Alkanollar rangsiz birikmalardir. C


Download 152.87 Kb.
bet1/3
Sana12.03.2023
Hajmi152.87 Kb.
#1265043
  1   2   3
Bog'liq
Alkanollar


Alkanollar

Alkanollar rangsiz birikmalardir. C1-C11 alkanollar suyuq, C12-C20 − moysimon, C21 va undan yuqori vakillari qattiq moddalar. Quyi alkanollar o‘ziga xos hidga ega. Butanollar, pentanollar va C6-C11 alkanollar badbo‘y, yuqori alkanollar esa hidsiz birikmalar.


Molekulyar massasining ortishi bilan normal zanjirli alkanollarning qaynash harorati oshib boradi. Ular izo-tuzilishli alkanollarga nisbatan yuqori haroratda qaynaydi. Uglerod atomlarining soni bir xil bo‘lgan birlamchi alkanollar ikkilamchi alkanollarga nisbatan, ikkilamchi alkanollar esa uchlamchi alkanollarga nisbatan yuqori haroratda qaynaydi. Alkanollar molekulyar massalari yaqin bo‘lgan tegishli uglevodorodlar va hatto galogenalkanlarga nisbatan yuqori haroratda qaynaydi (2-jadval). Chunki alkanollarning molekulalari assotsilangan bo‘lib, ular orasida vodorod bog‘ mavjud. Alkanollarning gidroksil guruhidagi vodorod atomi qisman musbat, kislorod atomi esa qisman manfiy zaryadlangan, chunki kislorod bilan vodorod o‘rtasidagi elektron bulutining zichligi elektromanfiy kislorod tomonga siljigan.
2-jadval
Ba’zi alkanollarning fizikaviy doimiyliklari

Nomi

Formulasi

Suyuq. harorati, 0C

Qaynash harorati, 0C

Zichligi,
, g/sm3

100 g. suvda eruvchanligi, gramm

Metanol
Etanol
1-Propanol
1-Butanol
2-Metil-1-propanol
2-Butanol
2-metil-2-propanol
1-Pentanol
1-Geksanol
1-Geptanol
1-Oktanol
1-Oktadekanol

CH3OH
CH3CH2OH
CH3(CH2)2OH
CH3(CH2)3OH
(CH3)2CHCH2OH
CH3CH(OH)C2H5
(CH3)3COH

CH3(CH2)4OH


CH3(CH2)5OH
CH3(CH2)6OH
CH3(CH2)7OH
CH3(CH2)17OH



-97,8
-117,3
-127,0
-89,5
-108

-114
25,5


-78,5
-52


-34
-16
59,5

64,4
78,4
97,2
117,7
107,9

99,5
83,0


138
155,8


176,3
194,0
210,5(15 mm. sim. ustuni)

0,792
0,789
0,804
0,810
0,802

0,808
0,788


0,817
0,820


0,822
0,827
0,805




7,9
10,2

12,5


2,3
0,6


0,2
0,05
0

Demak, OH-guruh qutblangandir. Shuning uchun ham spirtlar molekulalaridagi vodorod atomlari bilan kislorod atomlari o‘rtasida o‘zaro elektrostatik tortishuv, ya’ni molekulalararo vodorod bog‘lanish vujudga keladi:

Vodorod bog‘lanish ionli va kovalent bog‘lanishlarga qaraganda ancha zaif bo‘ladi. Uning hosil bo‘lish energiyasi 20-30 kJ/mol dan oshmaydi. Bu esa spirtlarning uchuvchanligini kamaytiradi. Vodorod bog‘lari zaif bo‘lsa ham, spirtlarning fizikaviy xossalari va spektral tavsifiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Spirt molekulalarining gaz fazasiga o‘tishida, ya’ni spirtning qaynashida molekulalararo vodorod bog‘larini uzish uchun qo‘shimcha energiya talab qilinadi. Spirtlar suvda eriganda suv va spirtlarning qutblangan molekulalari orasida ham vodorod bog‘lanish sodir bo‘ladi.
Spirtlar molekulyar massalarining oshib borishi bilan suvda eruvchanligining kamayishini quyidagicha tushuntirish mumkin. Spirt molekulalari ikki qismdan - gidrofil gidroksil guruhdan va gidrofob uglevodorod radikalidan tuzilgan. Uglevodorod radikali kichik bo‘lsa, spirt gidroksil guruhining suv molekulalari bilan hosil qilgan vodorod bog‘lari spirt molekulasini eritmada saqlab tura oladi. Agar spirt molekulasining uglevodorod zanjiri uzun bo‘lsa, uglevodorod radikalining ta’siri oshib boradi. Natijada gidroksilning spirt xossalariga ta’siri kamayadi va spirt suvda erimaydi. Buning natijasida molekulyar massalari juda yuqori bo‘lgan alkanollarning fizikaviy xossalari tegishli uglevodorodlarning xossalariga juda yaqin bo‘ladi. Qutbsiz erituvchilarda vodorod bog‘lari hosil bo‘lish ehtimolligi spirt konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Konsentratsiya oshgan sari dimer va poliassotsiatlar hosil bo‘ladi. Bu jarayonni IQ-spektroskopiya yordamida kuzatish mumkin. Assotsiatlarning hosil bo‘lishi va ularning murakkablashib borishi bilan OH-guruhi valent tebranishlarining (O-H) chastotasi kamayib boradi. Masalan, propil spirtining CCl4 da olingan IQ-spektrida monomer uchun 3620 sm-1, dimer uchun 3485 sm-1, poliassotsiatlar uchun esa 3320 sm-1O-H tebranish chastotalari to‘g‘ri keladi (30-rasm).

30-rasm. Propil spirtining CCl4 dagi 0,01 mol/l (1), 0,015 mol/l (2)
va 0,1 mol/l (3) konsentratsiyada olingan IQ spektrlari.
PMR-spektrlarida R-OH-guruhi protonlarining rezonans signali  2-5 m.h.da, radikalning CH bog‘i protonlarining xarakterli signallari  3,5-3,8 m.h. oralig‘ida kuzatiladi.



Download 152.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling