Karbon kislotalarning funksional hosilalarining sinflanishi.
Karbon kislotalarning funksional hosilalari
karboksil guruhdagi -OH ni
boshqa atomlar va atomlar guruhiga almashinishidan hosil bo'ladi. Bunday
birikmalarga asosan quyidagilar kiradi:
- Galogenangidridlar;
- Angidridlar;
- Amidlar, imidlar va
laktamlar;
- Nitrillar va izonitrillar;
- Murakkab efirlar, laktonlar.
KARBON KISLOTALARNING GALOGENANGIDRIDLARI
Karbon kislotalarning karboksil guruhidagi -OH ning galogen atomiga
almashinishidan hosil bo‘lgan hosilalari
galogenangidridlar yoki
atsilgalogenidlar
deyiladi.
Umumiy formulasi.
Galogenangidridlarni nomlash uchun tegishli kislota qoldig‘i
nomiga
galogenid, masalan, florid yoki xlorid so'zi qo'shiladi. Masalan,
atsetilxlorid
benzoilxlorid
sirka kislota xlorangidridi
benzoy kislota xlorangidridi
Olinish usullari.
1.Karbon kislotalar va ularning
tuzlariga tionil xlorid, fosfor xloridlari yoki
bromidlari ta’sir ettirilsa tegishli galogenangidridlar hosil bo‘ladi.
Fizik xossalari. o'tkir hidli, rangsiz suyuqliklar
yoki kristall moddalardir, oson
uchuvchan atsilgalogenidlar havoda tutab turadi. Eng sodda atsilftoridlar gazsimon
moddalardir. Suvda kam eriydi.