Gimnastika atamalari


Download 48.22 Kb.
bet4/5
Sana04.09.2023
Hajmi48.22 Kb.
#1672599
1   2   3   4   5
Bog'liq
Гимнастика Атамалари

Oddiy osilish: osilish, qo’llarni bukib osilish, bukilib osilish, kerishib osilish va hokazolar.
Aralash osilish: cho’nqayib osilish, bukilib osilish, yotib osilish, turib osilish va hokazolar.
Tayanish-shug’ullanuvchilarning yelkalari tayanch nuqtasidan yuqorida bo’lgan holat. Tayanishlar oddiy va aralash bo’ladi.
Oddiy tayanishlar: tayanish, bilaklarga tayanish, qo’llarga tayanish, bukilib qo’ltiqlarga tayanish, «burchakli tayanish»da burchak so’zining o’zi kifoya qiladi.
O’tkazish: oyoqni snaryad tepasidan harakatlantirish.
Doira: oyoqni yaxlit harakatlantirish.


Aylanish - gimnastikachining tayanishdan boshlanib, snaryad (turnik, yog’och va hokazo) o’qi atrofida aylanma xarakatlanishi. Aylanishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib tayanishdan oldinga (orqaga) aylanish, tayanishdan oldinga yoki orqaga aylanish, katta aylanish.
Aylanma mashg’ulot uslubi - dars jarayonida bolalarga o’z imkoniyatlarini to’la va faol ko’rsata olishlariga yordam beradi.
Akrobatika - akrobatik sakrashlar va statik holatlarni o’z ichiga olgan muvozanat saqlash mashqlari.
Akrobatika (yunonchadan tarjima kilinganda «Zanjir ustida yuraman, yuqoriga chiqaman» degan ma’noni anglatadi).
Amaliy mashqlar - yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashib chikish, oshib o’tish, emaklab o’tish, muvozanat saqlash, to’siqlardan oshib o’tish va boshqalar.
Amplituda - amplituda (biror jism yoki xodisanining eng quyi nuqtasidan eng yuqori nuqtasigacha tebranish, o’zgarib turish darajasi, tafovut).
Atlet - atletikachi (atletika bilan shug’ullanuvchi sportchi, atletika mutaxassisi).
Atletika - atletika (kuch va chakkonlikni talab kiladigan gimnastika mashklari).
Badiiy gimnastika - gimnastik buyumlar (arg’amchi, gardish, tasma, to’p, cho’qmor) bilan va buyumlarsiz ijro etiladigan, shakli jihatidan turlicha raqs xarakteridagi harakatlarning uzviy va birikib ketgan kombinasiyalaridan iborat mashqlar.

Download 48.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling