



Xloralgidratni olishda boshlang'ich modda sifatida etil spirti olinadi. Sintezning dastlabki bosqichi temir katalizatori ishtirokida 96foizli spirtni erkin xlor ta’sirida sirka aldegidigacha oksidlashga asoslangan:

Keyinchalik sirka aldegidi spirtning ortiqcha qismi bilan o'zaro birikib, poluatsetal hosil qiladi:



Poluatsetal o'z navbatida xlor ta’sirida uch xlor poluatsetalga o'tadi:



Reaksiyaning navbatdagi bosqichida uchxlorpoluatsetalni konsentrlangan sulfat kislota ta’sirida parchalab, spirt va xloral moddasi olinadi. So'ngra xloralni haydash yo'li bilan ajratib olinadi:



Sintezning oxirgi bosqichi haydab olingan xloralni gidratatsiya qilishdan iborat. Buning uchun xloralni avval xloroformda eritiladi (xloral moysimon suyuq modda bo'lib, suvda erimaydi), keyin esa eritmaga ma’lum hajmda suv solib bir necha kunga qoldiriladi. Uzoq vaqt turishi natijasida xloroformda kam eriydigan xloralgidrat kristall shaklida ajralib chiqadi:






Download 356.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling