Gimnastika atamalari
Download 48.22 Kb.
|
Гимнастика Атамалари
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tirishlar
- Cho’qqayish
- Tayanishlar
- Oyoqlar holati
GIMNASTIKA ATAMALARI. Dastlabki holatlar - mashqlar ijrosi boshlanishi oldidan turishlar, saf turishga mos keladi. Turishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib, oyoqlarni keng kerib, oyoqlarni saf kerib, o’ng oyoqni kerib, chalishtirib turish, o’ng oyoqda erkin turish, oyoqlarni ichida turishda, «oyoq uchida» so’zlari qo’shiladi. O’tirishlar: yerda yoki gimnastika snaryadlarida o’tirish holatlari. O’tirishning quyidagi turlari bor: o’tirish, oyoqlarni kerib o’tirish, burchakli o’tirish, oyoqlarni kerib burchakli o’tirish, bukilib o’tirish, oyoqlarni quchoqlab o’tirish, tovonda yoki o’ng tovonda o’tirish, songa o’tirish va boshqalar. Cho’qqayish: shug’ullanuvchining oyoqlari burilgan holat, yarim cho’nqayish, dumsimon cho’qqayish, dumsimon yarim cho’qqayish, ortga yengashib yarim cho’qqayish, yengashib yarim cho’nqayish va bu «suzuvchi starti» deb ham yuritiladi, o’ng, chap yonda yarim cho’nqayish, o’ng yoki chap oyoqda cho’nqayish va boshqalar. Tashlanish: tayanch oyoqni biron bukish holati yoki shundan keyin hosil bo’lgan holat, og’ir tashlanish, o’ngga tashlanib yengashish, qattiq tashlanish, qaysi oyoq tomonga tashlanishi ko’rsatiladi, chap oyoqdan o’ngga tashlanish. Tayanishlar: yelkalar tayanch nuqtasidan yuqori bo’lgan holatlar. Tayanishning quyidagi turlari bor: cho’kkayib tayanishlar, o’ng tizzaga tayanishlar, o’ng tizza bilan chap qo’lga tayanish, tik bukilish tayanish, bilaklarga tayanish, yotish va orqadan tayanish va xokazo. Qo’l va oyoq harakatlari: harakatlar baravar, galma-gal, ketma-ket, parallel va boshqalar bo’lishi mumkin. Qo’llar bukilganda terminga «bukish» so’zi qo’shiladi. Masalan: qo’llarni bukib, orqaga uzatish, qo’llarni bukib yon tomonlarga uzatish va xokazo. Gavdaning holati havodagi qanday bo’lmasin qo’l va oyoqlarning harakati gavdaga nisbatan tariflanadi. O’ng qo’lni pastga, o’ng qo’lni pastlatib yon tomonga, o’ng qo’lni yon tomonga: qo’llar yon tomonga, o’ng qo’lni tashqarilatib yuqoriga, o’ng qo’l yuqoriga, qo’llar yuqoriga, qo’llar chap tomonga va hokazolar. Oyoqlar holati: oldinlatib ichiga, pastlatib oldinga, oldinga, yuqorilatib oldinga, orqalatib ichiga, pastlatib orqaga, pastga. Harakat yo’nalishlari-sirtqi tekislikda pastga, yuqoriga ichkariga, tashqariga. Yon tekislikda: oldinga, pastga, yuqoriga, oldinga orqaga. Download 48.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling