Alkan, sikloalkan va alken
Download 83.41 Kb.
|
1 2
Bog'liqalkan
ALKAN , SIKLOALKAN VA ALKEN 1.Formulasi keltirilgan moddaning nomini toping: CH3CCl(CH3)CH(Cl)CH(C3H7)CH3 A) 2,4-dimetil-2,3-dixlorgeptan B) 2,4-dimetil-2,3-dixlorgeksan C) 2,4-dimetil-3-xlorgeptan D)2-propil-3-xlor-4-metilpentan 2.Tarkibi C7H16 bo’lgan va asosiy zanjirida beshta uglerod atomi bo’lgan izomer uglevodrodlar soni nechta bo’ladi? A) 4 B) 5 C) 6 D) 3 E) 7 3. Alkanlarning kreking jarayonini quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: CnH2n+2 → CmH2m+2 + CpH2p n=6 bo’lsa, m va p lar qanday qiymatlarga ega bo’lishi mumkin? A) m = 1,2,3,4; p = 5,4,3,2 B) m = 1,2,4,5; p = 5,4,2,1 C) m = 2,3,4,5; p = 4,3,2,1 D) m = 1,3,4,5; p = 5,3,2,1 4.Agar alkan tarkibidagi C – C bog`lar soni umumiy bog`larni 25 % ini tashkil etsa alkanni toping. A) etan B) propan C) butan D) pentan 5.Alkanning 7 litr miqdorini yondirish uchun 114 litr kislorod ishtirok etganda uning 5,5 litr ortib qolgan bo`lsa, alkanda nechta uglerod atomi mavjud bo`ladi? A) 10 B) 11 C) 14 D) 9 6. Alkilxloridga kaliy gidroksidning spirtli eritmasi ta'sir ettirilishidan olingan mahsulot avval vodorod bromid, so'ngra natriy metali bilan ta'sirlashganda 3,4-dimetilgeksan hosil bo'ldi. Alkilxlorid (lar) ning strukturasini aniqlang. 1) 1-xlorbutan; 2) 2-xlorbutan; 3) 2-metil-l-xlorpropan; 4) 2-metil-2-xlorpropan. A) 2 B) 1,2 C) 3,4 D) 4 7.Tarkibi 10 ml noma’lum uglevodorod va kisloroddan iborat 110 ml gazlar aralashmasi yondirilgan, reaksiyada xosil bo’lgan suv kondensatlangan keyin qolgan gazlar aralashmasi 80 ml bo’lgan. Shu aralashmaga mul miqdordagi kaliy gidroksid bilan ishlov berilganda, gazlar xajmi 50 ml gacha kamaygan. Noma’lum uglevodorodni toping. A) etilen B) propan C) propen D) buten E) butan 8. 42 litr propanni yondirish uchun tarkibida 10 % ozon bo’lgan kislorod-ozon aralashmasidan qanday hajmda (l, n.sh.) kerak bo’lishini hisoblang. A) 200 B) 50 C) 100 D) 150 E) 175 9.1 ml uglevodorod va 7 ml kislorod aralashmasi yondirilgandan so'ng suv bug'i kondensatlanganda gazlar aralashmasi hajmi 6,5 ml.ni tashkil etdi. Ushbu gazlar ishqor eritmasidan o'tkazilganda esa ularning hajmi 4,5 ml.ni tashkil qildi. Uglevodorodning molekulyar massasini aniqlang. A) 28 B) 30 C) 26 D) 24 10.C6H12 molekulyar formulaga uch burchakli nechta sikloalkanlar to`g`ri keladi? A) 5 B) 3 C) 4 D) 2 E) 6 11.14 g sikloalkan yonganda, 33,6 litr (n.sh) kislorod sarf bo’ladi. Qancha uglerod(IV) oksid xosil bo’lishini aniqlang. A) 33,6 B) 22,4 C) 44,8 D) 21,2 E) 16,8 12.Qaysi moddaning rux bilan reaksiyasi natijasida etilsiklopropan xosil bo’ladi? A) 1,3-dibrom-2-metilbutan B) 1,5-dibrompentan C) 1,2-dibrompentan D) 1,4-dibrompentan E) 1,3-dibropentan 13.1,5-dibrom-3-izopropilgeksandan qaysi moddani olish mumkin? A) 1 -metil-2-izopropilsiklopentan B) 1-metil-3-izopropilsiklopentan C) 3-izopropil-1 –metilsiklopentan D) 2-metil-3-izopropilsiklopentan 14. 7 gr CnH2n tarkibli sikloalkan xlorlanganda hosil bo`lgan vodorod xloridni neytrallash uchun 0,1 mol o’yuvchi natriy sarflandi, n – toping. A) 5 B) 4 C) 6 D) 7 E) 3 15. Avval narkoz sifatida ishlatilgan moddani nomini toping. A) siklobutan B) siklopropan C) siklopentan D) siklogeksan 16. Izobutilen va metilsiklopropandan iborat 9 litr (n.sh) aralashma va ko`p miqdorda olingan kislorod portlatilgandan so`ng hosil bo`lgan suv bug`i kondensiyalandi. Qolgan gazlar aralashmasi 50 litr (n.sh) ni tashkil etsa reaksiya uchun olingan kislorodning hajmini (l, n.sh) toping. A) 68 B) 54 C) 36 D) 14 17.Maxsulot Y nomini ko’rsating. siklopropan A) 2,3-dimetilbutan B) geksan C) butan D) pentan 18. Qaysi qatorda izobutilen izomerlari keltirilgan? A) vinilatsetilen; dimetilatsetilen; 1,2-dimetilsiklopropan B) izopren; butadiyen-1,3; metilsiklobutan C) buten-1; buten-2; butadiyen-1,2 D) siklobutan; buten-2; metilsiklopropan 19. Massasi 105 g bo’lgan 3-metilbuten-1 ga mo’l miqdor kaliy gidroksid va kaliy permanganat aralashmasi ta’sirida xosil bo’lgan maxsulotning massasini (g) va nomini toping. A) 154; 3-metilbutanon B) 156; 3-metilbutanol-2 C) 132; 3-metilbutandiol-1,2 D) 132; 3-metilbutanol-2 E) 156; 3-metilbutandiol-1,2 20. 20 litr (n.sh.) etin va etendan iborat aralashmaga 80 litr (n.sh.) vodorod qo'shilib platina katalizatori ustidan o'tkazilganda, uning hajmi reaksiya boshlanmasdan oldingi umumiy hajmga nisbatan 25 % ga kamaydi. Boshlang'ich aralashmani to’la yoqish uchun qancha hajm (l, n.sh.) kislorod kerak bo'ladi? A) 57,5 B) 55 C) 60 D) 69,3 21.Vodorodga nisbatan zichligi 14 ga teng bo`lgan nomalum alkenning 2,8 gramm miqdorini to`yintirish uchun qanday massadagi vodorod kerak bo`ladi? A) 0,4 B) 0,2 C) 0,3 D) 0,8 22.Pemza- bu……….? A) sintetik yuvish vositasi B)g’ovak material C) neftdan chiqadigan so’nggi mahsulot D) indikator 23.Alken xlor bilan reaksiyaga kirishib 11,3 g 1,2-dixloralkan, shuncha miqdordagi alken brom bilan reaksiyaga kirishganda esa 20,2 g 1,2-dibromalkan hosil bo'ldi. Alkenning nomini aniqlang. A) etilen B) butilen C) propilen D) izobutilen 24.Etilen, etan va propandan iborat 11,2 litr (n.sh) aralashma 16 gr bromni biriktiradi. Gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 8,1 ga teng bo`lsa, boshlang`ich aralashmadagi propanning massa ulushini (%) hisoblang. A) 8,64 B) 17,28 C) 34,68 D) 30,68 25.Noma’lum tuzilishga ega bo’lgan alkan bo’lgan alkan va xlor aralashmasi yorug’lik nuri bilan nurlatildi.Natijada uglevodorod to’liq xlorlandi.Ajralib chiqqan vodorod xloridning hajmi dastlabki uglevodorodning hajmidan 8 marta ko’p.Agar dastlabki aralashmasining hajmi 44,8 l (n.sh.) ga teng bo’lib, 4,48 l (n.sh.) xlor reaksiyaga kirishmagan bo’lsa uglevodorodning hajmiy ulushini(%) aniqlang? A) 5 B) 11,1 C) 6,4 D) 10 26. Noma’lum alken kaliy permanganatning kislotali eritmasida oksidlanganda karbonat angidrid va 2-metil propan kislota hosil qilsa alkenni toping . A) 2,3-dimetil buten-2 B) 3-metil buten-1 C) penten-2 D) 2-metil buten-2 27. Noma’lum alkenga Cl₂ ning CCl₄ dagi eritmasi ta’sir ettirilganda 45,2 g dixlorid xosil bo’ldi. Xuddi shuncha miqdordagi alkenga KMnO₄ ning suvdagi eritmasi ta’sir ettirilganda 30,4 g ikki atomli spirt xosil bo’ldi. Alkenni toping. A) C₆H₁₂ B) C₂H₄ C) C₃H₆ D) C₄H₈ 28.Bertolle usulida 16,8 litr(n,sh da) metan olish uchun kerak bo’ladigan mis massasini hisoblang. A) 160 B) 64 C) 384 D) 144 29. 33,6 litr (n.sh.) metan 10000C da qizdirilganda 11,2 litr ga ortdi. Undagi gazlarning hajmiy ulushini hisoblang. A) 0,4; 0,2; 0,4 B) 0,3; 0,3; 0,4 C) 0,4; 0,6 D) 0,5; 0,5 30.5 ta gidroksil guruh saqlagan siklogeksan nima deb ataladi? A) inozit B) adipin kislota C) kversit D) insektisid 31. Alkanlarni nomlash uchun qilinadigan ishlar ketma-ketligini tartiblang. 1) asosiy zanjirdagi uglevodorod nomi yoziladi 2) tarmoqlanish tomondan nomerlanadi 3) qaysi uglerod(lar)da, nechta, qaysi radikal mavjudligi yoziladi 4) eng uzun zanjir tanlanadi A)1,2,3,4 B)4,1,3,2 C)4,3,2,1 D)4,2,3,1 32.7,05 g dixloralkan kuchsiz ishqoriy muhitda gidrolizlanganda 4,3 g keton hosil bo’ldi. Dastlabki moddani aniqlang. A) 2,2-dixlorbutan B) 2,2-dixlor3-metilbutan C) 1,1-dixlorpentan D) 2,2-dixlor4metil-pentan 33.Noma’lum alkenga Cl₂ ning CCl₄ dagi eritmasi ta’sir ettirilganda 63,5 g dixlorid xosil bo’ldi. Xuddi shuncha miqdordagi alkenga KMnO₄ ning suvdagi eritmasi ta’sir ettirilganda 45 g ikki atomli spirt xosil bo’ldi. Alkenni toping. A) C₆H₁₂ B) C₂H₄ C) C₃H₆ D) C₄H₈ 34. To’yingan uglevodorodlar gomologik qatorida uglerod atomlari soni ortishi bilan… 1) uglevodorodlar gaz holatidan suyuq holatga, suyuq holatdan qattiq holatga o’tadi; 2) qaynash-suyuqlanish tempiraturasi ortadi; 3) qaynash-suyuqlanish tempiraturasi kamayadi; 4) zichlik kamayadi; 5) zichlik ortadi A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 5 35.Beylshteyn usuli yordamida organic birikmalar tarkibidagi qaysi elemeny mavjudligi aniqlanadi? A) azot B) galogen C) oltingugurt D) vodorod 36.Natron ohak tarkibini aniqlang? A) NaOH,Ca(OH)2 B) CH3COONa C) CaCO3 D) Na2S Download 83.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling