Gimnastika atamalari


Bandaj - bandaj, qo’llob (tananing kasal joyini tang’ib qo’yadigan kamar, belbog’). Gardish


Download 48.22 Kb.
bet5/5
Sana04.09.2023
Hajmi48.22 Kb.
#1672599
1   2   3   4   5
Bog'liq
Гимнастика Атамалари

Bandaj - bandaj, qo’llob (tananing kasal joyini tang’ib qo’yadigan kamar, belbog’).
Gardish - diametri 85-90 sm, sintetik plastmassadan tayyorlangan. Har xil rangda bo’ladi.
Gimnastika - gimnastika (yunoncha “gimnos” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “yalang’och” degan ma’noni anglatadi). Shuningdek, keng ma’noda, kishi salomatligini mustahkamlash, uni har tomonlama jismonan tarbiyalash va harakat qobiliyatlarini, kuchi, chaqqonligi, harakat tezkorligi, chidamliligi va boshqa xususiyatlarini takomillashtirish uchun ishlatadigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar, uslubiy usullarining tizimi, degan ma’nosi ham bor.
Gimnastika - gimnastika (grekcha “gimnastike” so’zdan olingan bo’lib, “mashq qildiraman” degan ma’noni bildiradi). Eramizdan avvalgi VIII asrda qadimga greklarda ilk bor “gimnastika” so’zi vujudga kelgan.
Gimnastika terminologiyasi - bu gimnastika mashqlari, umumiy tushunchalari, snaryadlar, anjomlarning nomlarini qisqacha ifoda etish uchun qo’llaniladigan maxsus nomlar (terminlar) tizimi, shuningdek atamalar, shartli (belgilab qo’yilgan) qisqartishlarning, mashqlarni yozish shakllarining tuzilish hamda ishlatilish qoidalaridir.
Dastlabki holatlar - mashqlar ijrosi boshlanishi oldidan turishlar va boshqa holatlar.
Kombinasiya - kombinasiya (umuman sport o’yinlarida uzoqni ko’zlab qilingan harakat).
Ritm - mazkur harakat texnikasi uchun qonuniy bo’lgan harakat qismlari (fazalari) ning muayyan vaqt ichidagi taqsimlanishi tushuniladi.
URM - umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar-1 - bu turli tezlik va ko’lamda maksimal va o’rtacha muskul zo’r berishi orqali tananing alohida qismlari bilan bajariladigan harakatlar yoki ularning birikmalariga aytiladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar-2 - ko’prok bo’g’in qismlarida bajariladigan, har tomonlama jismoniy tayyorgarlik uchun organizm funksional imkoniyatlarini kengaytirish va qad-qomatni shakllantirish uchun qo’llaniladigan mashqlardir.
Ertalabki gimnastika - bola organizmini sog’lomlashtirish va uni har jihatdan tarbiyalashdir (10-12 daqiqa davomida o’tkaziladi).
Download 48.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling