Fizik tomni hosil qilish(physical volume(PV))
Dastlab, kompyuterga ulangan barcha disklarni ko'rib olamiz:
So'ng, bu disklardan razdellar hosil qilamiz:
n, p,1,enter, enter, w(so'rovlarga shu simvollar orqali javob beramiz)
n, p,1,enter, enter, w(so'rovlarga shu simvollar orqali javob beramiz)
Logical Volume (LVM) razdellar bilan ishlay olishi uchun, Physical Volume(PV)yaratamiz.
1
2
|
#pvcreate /dev/sdb1
#pvcreate /dev/sdc1
|
LVM ishlata oladigan barcha PV larni ko'rish uchun, quyidagi komandani teramiz.
Volume Group(VG) hosil qilish.
Endi VG hosil qilamiz va unga nom berib, dastlabki PV ni qo'shamiz.
1
|
#vgcreate Voll /dev/sdb1
|
Hosil bo'lgan Voll nomli guruhga, ikkinchi PV(/dev/sdc1) ni qo'shamiz.
1
|
#vgextend Voll /dev/sds1
|
Barcha VG lar ro'yxatini va ular haqidagi to'liq ma'lumotlarni quyidagi komanda orqali ko'rishingiz mumkin bo'ladi.
Logical Volume(LV) ni hosil qilish.
Endi hosil bo'lgan VG ni qismlar(tomlar)ga bo'lamiz. Quyida 10GB lik, nomi test1 deb nomlangan LV yaratamiz.
1
|
# lvcreate -L 10G Voll -n test1
|
Hosil bo'lgan LV ni /dev/mapper/voll-test1 adres orqali ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Endi 5Gb lik swap razdel yaratamiz va uni swapping deb nomlaymiz. Uni qo'shimcha parametr orqali hosil qilamiz:
1
|
# lvcreate -C y -L 5G Voll –n swapping
|
Endi VG da qolgan barcha xajmni o'zida qamragan, test2 nomli yana bir razdel yaratamiz.
1
|
# lvcreate -l +100%FREE Voll -n test2
|
LV lar haqidagi barcha ma'lumotlarni quyidagi kommanda orqali ko'rishimiz mumkin.
LV ichida fayl tizimi yaratish va uni montirovka qilish.
Barcha LV lar yaratilgandan so'ng, ularni ishlatish kerak. Axir shuncha ishni bekorga qilganimiz yo'qku. Stooop. Ishlatishdan oldin ishchi holatga tayyor qilish lozim. Dastlab bu tomlarda fayl tizimini yaratamiz.
1
2
|
# mkfs.ext3 /dev/mapper/Voll-test1
# mkfs.ext3 /dev/mapper/Voll-test2
|
So'ng bu tomlarni qayergadir montirovka(ulashimiz kerak) qilish lozim. Keling ularni asosiy papkalar qatoriga montirovka qilamiz. Uning uchun asosiy kataloglar qatoriga test1 va test2 degan kataloglar ochib olamiz.
1
2
|
#mkdir /test1
#mkdir /test2
|
Va montirovka qilamiz:
1
2
|
# mount /dev/mapper/Voll-test1 /test1
# mount /dev/mapper/Voll-test2 /test2
|
Operatsion tizim bu montirovkani esida saqlab qolish uchun, /etc/fstab fayl ichiga quyidagilarni kodlarni qo'shib qo'yishimiz lozim bo'ladi.
/dev/mapper/Voll-test1 /test1 ext3 defaults 0 0
/dev/mapper/Voll-test2 /test2 ext3 defaults 0 0
Do'stlaringiz bilan baham: |