Physics uzb 211024 indd


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana22.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1223085
  1   2   3
Bog'liq
ZUyu7nOqhvGLTTzPGqXc4o2hx9YPnv0HcJUoPlj2



6-Laboratoriya ishi.
 
Mavzu: «Shishaning nur sindirish 
ko‘rsatkichini aniqlash».
Ishning maqsadi: Ikki parallel yoqli shisha plastina 
yordamida yorug‘likning sinishini kuzatish, shishaning nur 
sindirish ko‘rsatkichini aniqlashda sindish qonunlaridan 
foydalanish. Shishaning nur sindirish ko‘rsatkichini 
aniqlash, aniqlangan qiymatni jadvaldagi qiymat bilan 
taqqoslash, xatoliklarni baholash.
Kerakli jihozlar: Lampochka, tirqishli ekran, oq qog‘oz.
Texnika xavfsizligi: Laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar bajarayotganingizda 
jihozlarning tushib yoki siljib ketishini oldini olish uchun ularni yaxshilab o‘rnating. 
Ishni boshlashingizdan oldin jihozlar va ularning qismlari mahkam o‘rnatilganligiga 
ishonch hosil qiling. Shisha, sirpanchiq jihozlarni tartib bilan ishlating; maxsus himoya 
vositalarisiz optik asboblar bilan Quyoshga bevosita qaramang.
Video va boshqa 
materiallar
Ishni bajarish tartibi:
1. Galvanilk element (batareyka)ni o‘tkazgichlar orqali 
cho‘g‘lanma elektr lampochkasiga ulang.
2. Lampa oldiga tirqishli ekranni, undan keyin esa tekis 
parallel shisha plastinani qo‘ying. Shisha plastinaga nurlar 
dastasini yo‘naltirishdan oldin plastinani stol ustidagi 
millimetrli qog‘oz (katakli qog‘oz)ga shunday joylashtirish 
kerakki, uning parallel yoqlaridan biri qog‘ozda chamalab 
belgilangan chiziq bilan ustma-ust tushsin. Bu chiziq 
shisha-havo muhitlari bo‘linish chegarasini ko‘rsatadi.
3. O‘tkir uchli qalam bilan ikkinchi parallel yoqi bo‘ylab 
to‘g‘ri chiziq o‘tkazing. Bu chiziq shisha-havo muhitlari 
bo‘linish chegarasini ko‘rsatadi.
4. Shundan so‘ng plastinani joyidan qo‘zg‘atmasdan, uning 
birinchi parallel yoqiga biror burchak ostida ingichka nur 
dastasini yuboring.
5. Plastina bo‘ylab ketgan va undan chiqayotgan nur 
dastalarida o‘tkir uchli qalam bilan 1, 2, 3 va 4 nuqtalarni 
belgilang (1-rasm).
6. Lampochkani o‘chiring, shisha plasstinani joyidan olib 
tashlang. Shundan so‘ng chizg‘ich yordamida kiruvchi, 
chiqqan va singan nurlarni chizib chiqing (2-rasm).

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling