2-mavzu. Alkanlar
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
15-mavzu. Karbon kislotalarning funksional hosilalari. .
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayrim vakillari va ularning ishlatilishi.
Fizik xossalari. Karbon kislotalarning angidridlari rangsiz suyuq yoki kristall moddalardir.
Dastlabki vakillari o‘tkir hidga ega, suvda kam eriydi, asta-sekin gidrolizlanadi. Kimyoviy xossalari. 1.Suv ta’siridan tegishli karbon kislotalar hosil bo‘ladi. sirka angidrid sirka kislota 2. Ammiak va aminlar ta’siridan karbon kislota amidlarini hosil qiladi. Sirka kislota etilamidi 3. Spirtlar bilan ta’sirlashib murakkab efirlar hosil qiladi. Ayrim vakillari va ularning ishlatilishi. Sirka angidridi– 139°C da qaynaydigan, o‘tkir hidli rangsiz suyuqlik, suvda kam eriydi, asta-sekin gidrolizlanadi. Sanoatda sirka angidridi ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Asosan ketenga sirka kislotasi ta’sir ettirib olinadi. Shuningdek, sirka aldegidini kobalt va mis atsetatlari ishtirokida katalitik oksidlash usuli ham qo‘llaniladi. Sirka angidridi atsetillash reagenti sifatida, hamda ayrim kondensatsiya reaksiyalarini o‘tkazishda muhit sifatida ishlatiladi. KARBON KISLOTALARINING AMIDLARI Karbon kislotalardagi gidroksil guruhni aminoguruhga almashinishi natijasida hosil bo‘lgan moddalarni karbon kislota amidlari deb ataladi. Umumiy formulasi. Karbon kislotalarning amidlarini nomlash uchun tegishli kislotani xarakterlovchi qo‘shimcha -amid qo'shimchasiga almashtiriladi, masalan, atsetamid. Olinish usullari. 1. Karbon kislotalarning amidlarini ketenlar, galogenangidridlar, kislota angidridlari va murakkab efirlarga ammiak ta’sir qildirib olish mumkin. keten atsetamid sirka kislota xlorangidridi sirka kislota amidi sirka angidridi atsetamid etilatsetat 2. Karbon kislotalarning ammoniyli tuzlarini qizdirish orqali 3. Shuningdek, nitrillarning H 2 SO 4 ishtirоkidagi to‘liq bo‘lmagan gidrоlizidan ham amidlar sintez qilinadi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling