— asosiy katalog. /bin – Bu katalogda operastion tizimning asosiy buyruqlari saqlanadi(ls, cp ). /boot


Ping bu — istalgan kompyuter tarmog'ida(Internet, LAN, WAN


Download 105.12 Kb.
bet18/30
Sana08.01.2022
Hajmi105.12 Kb.
#244342
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
1 dars

Ping bu — istalgan kompyuter tarmog'ida(Internet, LAN, WAN), kompyuterlar orasidagi bog'lanishni to'g'ri amalga oshirilganini tekshiruvchi buyruq hisoblanadi. Bu buyruq tekshirilishi lozim bo'lgan kompyuterga signal jo'natib, qayta qabul qilib oladi va qaytib olgan signal holatiga qarab, bu 2 kompyuter orasida bog'lanish mavjud yoki mavjud emasligini bildiradi. Misol ko'ramiz:

1

$ ping 192.168.3.1

Agar signalning borib kelish vaqti va jo'natilgan bayt(odatda 64 bayt) haqida ma'lumot ekranga chiqsa, shu ip ga mos keluvchi kompyuter bilan aloqa mavjud ekanligini anglatadi.

Agar "Destination host Unreachable" yoki "Network is unreachable" kabi ma'lumotlar ekranga chiqsa, bu kompyuter bilan aloqa mavjud emasligini anglatadi. Bu ma'lumotlar to'xtovsiz ekranga chiqib turadi, bu ma'lumotlar chiqishini to'xtatish uchun CTRL+Z tugmasini bosish kifoya qiladi.

Tarmoqdagi kompyuterlar bilan aloqani tekshirishdan oldin, o'zini o'ziga tekshirish lozim bo'ladi. Bu o'z kompyuterida tarmoq to'g'ri sozlanganini bilish uchun kerak. Buni tekshirishni 3 xil usuli mavjud. Bular:


1

2

3



$ ping 0

$ ping localhost

$ ping 127.0.0.1

Jo'natilayotgan paketlar umuman ushlanib qolishi kerak emas.

Odatda paketlar har 1 soniyada jo'natiladi(interval 1 soniya), lekin "i" parameter orqali bu soniyani o'zgartirishingiz mumkin bo'ladi. Misol uchun har 5 soniyada paketlar jo'natilsin.



1

$ ping –i 5 192.168.3.1

Intervalni 1 soniyadan kam qilib ham o'rnatish mumkin

1

# ping –i 0.1 192.168.3.1

Faqatgina superuser(root) intervalni 0.2 soniyadan kam qilib o'rnatish mumkin, boshqa foydalanuvchilar kichik intervalni o'rnatsa quyidagi xatolik chiqadi

1

$ ping -i 0.1 127.0.0.1

PING 0 (127.0.0.1) 56(84) bytes of data.
ping: cannot flood; minimal interval, allowed for user, is 200ms

ping buyrug'ini navbatdagi atributlari bilan tanishamiz. Agar sizga ma'lum miqdorda paket jo'natib, so'ng tekshiruvni tugatmoqchi bo'lsangiz, "c" atributidan foydalanasiz.(faqat 5 ta paket jo'natish lozim)



1

# ping –c 5 192.168.3.1

pimg buyrug'inii versiyasini bilish:

1

# ping –V

Keyingi atribut "a". Ping buyrug'ini berib qo'yib, tarmoqda xatolik mavjudligini bilsangiz va tarmoqni tuzatishni amalga oshirayotganizda, tarmoq tuzalib qolsa, sizga bu "a" atribut orqali signal(audio) beradi(bazi distributivlarda ishlamasligi mumkin).

1

# ping –a 192.168.3.1

Keyingi ping buyrug'ini atributi bu "q". Jo'natilgan paketlar haqidagi ma'lumotlarni chiqarmasdan, faqat statistikani chiqaradi.

1

# ping –c 5 –q 190.0.7.12

Jo'natilayotgan paketlarni hajmini o'zgartirish(odatda 64 bayt bo'ladi). "s" orqali.

1

# ping –s 100 localhost

Ma'lum bir vaqt ichida paketlarni jo'natib, qabul qilib olsih. Misol uchun, 5 soniyada hamma ishlar yakunlansin(paketlarni jo'natish va qabul qilish). "w" orqali.

1

# ping –w 5 192.168.3.1

Paketlarni to'xtamasdan jo'natib, qabul qilayotgan paytda(o'sha oralig'da) natijani birrov ko'rib olish mumkin. Uning uchun CTRL+| tugmalarini bosish kerak, lekin paketlar jo'natilishi to'xtamaydi.

1

$ ping -w 100 localhost

PING localhost (127.0.0.1) 56(84) bytes of data.
64 bytes from localhost (127.0.0.1): icmp_seq=10 ttl=64 time=0.021 ms
64 bytes from localhost (127.0.0.1): icmp_seq=11 ttl=64 time=0.022 ms
11/11 packets, 0% loss, min/avg/ewma/max = 0.020/0.022/0.022/0.024 ms 64 bytes from localhost (127.0.0.1): icmp_seq=12 ttl=64 time=0.021 ms
64 bytes from localhost (127.0.0.1): icmp_seq=13 ttl=64 time=0.022 ms
64 bytes from localhost (127.0.0.1): icmp_seq=14 ttl=64 time=0.021 ms
64 bytes from localhost (127.0.0.1): icmp_seq=15 ttl=64 time=0.021 ms

11 dars — Linuxda, disklarni boshqarish haqida(LVM)


Bu maqolamda, linux operatsion tizimida, qattiq disklar(vinchester) bilan ishlashni ko'rsataman. Ko'pchilik disklar bilan ishlashni bilmagani bois, ularga ahamiyat berishmaydi yoki bilishni hohlashmaydi. Disklarni to'g'ri taqsimlash, ish jarayonini tezlashishiga olib keladi. Bu degani, ish unumdorligi ortadi. Barcha ma'lumotlar qattiq disklarda(razdellarda) saqlangani uchun ularni boshqarish juda muhim.

Disklarni boshqarishga bitta misol ko'ramiz, sizning kompyuteringizda 40Gb lik disk mavjud va u hech qanday razdellar(qismlar)ga bo'linmagan. Barcha ma'lumotlar va operatsion tizim shu diskda joylashgan. Pulingiz ko'payib qoldi va yangi 500 Gb lik vinchester sotib oldingiz. Muammo, yangi vinchesterni eskisiga qo'shish kerak va umumiy holda 540 Gb yagona vinchesterga ega bo'lish lozim(razdellarsiz yagona vinchester kabi). Shu bilan birga ma'lumotlar va operatsion tizim saqlanib qolish lozim. Agar shundoq qo'shib qo'ysangiz, alohida disk bo'lib ko'rinadi, bizga esa yaxlit kerak.



Yuqoridagi misollarga o'xshagan misollarni ko'pini keltirish mumkin. Linux operatsion tizimida disk bilan bog'liq barcha muammolarni ushbu maqola va keyin yozadigan maqolalarni o'qib chiqkaningizdan so'ng hal qilishingiz mumkin bo'ladi. Demak, eng avval disklarni boshqarish uchun ishlatiladigan quyidagi terminlar bilan tanishib chiqing. Maqola davomida terminlarni ingliz tilidagi so'zlarini ishlatishni to'g'ri deb hisobladim.


Download 105.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling