2-mavzu. Alkanlar
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
15-mavzu. Karbon kislotalarning funksional hosilalari. .
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayrim vakillari va ularning ishlatilishi.
- KARBON KISLOTALARNING ANGIDRIDLARI
- Olinish usullari.
Kimyoviy xossalari. Galogenangidridlar tez reaksiyaga kirishadi. Galogenangidridlar kuchli
qutblangan birikmalardir. Bunga sabab galogen atomining elektronoakseptor ta’siridir. Galogenangidridlar kuchli elektrofil xossalarini namoyon qiladi. 1. Galogenangidridlarning suv bilan ta’siridan tegishli karbon kislota hosil bo‘ladi. 2. Galogenangidridlarga ishqor ta’siridan karbon kislota tuzlari hosil bo‘ladi. 3. Galogenangidridlarga ammiak ta’siridan karbon kislota amidi hosil bo‘ladi. Ayrim vakillari va ularning ishlatilishi. Atsetilxlorid – o‘tkir hidli, rangsiz suyuqlik, havoda tutaydi, 51,8°C da qaynaydi. Natriy atsetatga sulfurilxlorid yoki muz sirka kislotaga magniy xlorid ishtirokida fosgen ta’sir ettirib olinadi. Organik sintezda atsetil guruh kiritish (atsetillash) uchun ishlatiladi. Benzoilxlorid – o‘tkir hidli, rangsiz suyuqlik, lakrimator, 197°C da qaynaydi. Benzoy kislotasi va fosgendan yoki benzaldegid va xlordan olinadi, yoki trixlormetilbenzolni qisman gidrolizlab olinadi. Organik sintezda benzoil guruh kiritish (benzoillash) uchun ishlatiladi. KARBON KISLOTALARNING ANGIDRIDLARI Karbon kislotalarning karboksil guruhidagi vodorod atomining atsil guruhiga almashinishidan hosil bo‘lgan hosilalari angidridlar deyiladi. Umumiy formulasi. Angidridlarning nomi tegishli kislotalarning trivial nomidan kelib chiqib hosil qilinadi. sirka angidrid Olinish usullari. 1.Angidridlar karbon kislotalarni termik yoki kuchli suv tortuvchi moddalar, masalan, fosfat angidrid ta’sirida angidridlash yo‘li bilan olinadi. sirka angidrid 2.Dikarbon kislotalar qizdirilganda siklik angidridlar hosil bo‘ladi. Yantar kislota yantar angidrid 3.Atsetilgalogenidlarning karbon kislotalarning tuzlari bilan o‘zaro ta’siridan angidridlar Natriy atsetat atsetil xlorid sirka angidrid 4.Karbon kislotalarning ketenlar bilan reaksiyasi natijasida ham angidridlar hosil bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling