Adabiyotlar sharhi
Aldegidlar guruhiga kirgan dori moddalar haqida umumiy ma’lumot
Aldegid guruhiga kiruvchi preparatlardan formalin, geksametilentetramin va xloralgidrat tibbiyot ehtiyojlari uchun keng qo'llanadi.
Formaldegid eritmasi (Formalin) - Solutio Formaldehydi
Shaffof, rangsiz , o'ziga xos o'tkir hidli suyuqlik.
Formaldegid yoki chumoli aldegidi, aldegidlaming eng oddiy vakillaridan biri bo'lib, uni metil spirtini havo kislorodi yordamida oksidlab olinadi. Buning uchun metil spirti bug'lari bilan havo aralashmasini 500-600 °C gacha qizdirilgan katalizator sifatida maxsus mis quvurdan o'tkaziladi. Mis sathini kengaytirish maqsadida quvuming ichiga shu metalldan yasalgan to'r o'rnatilgan bo'ladi:
yoki
Oksidlanish jarayonida kelib chiqadigan issiqlik reaksiyaning keyinchalik mustaqil borishini bemalol ta’minlaydi. Shuning uchun ham uni reaksiyaning boshlanishidagina isitiladi.
Formaldegid, rangsiz, o‘tkir qo'lansa hidli gaz bo'lib, uning 40 foizli (aniqrog'i 36,5-37,5 %li) suvdagi eritmasi formalin nomi bilan tibbiyotda ishlatishga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |