Alkan, sikloalkan va alken
ALKIN , ALKADIYEN VA AROMATIK UGLEVODORODLAR
Download 83.41 Kb.
|
1 2
Bog'liqalkan
ALKIN , ALKADIYEN VA AROMATIK UGLEVODORODLAR
1. Formulasi C2H5C(CH3)2C≡CC2H5 bo’lgan moddani nomlang. A) 5-metilgeptin-3 B) 3-metilgeptin-4 C) etilizobutilasetilen D) 5,5-dimetilgeptin-3 E) 4-metilgeptin-3 2.Katalizator ishtirokida to’liq gidrogenlanganda, 2-metilpentan hosil qiluvchi asetilen uglevodorodlariga sistematik nomenklatura asosida nom bering. A) 4-metilpentin-1; 4-metilpentin-2 B) 3-metilpentin-1; 4-metilpentin-2 C) 2-metilpentin-3; 3,3-dimetilbutin-1 D) 2,2-dimetilbutin-3; 3-metilpentin-4 E) 4-metilpentin-2; 3,3-dimetilbutin-1 3.Quyidagi uglevodorodlarning qaysilari izomer hisoblanadi? 1) divinil; 2) butadien-1,2; 3) propilen; 4) asetilen; 5) dimetilasetilen; 6) propin 7) buten-1 A) 3,4,6 B) 1,3,6 C) 2,5,7 D) 1,5,7 E) 1,2,5 4. Tarkibi C6H10 bo’lgan molekulalarda bitta uchlamchi uglerod atomiga ega bo’lgan alkinlar soni nechtaligini aniqlang. A) 3 B) 5 C) 4 D) 2 E) 6 5. Alkinlarda uchlamchi uglerod atomlari qanday gibridlangan holatda bo`ladi va oksidlanish darajasi qanday bo`lishi mumkin. A) sp, 0 B) sp, 0 yoki -1 C) sp3 0 yoki -1 D) sp3, -1 6.Asetilen va butin-2 bir-biridan farqini qaysi modda yordamida aniqlash mumkin? A) kaliy permanganatning suvli eritmasi B) bromli suv C) xlorid kislota D) kumush oksidning ammiakdagi eritmasi 7.Qaysi modda HCl bilan reaksiyaga kirishib, xloropren hosil qiladi? A) penten-2 B) amilasetilen C) allilasetilen D) metilasetilen 8. Tarkibi C4Hx bo’lgan uglevodorodning10 ml hajmi, mo’l miqdordagi kislorod ishtirokida 110°C va bosim 101,325 kPa bo’lgan sharoitda yondirilganda, hajm o’zgarmay qolgan (hajmlar bir xil sharoitda o’lchangan). Uglevodorod nomini toping. A) divinil B) butan C) buten-1 D) vinilasetilen 9. Hajmi 10 ml bo’lgan noma’lum uglevodorod va mo’l miqdorda olingan kislorod aralashmasining 110 ml miqdori yondirildi, suv bug’lari kondensatlandi va mahsulot boshlang’ich sharoitga keltirilganda, hajmi 85 ml ni tashkil etdi. Shu gaz mo’l miqdordagi kaliy gidroksid bilan chayqatilganda gaz hajmi 55 ml gacha kamaydi. Uglevodorodni aniqlang. A) propan B) propin C) propen D) buten E) butan 10. 1 ml uglevodorod va 8 ml kislorod aralashmasi yondirilgandan so'ng suv bug'i kondensatsiyalanganda gazlar aralashmasi hajmi 7 ml ni tashkil etdi. Ushbu gazlar ishqor eritmasidan o'tkazilganda esa ularning hajmi 5 ml ni tashkil qildi. Uglevodorodning molekulyar massasini aniqlang. A) 28 B) 26 C) 24 D) 30 11.Asetilenga kumush oksidning ammiakdagi eritmasi ta`sir etishidan 48 g portlovchi modda hosil bo`ladi. Reaksiyada qatnashgan astilenning hajmini (l) hisoblang. A) 2,24 B) 4,48 C) 6,72 D) 5,6 E) 8,96 12.Massasi 54,4 g bo`lgan kalsiy karbid va alyuminiy karbid aralashmasiga suv bilan ishlov berilganda hosil bo`lgan gaz aralashmasi tarkibida 7 % brom bo`lgan suvning 800 g miqdori bilan reaksiyaga kirishishi aniqlang. Boshlang`ich aralashmadagi alyuminiy karbidning massa ulushini (%) hisoblang. A) 0,53 B) 0,50 C) 0,57 D) 0,61 E) 0,79 13.Dimetilasetilen va propan aralashmasi bromli suv orqali o`tkazilganda idish og`irligi 8,1 gramga ortdi. Aralashmani yondirish uchun esa 31,92 litr (n.sh) kislorod sarflandi. Dastlabki aralashmaning massasini (g) aniqlang. A) 11,78 B) 5,28 C) 13,38 D) 18,42 14. 1,6 g pentan, penten va pentin aralashmasi yondirilganda 2,56 litr uglerod(IV) oksid hosil bo`ladi. Shu reaksiyada hosil bo`lgan suvning massasini (g) toping. A) 2,06 B) 1,03 C) 4,12 D) 5,15 15. CH2C(CH3)C(CH3)CH2 tarkibli uglevodorod bo`lgan moddani sistematik nomenklaturaga ko`ra nomlang. A) 2,3-dimetil; butadien-1,3 B) 2,3-dimetil; butadien-2,3 C) 2,3-dimetil; butadien-1,4 D) 2,4-dimetil; butadien-1,3 16. Butadien-1,3 molekulasidagi σ va π-bog’larni hosil qilishda qatnashgan s-, p-, sp3-, sp2- va sp-orbitallar sonini ko’rsating. 1) s - 6 ta; 2) p - 2 ta; 3) p - 4 ta; 4) sp - 2 ta; 5) sp - yo’q; 6) sp - 12 ta; 7) sp2-12 ta; 8) sp2-10 ta; 9) sp2-6 ta; 10) sp2-yo’q; 11) sp3-yo’q; 12) sp3-2 ta; 13) sp3-4 ta A) 1,2,4,7,11 B) 1,3,4,8,12 C) 1,3,5,7,11 D) 1,2,5,9,13 17.Ebonit deb nomlangan mahsulotni qaysi moddalardan olinadi? 1. Neft; 2. Gliserin; 3. Kauchuk; 4. Oltingugurt; 5. Xloropren; 6. Kapron A) 1 va 2 B) 2 va 3 C) 3 va 4 D) 2 va 5 18. 6,8 g izopren bilan reaksiyaga kirishadigan bromni massasini(g) aniqlang. A) 32 B) 3,2 C) 3,02 D) 3,04 19.3-metilbutadiyen-1,2 va kisloroddan iborat aralashmaning yonishidan 1,34 mol karbonat angidrid hosil bo'ldi, ortib qolgan alkadiyen katalizator ishtirokida 4 litr (n.sh.) vodorodni biriktirib oldi. Boshlang'ich aralashmaning hajmini (litr) hamda undagi alkadiyen va kislorodning hajmiy nisbatlarini hisoblang. A) 49; 3:7,08 B) 36; 2:5 C) 50; 1:7 D) 49,5; 1:6,07 20.Tabiiy kauchukni monomeridan 0,2 mol miqdori kislorod ishtirokida yondirilganda qanday miqdor (mol) karbonat angidrid gazi hosil bo`ladi? A) 1 B) 0,1 C) 1,1 D) 1,2 21.Qaysi qatorda benzol gomologlari keltirilgan? A) m-krezol, o-krezol; p-krezol B) ksilol; kumol; toluol C) metilbenzol, propilbenzol; vinilbenzol D) toluol; ksilol; krezol 22.Kumol qaysi moddaga izomer hisoblanadi. A) 1,2,3-trimetil benzol B) 1,2-dimetil benzol C) 1,3-dimetil benzol D) 1,6,7-trimetil benzol 23. Qaysi reaktiv(lar)dan foydalanib benzolni toluoldan farqlash mumkin? 1) natriy gidroksid eritmasi; 2) kaliy permanganat eritmasi; 3) bromli suv 4) kumush(I) oksidning ammiakli eritmasi. A) 2,3 B) 1 C)2 D) 4 24. Portlovchi modda bo`lgan trotilni kimyoviy nomi qanday? A) 2,4,6-trinitrotoluol B) 2,3,6-trinitratoluol C) 2,4,6-trinitrofenol D) Bunday modda yoq 25.11,7 g benzolni bromlashda hosil bo'lgan gazsimon mahsulotni neytrallash uchun 12% li natriy gidroksid eritmasidan (p=l,25 g/ml) qancha millilitr zarur bo'ladi? A) 40 B) 6 C) 60 D) 50 26.Atsetilenni oksidlab oksalat kislota olishda dastlab qanday modda hosil bo’ladi? A) sirka kislota B) chumoli kislota C) glioksal D) sirka aldegid 27. Toluol va benzoldan iborat aralashmani kaliy permanganat eritmasi (H2SO4 ishtirokida) bilan oksidlaganda 54,9 g bir asosli organik kislota hosil bo'ldi. Ushbu kislotaga ortiqcha miqdordagi natriy gidrokarbonat eritmasi ta'sir ettirilganda ajralgan gaz hajmi boshlang'ich uglevodorodlar aralashmasini to'la yondirilgandagi ajraladigan shunday gaz hajmidan 19 marta kichik bo'lsa, boshlang'ich aralashmaning massasini (g) aniqlang. A) 70,2 B) 111,6 C) 41,4 D) 74,4 28. 15,9 g aromatik uglevodorod kaliy permanganat bilan oksidlanishidan hosil bo'lgan aromatik kislotani to'liq neytrallash uchun 15% li 112 g kaliy gidroksid eritmasi sarflangan bo'lsa, boshlang'ich aromatik uglevodorod(lar) strukturasini aniqlang. A) etilbenzol; propilbenzol C) 1,4-dimetilbenzol; 1,2-dimetilbenzol B) etilbenzol D) 1,4-dimetilbenzol; etilbenzol; 1,2-dimetilbenzol 29. 13,44 litr metandan asetilen hosil qilinib undan benzol sintez qilindi. Ma`hsulot massasi 2,496 g. Birinchi reaksiya unumi ikkinchi reaksiya unumidan to’rt marta kam bo`lsa, reaksiya unumlarini aniqlang. A) 0,2; 0,8 B) 0,1; 0,4 C) 0,6; 0,3 D) 0,8; 1 30. Benzol, siklogeksen va siklogeksandan iborat aralashma katalitik degidrogenlanganda 1,3 mol vodorod va 46,8 g benzol hosil bo'ldi. Boshlang'ich aralashma 32 g bromni biriktirishi ma’lum bo'lsa, undagi siklogeksanning massa ulushini hisoblang. A) 0,43 B) 0,51 C) 0,26 D) 0,33 31.Benzol, toluol va kumoldan iborat 0,6 mol aralashma kislotali sharoitda kaliy permanganat bilan oksidlanganda 61 g benzoy kislota hosil bo'lsa, boshlang'ich aralashmadagi benzol massasini (g) aniqlang. A) 19,5 B) 7,8 C) 15,6 D) 11,7 32.Benzolni dastlab koks gazidan ajratib olgan olim? A) Faradey B) Kekule C) Butlerov D) Beylshteyn 33. 2,76 g toluolni bromlash reaksiyasida olingan gazsimon mahsulotni netrallashga sarflangan 10% li natriy gidroksid (p=1,25 g/ml) eritmasining hajmini (ml) hisoblang. (reaksiyada 2,4-dibromtoluol va 2,4,6-tribromtoluol 1:2 mol nisbatda hosil bo`ladi). A) 28,8 B) 32 C) 21,2 D) 25,6 34. C-C orasidagi bog’ uzunligi kamayib borish tartibida joylashtiring. 1) benzol; 2) etan; 3) eten; 4) etin A) 2, 3, 1, 4 B) 2, 1, 3, 4 C) 2, 3, 4, 1 D) 2, 1, 4, 3 35.ᾱ -nitronaftalin qanday rangli cho’kma hosil qiladi? A) yashil B) qizil C) sariq D) ko’k 36.Quyidagilardan 2-tur o’rinbosarni aniqlang? A) R- B) –CN C) –OR D) NH2 Download 83.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling