Linuxning asosiy buyruqlari Linux оt tomonidan beriladigan imkoniyatlar Linux komandalari


Download 24.67 Kb.
bet1/4
Sana24.08.2023
Hajmi24.67 Kb.
#1669938
  1   2   3   4
Bog'liq
Linux komandalari


Linux komandalari
Reja:

  1. Linuxning asosiy buyruqlari

  2. Linux ОT tomonidan beriladigan imkoniyatlar

  3. Linux komandalari



Linuxning asosiy buyruqlari

Linux tizimining juda chiroyli grafik ko'rinishlari chiqib ketgan va grafika


orqali barcha ishlarni amalga oshirish mumkin bo'lmoqda, bu albatta yaxshi,
lekin grafik ko'rinishlar bir hil emas. Barcha distibutivlarda grafik interfeys xar
hil qilib yaratilgan, bu esa biror distributivda ishlagan foydalanuvchi boshqa
distributivga o'tganda yuklatilgan vazifani bajarishga qiynalmoqda.
Linux operatsion tizimi, bir necha distributivlarga ega bo'lib, ularning tashqi
ko'rinishlari bir-biridan farq qiladi, lekin asosi yagona hisoblanadi. Asos yagona
bo'lgani uchun bu tizimda ishlovchi buyruqlar bir hildir. Bu degani, agar siz
linux buyruqlarini yaxshi bilib olsangiz, istalgan distributivda bemalol ishlay
olasiz. To'g'ri, ba'zi buyruqlar distributivga qarab o'zgarishi mumkin, lekin bular
juda kam.
Bu tizimda, buyruqlarni yozishda katta kichik harflarga e'tiborliroq bo'ling,
linuxda katta-kichik harflar farqlidir. Bu maqolamda operatsion tizim
ma'lumotlarini ekranga chiqaruvchi buyruqlar bilan tanishtirib o'taman. Bu
buyruqlar haqida to'liq ma'lumotlarni linux ning "man" buyrug'i orqali
olishingiz mumkin bo'ladi. Misol uchun:
man f disk
Demak, tizim haqida ma'lumot beruvchi asosiy buyruqlar bilan tanishamiz:

grep MemTotal /proc/meminfo — Doimiy xotira haqida ma'lumot olish(RAM).

grep SwapTotal /proc/meminfo — Swap haqida ma'lumot olish.

free — Swap va RAM xotira haqida umumiy ma'lumot olish.

df — Qattiq disk(vinchester) hajmi haqida ma'lumot olish.

date — Hozirgi vaqt va kunni chiqarish.


Download 24.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling