Arqonga tirmashib chiqish Aziz bolalar, siz tirmashib chiqishning uch


Download 343.09 Kb.
Sana16.02.2023
Hajmi343.09 Kb.
#1203753
Bog'liq
Arqonga tirmashib chiqish


Arqonga tirmashib chiqish
Aziz bolalar, siz tirmashib chiqishning uch
xil usulda bajarilishini bilib oldingiz. Dastlabki
holat, ya’ni rostlangan qo‘llarda osilib turasiz.
1- usulni bajarganda, avval osilib turgan
oyoqlar tizzadan bukilib, tizzalar ko‘krakka
tortiladi. Bunda arqon tizzalar oldi hamda
o‘ng oyoqning uchi, chap oyoqning tovoni
bilan qisib olinadi, qo‘l ham biroz bukiladi.
2- usulni bajarganda oyoqlar rostlanib, qo‘llar
bukiladi va yuqoriga tortiladi (qo‘l ketma-ket
qo‘yilishi kerak). 3- usulni bajarganingizda arqonni
oyoqlar bilan qattiq qisib, qo‘llarni birin-
ketin yuqoriroqdan ushlab tortilasiz.
1. Avval arqonni
qo‘llar bilan qanday ushlash o‘rganiladi. So‘ng
arqonda tortilish mashqlari bajariladi.
2. Yordamchi mashqlardan foydalanilgan
holda arqonni oyoq bilan har xil usullarda
ushlash o‘rganiladi.
3. Arqonda oyoqlarni tugunga tirab osilib turiladi.
4. Chayqalib turgan arqonda osilib turiladi
(chayqalish burchagi 25°).
45
5. Arqonda osilib turib, oyoqlarni siljitish.
6. Arqonda osilib turib, qo‘llarni siljitish.
7. Osilib turib, oyoqni ko‘krakka tortish.
8. Tugunli arqonga tirmashib chiqish.
9. Arqonni oyoq kafti bilan chalishtirib
ushlab turish amalga oshiriladi.
Arqonga tirmashib chiqishga o‘rgatish
usullari.
Arqonni oyoq bilan ushlash dastlab stulda,
kozyolda, konda, gimnastik o‘rindiqda
o‘tirgan holatda o‘rganiladi. Buning uchun
quyidagicha tayyorlovchi mashqlarni bajarish
mumkin:
1. Polda (to‘shakda) o‘tirib, qo‘llar bilan
arqonga osilish va qo‘llarni siljitib, yotib osilish
holatiga o‘tish.
2. Shu holatdan turib osilish holatiga o‘tish.
3. Yotib osilgan holatda, polda oyoqlar
bilan o‘ngga (chapga) qadam tashlash.
4. Yotib osilgan holatda, goh bir qo‘lni,
goh ikkinchi qo‘lni qo‘yib yuborish bajariladi.
Sport asbob-anjomida osilish deb shunday
holatga aytiladiki, bunda sizning yelkangiz
ushlash nuqtasidan pastda bo‘ladi.
Sport asbob-anjomiga gavdangizning biror
qismi bilan, masalan, qo‘llar bilan osilsangiz
—oddiy osilish hisoblanadi. Gavdangizning
boshqa bir qismi bilan sport
asbob-anjomi yoki polga tayangan holda
osilsangiz —aralash osilgan bo‘lasiz. Bu
mashqlarning qo‘l va yelka kamari mushaklari
rivojlanishiga, shuningdek, orqa, qorin
va ko‘krak hamda oyoq mushaklariga ta’siri
nisbatan kam, ammo umumiy mushaklarning
chiniqishiga nafi kattadir.
Osilishlardan to‘g‘ri foydalansangiz qomatingizning
to‘g‘ri shakllanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Osilish mashqlari ko‘proq sport
asbob-anjomlarida bajariladi, shunday ekan
siz mashq bajarayotganingizda, ularning balandligini,
kengligi va boshqa jihatlarini hisobga
olishingiz kerak. Bu esa sizlarda
o‘zgaruvchan sharoitlarda shug‘ullanganda
o‘zingizni idora qila olish ko‘nikma va
malakalari hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Osilish mashqlari ham gimnastikaga xos
bo‘lgan aniqlikda bajarilishi bilan boshqa
harakat turlaridan farqlanadi, mashqlarni
bajarayotganingizda bunga alohida e’tibor
bering. Siz qiyin, ya’ni mushaklarga, paylarga,
nafas olish a’zolaringizga salbiy ta’sir
48
ko‘rsatadigan mashqlarni bajarayotganingizda
ehtiyot bo‘ling.
Osilish mashqlarini bajarayotganingizda
qo‘llaringiz holati muhim rol o‘ynaydi. Chunki
osilish mashqlari nafas olish uchun qiyin
vaziyat vujudga keltirib, nafas olishni qiyinlashtiradi.
Shuning uchun siz mashq bajarayotganingizda
o‘zingizni nafas olishdan
to‘xtamaslikka, tekis va chuqur nafas olishga
o‘rgatishingiz lozim.
Osilish mashqlarini yakka holda, guruh
bo‘lib bajarishingiz mumkin. Har ikkala holda
ham siz sport asbob-anjomiga to‘g‘-
ri yondashishga, mashqlarni mas’uliyat bilan
bajarishga, mashqni to‘g‘ri boshlab, to‘g‘ri
tugatishga, mashqni bajarib bo‘lgach, to‘g‘ri
sakrab tushishga, noqulay holatda o‘zini
o‘nglab olishga va sport asbob-anjomidan
o‘rgatilgandek uzoqlashishga odatlanishingiz
kerak.
Osilish mashqlari quyidagi sport asbobanjomlarida:
yakkacho‘pda, bruslarda, gimnastik
narvonda, gimnastik o‘rindiqda, turnikda,
arqonda, halqalarda bajariladi. Ko‘p
mashqlarni bajarishda gimnastik to‘shaklar
kerak bo‘ladi.
Oddiy va aralash osilish usullari:
– tik turgan holda osilish
– cho‘qqaygan holda osilish
– turnikda yotib osilish (
– oyoqlarni orqaga uzatib osilish
– qo‘l bilan orqa tomondagi tayanchni
ushlab turib osilish
– yotib osilgan holda qo‘llarni bukish
– yakkacho‘pga ikkala oyoq va qo‘llarda
osilish
– yakkacho‘pga bir oyoq va ikki qo‘lda
osilish
– baland turnikda osilish va sakrab tushish
– turnikka oyoqni tizzadan bukib yotib
osilish (;






Download 343.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling