Royal Education o ’quv markazi: Kamoliddin Xolboyev
Download 368.64 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2021- GUMON testlari asosida sinov.
Royal Education o ’quv markazi: Kamoliddin Xolboyev Kimyo. 1. Azot va alkendan iborat aralashmadagi azotning molyar ulushi 50% va alkenning massa ulushi 60% bo’lsa, alkenni aniqlang. A) C 2 H 4 B) C 3 H 6 C) C 4 H 8 D) C 5 H 10 2. Molyar konsentratsiyasi ham molyal konsentratsiyasi ham 4 ga teng bo’lgan eritmaning zichligi 1,4 g·ml -1 bo’lsa, erigan moddaning molyar massasini (g·mol-1) aniqlang. A) 150 B) 142 C) 98 D) 100 3. Dimetilasetilen, metiletilasetilen, izopropilasetilen, trimetiletilen. Necha xil modda berilgan? A) 2 B) 3 C) 4 D) 1 4. Etilenga alkan qo’shilganda uglerod atomlari soni 4 marta, vodorod atomlari soni 5 marta ortgan bo’lsa, olingan aralashmaning molyar massasini (g/mol) aniqlang. A) 22,4 B) 38,67 C) 33,6 D) 32 5. Kumush nitrat eritmasi elektroliz qilinganda katod massasi 27 g ga ortib, eritma massasi 65 g ga kamaygan bo’lsa, eritmadan necha faradey (F) tok o’tgan? A) 4,25 B) 3 C) 2,25 D) 2,5 6. Quydagi reaksiyada hosil bo‘ladigan cho‘kmani aniqlang. CuSO 4 + Na 2 CO 3 + H 2 O → ....... A) (CuOH) 2 CO 3 B) Cu(HCO 3 ) 2 C) Cu(OH) 2 D) CuCO 3 7. Titri 200 mg/sm3 bo’lgan eritmaning molyal konsentratsiyasini (mol/kg) hisoblang (M = 100 g/mol; d = 1,20 g/cm3). A) 1 B) 3 C) 2 D) 4 8. K 2 S + Cr(NO 3 ) 3 + H 2 O → … ushbu reaksiyaning to’la ionli tenglamasida nechta molekula qatnashadi? A) 9 B) 11 C) 10 D) 12 9. Doimiy hajmli yopiq idishda quyidagicha muvozanat yuzaga keldi: H2(g) + Cl2(g) ↔ 2HCI(g) +Q So’ngra temperatura oshirildi. Yangi muvozanat sistemasi uchun (dastlabkiga nisbatan) quyidagi qaysi fikrlar to’g’ri? 1) sistemada bosim ortdi; 2) hosil bo’lgan vodorod midori sarflangan HCI miqdoridan ikki marta kam; 3) xlor miqdori o’zgarmagan; 4) vodorod miqdori kamayagan. A) 1, 2 B) 1,3 C) 1,4 D) 2,4 10. 5 M modda 20 sekund davomida 2,5 marta kamaysa, reaksiyaga kirishgan modda miqdorini aniqlang. (V=1 litr) A) 2,5 B) 3 C) 2 D) 1 11. 6,72 l (n.sh.) geliyga xuddi shu sharoitda necha gramm argon gazi aralashtirilsa, argonning mol ulushi 25% ga teng bo’ladi? A) 20 B) 8 C) 10 D) 4 12. 0,2 mol natriy fosfat tutgan eritmadagi natriy ionlarining konsentratsiyasi 0,75 mol/l bo’lsa, eritma hajmini (ml) hisoblang. (α = 0,75) A) 500 B) 1000 C) 200 D) 600 13. Qaysi tuzlar vaqtinchalik qattiqlikka sabab bo‘ladi? 1) MgSO 4 ; 2) Ca(HCO 3 ) 2 ; 3) CaCl 2 ; 4) Mg(HCO 3 ) 2 A) 1,3 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,4 14. Alisherning uyida bir kunda o’rtacha 5,6 m3 (n.sh.da) tabiiy gaz yoqishadi. Bu jarayon uchun yetarli kislorodni fotosintez natijasida hosil qilish uchun o’simliklarga qancha (kg) H2O kerak? (tabiiy gazni metandan iborat deb hisoblang) A) 10,8 B) 9 C) 18 D) 3,6 15. Kremniyning qutbli kovalent bog’lanishli birikmalarini toping. a) SiCl 4 2) SiBr 4 3) SiS 2 4) SiO 2 5) Mg 2 Si A) 1,2,3,4 B) 2,3,4,5 C) 1,3,4,5 D) 3,5 16. 2 mol oltingugurtning 2/5 qismi SO2 ga, qolgan qismi SO3 aylangan bo’lsa, reaksiyalarda ajralgan jami issiqlik miqdorini (kkal) hisoblang. S(q) + O2(g) → SO2(g) +70 kkal/mol S(q) + 3/2O2(g) → SO3(g) +90 kkal/mol A) 164 B) 156 C) 160 D) 165 17. O’quvchi oltingugurt (IV) oksidining formulasini S 6 O 2 ko’rinishida yozgan bo’lsa, u molyar massa hisoblashda necha g/molga adashgan? A) 40 B) 320 C) 160 D) 80 18. 0,2 mol CuBr 2 , 0,5 mol KBr tutgan eritma inert elektrodlar yordamida 9,65 A tok bilan 10000 s davomida elektroliz qilindi. Bunda anodda ajralgan modda (lar) massasini (g) toping. A) 32 B) 40 C) 72,8 D) 42,8 Royal Education o ’quv markazi: Kamoliddin Xolboyev 19. 50 g mis (II) sulfat pentagidrati suvda eritilib, elektroliz qilinganda olingan gazlar aralashmasining molyar massasi 17 g/mol bo‘ldi. Elektroliz jarayoni uchun sarflangan faradey miqdorini aniqlang. A) 0,4 B) 0,5 C) 0,6 D) 0,8 20. Probirkaga 5 ml etil spirti va 30 ml konsentrlangan sulfat kislota quying va probirka og’zini gaz chiqish nayi o’tkazilgan probka bilan berkiting. Gaz chiqish nayining ikkinchi uchi suvli probirkaga tushirib qo’ying. Ushbu jarayonda qanday modda hosil bo’ladi? A) etan B) asetilen C) metan D) etilen 21. Download 368.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling