2-mavzu. Alkanlar
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
15-mavzu. Karbon kislotalarning funksional hosilalari. .
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy xossalari.
- Ayrim vakillari va ularning ishlatilishi.
- KARBON KISLOTALARINING NITRILLARI
Fizik xossalari. Amidlar va imidlar rangsiz kristall yoki suyuq moddalar bo‘lib,
suvda va organik erituvchilarda eriydi. Amidlarning molekulalari N-H bog‘lar mavjudligi uchun molekulalararo vodorod bog‘lar hisobiga assotsiyalangan holatda bo‘ladi. Shuning uchun ularning qayiiash temperaturalari nisbatan yuqoridir. Kimyoviy xossalari. 1. Mineral kislоtalar yoki ishqоrlarning kоnsentrlangan eritmalari bilan qizdirilganda amidlar kislоtalargacha gidrоlizlanadi. 2. Degidratlanish reaksiyasi. 3. Ular ishqоriy muhitda gipоbrоmitlar yoki gipохlоritlar ta’sirida birlamchi aminlarga aylanadi (Gоfman qayta guruhlanishi). 4. Qaytarilish reaksiyasi. 5.Nitrit kislоta HNO 2 ta’sirida sоvuqda almashmagan amidlar aminо guruhini yo‘qоtadi (dezaminlanadi): Ayrim vakillari va ularning ishlatilishi. Formamid – 210,5°C da qaynaydigan rangsiz gigroskopik suyuqlik, suv va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Formamid metilformiat va ammiakdan olinadi. Organik sintezda erituvchi va reagent sifatida ishlatiladi. N,N-dimetilformamid (DMFA) – 153°C da qaynaydigan o'ziga xos hidli rangsiz suyuqlik, suv va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Sanoatda ko‘p miqdorda bosim ostida dimetilamin va is gazidan olinadi. DMFA asosan erituvchi sifatida ishlatiladi. DMFA kationlarni yaxshi solvatlaydi, lekin anionlarni solvatlamaydi. Bunday erituvchilar bipolyar aproton erituvchilar deyiladi. DMFA formillash reaksiyalari uchun ham ishlatiladi. KARBON KISLOTALARINING NITRILLARI Nitrillar deb karboksil guruhdagi kislorod atomi va gidroksil guruhni azot atomiga almashinishidan hosil bo‘lgan birikmalarga aytiladi. Shuningdek, nitrillarni uglevodorod molekulasidagi vodorod atom (lar) ini sianid guruhga almashinish mahsuloti sifatida ham qarash mumkin. Umumiy formulasi. Nitrillarning nomlash uchun tegishli kislota nomiga –nitril qo'shimchasini, yoki tegishli uglevodorod nomiga -sianid qo'shimchasini qo'shish bilan yasaladi. sirka kislota nitrili akril kislota nitrile benzoy kislota nitrili (аtsetonitril) (аkrilonitril) (benzonitril) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling