Ko'p hollarda Windows va Linux operatsion tizimlari bilan bir vaqtda ishlashga to'g'ri kelib qoladi. Bu ikki operatsion tizim bir-biridan keskin farq qiladi, hattoki fayl tizimlari ham xar hil. Shunday bo'lsa ham, har birining o'z o'rni bor. Linux operatsion tizimi asosan biror server yaratishda foydalanilsa, windows esa doimiy ish jarayoni uchun qulaydir.
Ma'lumot almashishga kelsak, tarmoqdagi windows operatsion tizimidan turib Linux operatsion tizimi kataloglarini bevosita ko'rib bo'lmaydi. Uning uchun xar hil protokollardan yoki dasturlardan foydalanish lozim. Bularning ichida eng soddasi linux operatsion tizimida mavjud bo'lgan Samba serverdir.
Samba server orqali, windows operatsion tizimidan turib linux operatsion tizimi kataloglarini(oldindan ajratilgan) oddiy windows tizimidagi kabi ko'rish mumkin bo'ladi, hattoki linux tizimi kataloglarini tarmoq diski ko'rinishiga ham keltirib qo'yish mumkin. Maqolada linuxning Red Hat distributividan foydalanildi. Kodlar hammasi Red hatda tekshirilib chiqilgan. Boshqa distributivlar uchun kodlarning ko'rinishi sal boshqacharoq bo'lishi mumkin.
Dastlab linux operatsion tizimida samba serveri paketlari(samba, samba-common, samba-client) o'rnatiladi.
Undan so'ng samba foydalanuvchi yaratib olamiz, ya'ni windows operatsion tizimidan turib, samba foydalanuvchisi orqali linux tizimiga kiriladi. Foydalanuvchi yaratib, parol ham berib qo'yamiz:
1
2
3
4
5
|
# su
# smbpasswd -a samba_user
new samba password:
retype new smb password:
Added user
|
Foydalanuvchi va uning parolini yaratib oldik, endi samba serverni sozlaymiz. Uning bitta sozlovchi fayli mavjud: /etc/samba/smb.conf
Shu faylni biror redaktorda ochamiz va quyidagilarni Share Definitions bo'limiga kiritamiz.
[TMP]
comment = TMP
path = /tmp
writeable = yes
guest ok = yes
Tahlil qilamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |