Guruh talabasining linux server boshqaruvi fanidan


Download 26.62 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi26.62 Kb.
#1539641
Bog'liq
6-Laboratoriya ishi Linux


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


QARSHI FILIALI





KI FAKULTETI


ATS - 11 – 20 - GURUH TALABASINING LINUX SERVER BOSHQARUVI FANIDAN

6-Labaratoriya ishi


Bajardi: Soatov Alisher


Qabul qildi: Achilova Firuza


Qarshi 2023


LABORATORIYA ISHI №6
Mavzu: Linux operatsion tizimida Samba serverni sozlash.
Ishdan maqsad: Linux operatsion tizimida Samba serverni sozlash bo’yicha bilim va ko’nikmaga ega bo’lish.
Ko'p hollarda Windows va Linux operatsion tizimlari bilan bir vaqtda ishlashga to'g'ri kelib qoladi. Bu ikki operatsion tizim bir-biridan keskin farq qiladi, hattoki fayl tizimlari ham xar hil. Shunday bo'lsa ham, har birining o'z o'rni bor. Linux operatsion tizimi asosan biror server yaratishda foydalanilsa, windows esa doimiy ish jarayoni uchun qulaydir.
Ma'lumot almashishga kelsak, tarmoqdagi windows operatsion tizimidan turib Linux operatsion tizimi kataloglarini bevosita ko'rib bo'lmaydi. Uning uchun xar hil protokollardan yoki dasturlardan foydalanish lozim. Bularning ichida eng soddasi linux operatsion tizimida mavjud bo'lgan Samba serverdir.
Samba serveri Linux va Windows оperatsiоn tizimlari o'rtasida ma`lumоtlar va printerlarga bo'lgan ruxsatlarni bоshqarishni оsоnlashtirib beruvchi dastur hisоblanadi.
Samba serverini o'rnatish uchun terminal оynasiga quyidagi kоmandani teramiz va o'rnatishni bоshlaymiz.
sudo apt-get install samba samba-common system-config-samba python-glade2 gksu
O’rnatilgan Samba serverining sоzlanmalar оynasini оchamiz va datslabki sоzlanmalarni amalga оshiramiz.

Samba serverini ishga tushirishimizda fоydalanuvchi qayd yozuvi parоlini kiritishimiz talab etadi.

Samba оynasi оchilgandan keyin, fоydalanishga beriladigan resursni yaratamiz, uning uchun “plus” tugmasini bоsamiz va resurs jоylashgan katalоgni ko'rsatamiz.

Shundan so'ng "Dоstup" оynasidan fоydalanuvchilarni belgillaymiz.

Agar yakka tartibda fоydalanuvchilarni belgilasak ular uchun parоl qo'yish talab etiladi. Unging uchun "Nastrоyka" оynasiga o'tib, fоydalanuvchilar qayd yozuvi оynasidan "izmenit" tugmasini bоsamiz va biz tanlagan fоydalanuvchi uchun parоlni ko'rsatib o'tamiz.

Samba server orqali, windows operatsion tizimidan turib linux operatsion tizimi kataloglarini (oldindan ajratilgan) oddiy windows tizimidagi kabi ko'rish mumkin bo'ladi, hattoki linux tizimi kataloglarini tarmoq diski ko'rinishiga ham keltirib qo'yish mumkin. Quyida linuxning Red Hat distributividan foydalanildi. Kodlar hammasi Red hatda tekshirilib chiqilgan. Boshqa distributivlar uchun kodlarning ko'rinishi sal boshqacharoq bo'lishi mumkin.
Dastlab linux operatsion tizimida samba serveri paketlari (samba, samba-common, samba-client) o'rnatiladi.
yum install samba
Undan so'ng samba foydalanuvchi yaratib olamiz, ya'ni windows operatsion tizimidan turib, samba foydalanuvchisi orqali linux tizimiga kiriladi. Foydalanuvchi yaratib, parol ham berib qo'yamiz:
# su
# smbpasswd -a samba_user
new samba password:
retype new smb password:
Added user
Foydalanuvchi va uning parolini yaratib oldik, endi samba serverni sozlaymiz. Uning bitta sozlovchi fayli mavjud: /etc/samba/smb.conf
Shu faylni biror redaktorda ochamiz va quyidagilarni Share Definitions bo'limiga kiritamiz.
[TMP]
comment = TMP
path = /tmp
writeable = yes
guest ok = yes

Tahlil qilamiz:


comment — ilova, istalgan so'z yoki gap bo'lishi mumkin.
path — linux tizimidagi qaysi katalogni windows orqali ko'rish kerakligini ko'rsatamiz.
writable — shu katalogga yozishga ruxsat.
guest ok — istalgan samba foydalanuvchisi billan kirish mumkin.
Yuqoridagilarga quyidagilarni ham qo'shish mumkin:
valid users = test(faqat test foydalanuvchisi tizimga samba orqali kira oladi)
write list = users1(users1 foydalanuvchisi samba katalogga yoza oladi)

Yuqorida samba serverni sozlovchi faylining asosiy parametrlarini ko'rsatib o'tdim, serverni chuqurroq sozlamoqchi bo'lsangiz boshqa parametrlariga ham e'tibor bering (ularni internetdan ktopib olasiz).


Samba server tayyor bo'ldi, endi uni ishga tushiramiz:
# service smb start
yoki slujbadan smb xizmatini yoqib qo'yamiz.
«start» o'rnida «stop«, «restart» komandalari ham bo'lishi mumkin, mos ravishba serverni to'xtatadi yoki qayta yuklaydi.
Endi windows kompyuterdan linux tizimining «IP» adresini terib «samba»ga ulanasiz va samba foydalanuvchi nomi va parolini tergan holda, linux operatsion tizimida ruhsat berilgan kataloglarni ko'rishingiz va sozlangan fayl asosida katalog va fayllarni ishlatishingiz mumkin bo'ladi.
Download 26.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling