# Berilgan so’zlardan qaysi biri iste’dodli so’zining ma’nodoshi bo’lishi mumkin?-Qobiliyatli


Download 26.26 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi26.26 Kb.
#251800
Bog'liq
Hujjat (2)2


TEST SAVOLLARI

# Berilgan so’zlardan qaysi biri iste’dodli so’zining ma’nodoshi bo’lishi mumkin?-Qobiliyatli

# Ma’nodosh juft so’zlar qaysi qatorda berilgan? - Baxt-saodat.

# Yozilishi har xil, ma’nosi bir xil so’zlarga qanday so’zlar deyiladi?-Sinonimlar.

# Sinonimik qatorni hosil qiluvchi qo’shimchalarni toping?- ba,-ser

# Kichik so’zining ma’nodoshi berilgan javobni toping.- Mayda

# Yozilishi bir-biriga yaqin ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar nima deyiladi?- Paronimlar

# Talaffuzi yaqin, ammo ma’nosi farqlanuvchi so’zlar qatorini toping?- Daha-daho

# Paronim so’zlarni toping?- Abadiy-adabiy

# Azm, azim so’zlari qanday qatorni tashkil etadi?- Paronim

# Qaysi qatorda paronim so’zlar berilgan?- Amr, amir.

# Qaysi qatorda paronim so’zlar berilgan?- Adl-adil

# Dadil-dalil so’zlari qaysi qatorni tashkil etadi?-Paronim.

# Qarz-qars so’zlari qaysi qatorni tashkil etadi?-Paronim.

# Sado-sada so’zlari shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qanday so’zlar?-Paronim.

# Yondash-yondosh so’zlari qanday shakl va ma’no munosabatiga ega?-Paronim

# Shox-shoh so’zlari qanday shakl va ma’no munosabatiga ega?-Paronim

# G’anim so’zining zid ma’noli juftini toping?-Do’st

# Qaysi qo’shimchalar li qo’shimchasining antonimi hisoblanadi?--siz

# So’zlarni qarama –qarshi ma’nolarda qo’llash she’riyatda qanday san’at deyiladi?-Tazod

# Qarama-qarshi ma’noga ega so’zlar qatorini belgilang?-Asal-zahar, do’st-dushman.

# O’zaro zid ma’noli sifatlar berilgan qatorni toping?-Achchiq, shirin

# Quyidagi zid ma’noli birikmalaridan qaysilari faqat yasama so’zlardan iborat?-Besabr-matonatli

# Zid ma’noli so’zlar qo’llangan gap qatorini toping?

-Do’stlarning hasadi,dushmanlarning xusumatidan yomondir

# Kemtik so’zining antonimini qo’llangan so’zni toping?-Butun

# Qattiq so’zining antonimini qo’llangan so’zni toping?-Yumshoq

# Issiq so’zining antonimi qo’llangan so’zni toping?-sovuq

# Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra, Yer yuzida nechta til mavjud?-7000 ga yaqin

# Nutq nima?

-so’zlash va yozish orqali ma’lum fikr bayon qilish nutq hisoblanadi

# Til va nutqning o’zaro farqlari ko’rsatilgan javobni toping?

-barchasi to’g’ri

-tilni xalq yaratadi, nutq esa ma’lum shaxsga tegishli bo’ladi

- til-aloqa vositasi, nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi

- tilning umri uni yaratgan xalq umridek uzun, nutqning umri qisqa bo’ladi

# Agglutinativ tillarning belgisi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?

-har qanday Grammatik ma’no alohida qo’shimcha yordamida ifodalanadi

# Hozirgi kunda til oilalari soni?-20 dan ortiq

# Quyidagi tillardan qaysi biri oltoy tillar oilasiga mansub?-turkiy tillar tarmog’i

Yapon tillarvtarmoģi,eron tillar tarmoģi

# O’zaro qarindosh bo’lmagan tillar nomi ko’rsatilgan javobni belgilang?

-arab, kabardin, mariy, dungan

# Qanday til o’lik (jonsiz) til hisoblanadi?- jamiyatdan uzilgan,

# Quyida berilgan tillardan qaysi biri o’lik (jonsiz) til? -lotin tili

# Quyidagi atamalardan qaysi biri noo’rin qo’llangan?-turkiy tillar tarmoģi

# So'z va uning xususiyatlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo’limi nima deb ataladi?-leksikologiya

# Qanday so'zlar atash ma'nosiga ega bo'ladi?-Faqat mustaqil so'zlar

# Atash ma'nosiga ishora qiluvchi so'z turkumini belgilang- olmosh

# Qaysi birikmalarda so’z ko’chma ma’noda qo’llanmagan?

1. chuqur hovuz 4. og'rigan bosh-1, 4

# Boyo'g'li va boyqush so'zlari bir-biriga nisbatan qanday so'z?-dublet so'z

# So'zning o'z ma'nosi deganda nimani tushunasiz ?

-so'zlarning nutq jarayoniga bog'liq bo'lmagan atash ma'nosi

# Qaysi so'zlar ko'chma ma'noda qo'llanishi mumkin?-gul, shirin, issiq

# Yopiq bo’g’inlari faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so’zni toping?- Narvon

# So'zning nutqda boshqa so'zlarga bog'lanib hosil qiladigan yondosh ma'nosi....-ko'chma ma'no

#Aytilishi va yozilishi bir xil bo'lib, turli atash ma'nolarini bildirgan so'zlar..

-shakldosh so'zlar

# Ajoyib husndor, go'zal fasl bu!

Sadoqatli, qadrdon, oshno-yu,

do'st-u yorim bor.

(Habibiy)

Ushbu she 'rdagi sinonim qatorlarni to`liq belgilang

-ajoyib, husndor, go'zal; sadoqatli, qadrdon, oshna, do'st, yor

-husndor, go'zal; oshna, do'st

-husndor, go'zal; qadrdon, oshna, do'st, yor

-husndor, go'zal; oshno. do'st, yor

# Hosil bo’lish usuliga ko’ra q hamda g’ undosh tovushlariga to’g’ri tavsif berilgan qatorni toping?

Q-portlovchi G’-sirģaluvchi

Q-Ğ-til undoshi,chuqur til orqa

# Qorishiq undosh tovushlar berilgan javobni toping?

- ch, j(jurnal)

# X undoshiga to’g’ri tavsif berilgan javobni toping?

-chuqur til orqa, sirg’aluvchi jarangsiz undosh tovush

# Tovush paychalari ishtirokiga ko’ra sh hamda j(jurnal) undosh tovushlariga to’g’ri tavsif berilgan qatorni toping?

-sh-til undoshi,til oldi,j-til undoshi,til oldi(sh jarangsiz, j qorishiq)

# Javoblarning qaysi birida unli tovush ko’rsatilgan?

-a,u,o’,i,o,e

# Tanbur-tambur, manba-mamba, o’n besh-o’m besh, sunbul-sumbul kabi so’zlarning talaffuzi va imlosiga tegishli bo’lgan qanday fonetik hodisa yuz bergan?-tovush moslashishi

# Qaysi tovush tilning tanglayga tegish paytida havoning ikki yondagi tirqishidan sirg’alib chiqishidan hosil bo’ladi?

- L


# Tilning eng orqa qismida hosil bo’ladigan undosh tovushlar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?-q, g’, x

# O’zbek adabiy tilida nechta undosh tovush va ular yozuvda nechta harf bilan ifodalanadi?-24 ta tovush va 23 ta harf

# h tovushining paydo bo’lish o’rni ko’rsatilgan qatorni aniqlang?- bo’g’izda

# Urg’u orqali so’z manolarini farqlash mumkin bo’lgan qatorni toping?-yangi, yigitcha, qishloqcha

# Negadir undagi quvnoq davraga bo’lgan e’tibor susaydi.

Ushbu gapdagi yasama so’zlar tarkibida qanday fonetik o’zgarishlar vujudga kelgan?

- tovush( tushishi, va ortishi) almashishidan

# Yopiq bo’g’inlari faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so’zni toping?- Narvon

# Shevalar adabiy tildan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

-fonetik, leksik va grammatik

# Adabiy tilning qanday shakli bor?

-og‘zaki adabiy til va yozma adabiy til so‘zlashuv, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar

Qaysi qatorda adabiy tilning yozma shakliga xos xususiyat noto‘g‘ri ifodalangan?

-Yozma nutq kishilar orasidagi bevosita aloqa vositasi hisoblanadi

# So‘zlarning kelib chiqish, paydo bo‘lish yo`llarini o‘rganuvchi sohaning nomi qaysi qatorda?

-etimologiya

# Xalq shevalarining qanday shakli bor?

-umumxalq tili va adabiy til shakli

# Ijtimoiy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar hammadan avval va ko‘proq tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘z ifodasini topadi hamda unda ayrim o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi?

-Leksikologiyada (lug‘at tarkibida)

# Quyida berilgan tillardan qay biri o‘lik tillarga kiradi?-lotin tili

# Quyidagi maqolni davom ettiring:

Tilingda bo‘lsa boling, ...

-kulib turar iqboling

# Quyidagi tillardan qaysi biri oltoy tillar oilasiga mansub emas?

-turkiy tillar tarmog‘i

-yapon tillari tarmog‘i

-barchasi oltoy tillari oilasiga mansub.

-eron tillari tarmog‘i

# Qanday til o‘lik til hisoblanadi?

-jamiyatdan uzilgan til, insonlarning aloqasiga xizmat qilmaydigan til

# Quyidagi topishmoqning javobini toping.

Og‘izdan chiqquncha meniki, og‘izdan chiqqani elniki?-so‘z

# Nima sababdan til ijtimoiy hodisa sanaladi?

-chunki til jamiyatga xizmat qiladi

# O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarashning taqiqlanganligi “Davlat tili haqida”gi qonunning qaysi moddasida yozilgan?

-24-moddasida

# Quyidagi maqolni davom ettiring:

Ovqatni tuzi mazali qiladi, odamni - ... -so‘zi

# Og‘zaki nutqdan qayerlarda foydalaniladi?

-barchasi to‘g‘ri.

-o‘zaro suhbatlarda va ma’ruzalarda

-radio va telefonda

-uy-oila muomalasida

# Har qanday nutqning bosh fazilati to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

-fikrning aniq va tushunarli bo‘lishi

# Tilshunoslik fani qaysi fanlar guruhiga kiradi?

-ijtimoiy-gumanitar fanlar

# Tilshunoslik fanining turlari noto‘g‘ri berilgan javobni toping.

-barcha javoblar to‘g‘ri

-umumiy va xususiy tilshunoslik

-nazariy va amaliy tilshunoslik

-qiyosiy va tavsifiy tilshunoslik

# Qaysi javobda shеvaga xos so`zlar bеrilgan?

-kеlopti, borvotti, aytovuz

# Fikr qanday vosita orqali ifodalanadi?-- gap

# Adabiy tilning belgilari noto‘g‘ri berilgan javobni toping.

-milliy tilning malum qoidalarga bòysindirilgan shakli

# Yer yuzidagi tillarning o‘zaro farqlanishi qaysi javobda noto‘g‘ri berilgan?

-qaysi yozuvga amal qilishiga ko‘ra

# Tillarni qiyoslab tekshirishda ularning qaysi xususiyatlari bir-biriga qiyoslanadi?

-Sanalganlarning barchasi

-fonetik xususiyatlari

-leksik xususiyatlari

-morfologik xususiyatlari

# Tillarni geneologik tasniflashda nimalarga asoslaniladi?

-bir umumiy manbadan kelib chiqqanligi

# Qarindosh tillarning bеlgilari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

-grammatik bеlgilari bir xil bo‘lgan tillar bir-biriga yaqin bo‘lgan tillar

# Til oilalariga xos xususiyatlar noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni bеlgilang.

-lug‘aviy jihatdan yaqin bo‘lgan tillar

# Quyidagi atamalardan qaysi biri noo‘rin qo‘llangan?

-turkiy tillar turkumi

# Bosh so‘z sifatdosh bilan ifodalangan so‘z birikmasini toping.

-o‘qigan bola

# Turkiy tilni tadqiq qilgan birinchi alloma nomi qaysi javobda berilgan?

- Koshg‘ariy

# Nutq a‘zolari vositasida hosil qilinadigan, ma‘no ifodalaydigan so‘zlarni shakllantirishda xizmat qiladigan tovushlarga nima deyiladi?

- Nutq organlari

# Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a‘zolarining jamiga?

- Nutq artikulyatsiyasi deyiladi

# Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan faol organni ko‘rsating.

- Bo‘g‘iz

# Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra q hamda g‘ undosh fonemalariga to‘g‘ri tavsif berilgan qatorni toping.

- q portlovchi undosh; g‘ - sirg‘aluvchi undosh.

# X undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping.

-chuqur til opqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema

# Tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra sh hamda j undosh fonemalariga to‘g‘ri tavsif berilgan qatorni toping.

- j- jarangli undoshning jarangsiz jufti sh undoshi- sh - til undoshi, til orqa;

# Tambur - tanbur, manba - mamba, o‘n besh - o‘mbesh, sunbul - sumbul kabi leksemalarning talaffuzi va imlosiga tegishli bo‘lgan qanday fonetik hodisa yuz bergan?- tovush moslashishi.

# Qaysi leksema talaffuz qilinganda, undagi ikki o‘xshash fonemadan biri noo‘xshash fonemaga almashishi mumkin? - tuzsiz

# Proteza nima?

-Undosh fonemalardan oldin bir unli orttirilishi

# So‘z tarkibida qator kelgan unli fonemalarning tushirilishi hodisasiga nima deyiladi?

-Sinerezis

#. Prokopaga misol keltiring.

-Yog‘och-og‘och

# Pasay, susay leksemalariga o‘zak va qo‘shimchalarning qo‘shilishidan qanday fonetik o‘zgarish vujudga keldi?

-undosh fonemalar tushishi.

#. Urg‘uni ko‘chirish natijasida yangi ma’no anglatuvchi leksemalar qatorini aniqlang.- ishlar, hozir, qo‘llar –

# So‘z tarkibidagi unli tovushlarning o‘zaro bir-biriga artikulyatsion-akustik jihatdan moslashishi, uyg‘unlashishiga nima deyiladi?

- Singarmonizm

# Tovushlarning vaziyatiga ko‘ra o‘zgarishi nechaga bo‘linadi?

- 6


-10

- 12


- 8

# So‘z tarkibidagi ayrim tovushlarning tushish hodisasi qanday ataladi?

- Eliziya

# Transkripsiyaning maqsadi?

- Nutq tovushlarini aniq ifodalash

# Transliteratsiya so‘zining ma‘nosi?

-qayta ko‘chirish

# Til undoshlari necha xil bo‘ladi?- 4

# Qaysi savol noto‘g‘ri tuzilgan?

- Qaysi unli fonemalarni talaffuz qilganda havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida ayrim to‘siqlarga uchraydi?

# Qaysi qatorda leksemalar urg‘usi noto‘g‘ri qo‘yilgan?

- kelma’di, qorda’y, mardlarcha’

# Qaysi leksemalar faqat jarangli undoshlardan iborat? 2) maydon; 3) jadval; 6) vijdon; 8) doimiy;

-2, 3, 6, 8

# Urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajargan leksemalarni belgilang.

1) tortma; 2) akademik; 3) o‘quvchimiz;4)tok 5)etik 6) ko‘zlar; 7) changi; 8) tort.

- Barcha leksemalarda urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajargan.

- 1, 2, 3, 5, 6, 7

# Qaysi qatordagi leksemalarda sirg‘aluvchi j fonemasi berilgan?

- G‘ijduvon, gijda, mujda

# Hozirgi o‘zbek adabiy tilida jarangsiz juftiga ega jarangli undoshlar soni nechta?-8

# Buyrug‘ingiz so‘zida fonetik o‘zgarishlarining qaysi turi mavjud?

- tovush tushishi va almashishi.

# Qaysi qatordagi leksemalarda faqat jarangsiz undoshlar bor?

- soat, qo‘shiq, ko‘cha.

# Yopiq bo‘g‘inlaridan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan leksemani belgilang.

-g‘alla

# Unli va jarangli undoshlardan hosil bo‘lgan leksemalar qatorini toping.

- maydon, dor, gul

# O‘zbek tilidagi qaysi fonema arab, fors tili ta’sirida paydo bo‘lgan- f.

# O‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda, o‘zakning tarkibida vujudga keladigan fonetik o‘zgarishlarining asosiy turlarini belgilang.

- tovush almashishi, tovush tushishi.

# Qaysi qatordagi leksemalarning ma’nosi urg‘u yordamida farqlanadi?

- bog‘lar, ishlar, etik

#. Qaysi qatorda nutq tovushlariga noto‘g‘ri izoh berilgan?

- unli fonemalarni talaffuz qilganda, havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida qisman to‘siqqa uchrab o‘tadi.

#. Biror tovushni hosil qilish, talaffuz qilish uchun nutq a‘zolarining muvofiqlashuviga nima deyiladi?

-Nutq artikulyatsiyasi

#. Unli fonemalar nechta xususiyatiga ko‘ra tasnif qilinadi?-3

# Qaysi qatordagi leksemalarda urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi?

-radio, kofe, traktor

# Jarangli b undoshi qaysi qatordagi leksemalar tarkibida jarangsiz p tarzida talaffuz qilinadi?

- girdob, azob, javob.

#. Urg‘u leksemaning ikkinchi bo‘g‘iniga tushgan qatorni belgilang.

- afsuski, fonetika, albatta

#. Til oldi unlilarni ko‘rsating.- i,e,a

# Hududiy jihatdan o‘zbek dialektlari necha guruhga bo‘linadi?-3 ga

# Etnik xususiyatiga ko‘ra o‘zbek dialektlari necha guruhga bo‘linadi?

-3 ga

# Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar tarixi qaysi davrlarni o‘z ichiga oladi?

- V asrdan XV asrgacha

# «Fonetika» so‘zining ma‘nosi?

-Ovoz

#. Tovush eshitilish xususiyatlari bilan shug‘ullanadigan bo‘lim?



-Akustika

#. Semasiologiyaning o‘rganish obyekti nima?

-So‘zning ma‘no xussusiyatlari

# So‘zning obyektiv borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi dastlabki ma‘nosiga nima deyiladi?

- Leksik ma‘no

# Bir predmetdagi tashqi belgining boshqa bir predmetdagi xuddi shunday belgiga o‘xshashligiga ko‘ra so‘z ma‘nosining ko‘chimi qanday nomlanadi?

-Metafora

# Tabu so‘zi qanday tildan olingan va qanday ma‘no anglatadi?

- Polinezcha, «tamoman cheklangan»

# Evfemizm so‘zining ma‘nosi?

-Yumshoq gapiraman

#. Lingvistik lug‘atlar adabiy til leksikasining ma‘lum qatlami bilan chegaralanish - chegaralanmasligiga ko‘ra nechaga bo‘linadi?-2

# Dalildadil leksemalari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday leksemalar hisoblanadi?

-paronimlar.

# Sinekdoxa yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan leksemani aniqlang.

- Tuyog‘imiz ko‘paysa ko‘paydiki, kamaygani yo‘q.

# Bitta shu tuyoq bilan oltita bolani boqdim. Ushbu gapdaga ma’no ko‘chish yo‘lini toping.

-sinekdoxa yo‘li bilan ma’no ko‘chgan

ko‘chgan.

# Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila. Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. Navoiyning ushbu misralarida qo‘llangan ranj va ganj leksemalarining sinonimlari qaysi javobda berilgan?

- mashaqqat va boylik

#. Tilda bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanuvchi bir nechta leksema qanday nomlanadi?

--omofonlar

#. Qaysi leksemalar leksik (lug‘aviy) ma’noga ega?

- mustaqil, undov va taqlidlar.

# Gaplarda ajratilgan so‘zlarning qaysi biri metaforik ma’noga ega?

-Qalin do‘stim paxta terishar edi.

# O‘roq (ot) – qo‘rqoq (sifat), tepki (ot) – kechki (sifat) leksemalaridagi qo‘shimchalarni shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar deb ataymiz?

- omonim qo‘shimchalar.

# O‘zaro antonim qo‘shimchalar qaysi qatorda berilgan?

-li, siz, be, ba

# Ushbu leksemalarning qaysi birida ma ko‘shimchasi omonimik holatda qo‘llanishi mumkin?

2) moslama; 4) burama

-2, 4.


# So‘z ma’nosi ko‘chishining qaysi turida ko‘chma ma’nodagi so‘z ko‘pincha qo‘shtirnoqqa olinadi?

- kinoyada

# O‘zaro sinonim bo‘lmagan leksemalardan hosil bo‘lgan juft leksemani toping.-ur–yiqit.

#. Qaro ko‘zim, kelu mardumlig‘ emdi fan qilg‘il.

Ko‘zim qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.

Navoiyning ushbu mashhur baytida qo‘llangan fan leksemasining sinonimi berilgan qatorni belgalang.

- bog‘, chaman

#. Bir leksemaning matn mazmunidan kelib chiqib, bir necha ma’no ifodalashi qanday nomlanadi?

- ko‘p ma’nolilik

#. Quyidagi gaplarning qay birida tomoq leksemasi ko‘chma ma’noda qo‘llangan?-Xo‘ra oshdan o‘lar, to‘ra – tomoqdan.

#. Quyidagi sinonimik qatordagi leksemalardan qaysi biri ko‘chma ma’noda?-shayton.

# Quyidagi gapda nozik leksemasining qaysi ma’nosi ifodalangan? Bu juda nozik ish, ehtiyotkorlik lozim- qaltis

# Bir so‘z turkumi doirasida o‘zaro omonim bo‘lgan leksemalarga grammatik shakllar qo‘shilganda ham omonimlik munosabatini saqlab qoladimi?

-saqlab qoladi

#. Ikki yoki undan ortiq leksemaning shakliy munosabati va talaffuziga ko‘ra o‘zaro birlik hosil qilishi qaysi hodisalar uchun xos?

-omonimlar uchun xos

#. Qaysi qatorda faqat sinonim leksemalar berilgan?

- sabab, vaj, bahona, bois

# Omonim leksemalar qatorini aniqlang.

- yara, son, kul, soz, shim

#. Ona tiliga o‘zlashmagan, o‘zga til hodisasi sifatida qo‘llanuvchi so‘z va iboralar nima deb ataladi?

- Varvarizm

#. Turg‘un birikmaga misol keltiring.

-Bir yoqadan bosh chiqarmoq

#. Ibora tarkibidagi komponentlardan biri yoki barchasi ko‘chma ma‘noda bo‘lib, iboraning ma‘nosi ularning sintezidan tarkib topgan, bir tushunchani bildiruvchi lug‘aviy birliklar qanday nomlanadi?

- Fraziologizmlar

#. Parafrazaga misol keltiring.

-Zangori kema kapitani

#Tarkibidagi so‘zlarning ma‘nolariga bog‘liq, shularga asoslangan umumlashtiruvchi ko‘chma ma‘noli turg‘un iboralar qanday nomlanadi?

- Frazeologik chatishma

# Ma‘lum soha guruhlari tomonidan qo‘llanib, boshqalar uchun sir tutiladigan so‘zlarga nima deyiladi?

- argo


#. So‘zning ko‘chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi?

- so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi

#. Metonimiya asosida ma’no ko‘chgan leksema bor gapni toping.

-Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi.

#. Bularning barchasi, albatta, pul bilan bo‘ladi. Bunday vaqtlarda yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi... Parcha A.Qahhorning qaysi hikoyasidan olingan? Gaplar tarkibida leksemalarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday turi ishtirok etgan?

-Bemor»; antonimlar

#. Qaysi qatorda paronimlar berilgan?

-qism–qisim

#. Quyidagi ko‘p ma’noli leksemalardan qaysi biri tez leksemasi bilan antonim bo‘la oladi?

-asta


# Juft holda qo‘llanib, yangi ma’no ifodalagan antonimlarni toping.

- tunu–kun, og‘a–ini, achchiq–chuchuk

#. Ul eshikning qulidir boyu yo‘qsil. G‘aniyrak kim esa muhtojrakdur. Misralar muallifi kim? Sinonim leksemalarni toping.

- Yassaviy; qul – muhtoj

#. Sinonimlar o‘zlarining qo‘llanilish xususiyatiga ko‘ra nechaga bo‘linadi?- 2

# O‘z guruhidagi sinonimlar bilan ayrim hollardagina ma‘nodosh bo‘lib, boshqa hollarda semantik jihatdan uzoq sinonimlar nima deyiladi?

- Uslubiy sinonimlar

#. Giponimiya nima?

- Tildagi jins va tur tushunchalar munosabatlarni ifodalovchi so‘zlar qatori

# Yozilishi bir xil bo‘lib, ma‘no va talaffuzi har xil bo‘lgan so‘zlar qanday nomlanadi?

- Omograf

# Tildagi chegaralangan so‘zlar qatlami necha guruhga bo‘linadi?- 2

# So‘z ma‘nosi anglatgan narsa, voqea, hodisalar eskirmay, uning ma‘nosida yangilanish yuz berib, oldingi ma‘nosi iste‘moldan chiqsa, bunday so‘zlar qanday nomlanadi?- Arxaizm

# Hududiy nuqtai nazardan chegeralangan leksika birligi nima?

-Dialektizm

#. O‘zbek tili leksikasida ijtimoiy chegaralangan qatlam leksikasi nechaga bo‘linadi? -2

# O‘z emotsional-ekspressiv bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan, faqat bir tushunchaning jami sifatida qo‘llanadigan qatlamga qanday nomlanadi?-Termin

#. Eh umr yarmin yutib.

O‘tgan tunlardami ayb?

Endi bu ko‘rkni tutib.

Kunduzga bermasam xayf.

Yuqoridagi she’riy parcha Zulfiyaning qaysi she’ridan olingan? Antonimlik munosabati hosil qilgan leksemalarni toping.

- «Oydinda»; tunkunduz

#. Leksikologiyada qaysi leksemalarning lug‘aviy ma’nosi o‘rganiladi?

- tildagi barcha leksemalarning

#. Grammatik ma’noga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping.

- leksemaning u yoki bu xususiyatiga ko’ra ma’nosi

#. Odam – kishi– inson – bashar; ko‘krak – ko‘ks – bag‘ir – to‘sh – siyna sinonimik qatorlardagi poetik (badiiy) uslubga xos leksemalar berilgan qatorni toping.

- bashar, siyna

#. So’zning qanday shakli grammatik forma hisoblanadi?

- Ma'lum bir grammatik ma'no ifodalash uchun xizmat qiluvchi so’z formasi

# Grammatik formaning tiplari qaysi javobda to’liq ko’rsatilgan?

- sintetik, analitik, juft va takroriy formalar

# So’zlarning turkumlarga bo’linishi qaysi javobda izchil bayon etilgan?

- Mustaqil so’zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish;

#. Otga xos muhim belgilar qaysi qatorda batafsi ko’rsatilgan?

- predmetni ifodalash, son, egalik, kelishik qo’shimchalarini olish

# Otlar qanday semantik belgilariga ko’ra turlarga ajratiladi?

- turdosh predmetlardan birining nomini yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirish, kim? yoki nima? so’rog’iga javob bo’lish belgisiga ko’ra

#. Otning birlik va ko’plik formalari qanday yasaladi?

- Ko’plik forma –lar affiksi orqali yasaladi, birlik formaning maxsus affiksi yo’q

#. Egalik affikslarining ma'nosi qaysi javobda izchil yoritilgan?

- faqat qarashlilik

#. Otning sintetik funksional formalari qaysi javobda to’liq ifodalangan?

- kichraytirish, erkalash, hurmat, qarashlilik

#. Sifatning orttirma daraja formasi qanday usullapr bilan yasalishi qaysi javobda to’liq ko’rsatilgan?

- maxsus kuchaytiruvchi so’zlar, juft va takroriy so’zlar, so’z birikmalari va ideomatik iboralarni predmet bildiruvchi so’zlar oldidan keltirish orqali

# Grammatik ma'no qanday ifodalanadi?

- so’zning muayyan turkumga mansubligini ko’rsatuvchi umumiy kategorial va konkret grammatik formalar orqali

#. Qaysi qatorda o‘zak + derivatsion morfema + derivatsion morfema + derivatsion morfema shaklidagi so‘z berilgan?

- yamoqchiniki

- sanoqsiz

- pishiqchilik

- barcha so‘z o‘zak va ikki derivatsion morfemadan iborat

#. Tub leksema qatorini toping?

-quyosh,ona,maktab

#.Yarqirama sifati qaysi qatorda morfemaga to‘g‘ri ajratilgan?

- yarq- o‘zak morfema, -ira so‘z yasovchi morfema, -ma- shakl yasovchi morfema

#.Tinch (sifat), quvonch (ot), qadrdon (sifat) — kuldon (ot) leksemasidagi -ch va -don vazifasiga ko‘ra qanday morfema?-omonim

#.Yasama leksemani toping: - tortib qoldi, olib qo‘ydi

#taqlid + yasovchi] qolipidagi yasama leksemani belgilang: -pirpirak,bizbizak

#.Sizsíz – sízsiz so‘zlaridagi -siz morfemasiga qaysi qatorda to‘g‘ri tavsif berilgan?

- birinchi so‘zda — derivatsion, ikkinchisida — sintaktik shakl yasovchi.

#.-in ma’no va vazifasiga ko‘ra qanday morfema?

- shakl yasovchi, ot va sifat yasovchi

#Tub leksemani toping:

- aylana, tugal

- to‘kin (kuz), sog‘in (sigir)

- quruq, erkin

+ barcha javobda yasama.

#.Juft va qo‘shma leksemaning xususiyati haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?- juft leksemaning tarkibi bir so‘z turkumiga mansub bo‘lishi shart; qo‘shma leksema esa har xil so‘z turkumidan hosil bo‘lishi mumkin

#. Qaysi gapda no- old qo‘shimchasini derivatsion morfema sifatida ajratib bo‘lmaydi?

- O‘zini bilimdon deydigan nodondan qoch.

#.Derivatsion morfemani aniqlang:

- -dor, be-, -zor, -cha, -xo‘r

#.Shakl yasovchi morfemani toping.

-cha, -roq, -ib, -niki

#. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari:

- nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, shaxs-son

- nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, zamon

# Kesimlik qaysi turkumga xos? - fe’lga

#. Grammatik ma’no tarkibi

- kategorial, nokategorial, yondosh

# Shaxs-son: - fe’lgaga xos

#. Grammatik kategoriya:

- kamida bir shakldan iborat bo‘ladi

#. Fe’lning grammatik ma’no turi:

- harakat, holat

#. Qaysi biri to‘g`ri :

- tuslanish fe’lga xos

#. Kelishik umumiy grammatik ma’nosi:

- ot turkumiga oid so‘zni turlash

#. Kesimlik umumiy grammatik ma’nosi:

- fe’l turkumiga oid so‘zni tuslash

# Fe’l nega tuslanadi? - harakat bildirgani uchun

# Egalik kategoriyasining umumiy grammatik ma’nosi:

- ot turkumiga oid so‘zni turlash

#. Umumiy grammatik ma’no:

- lisoniy

- nutqiy

- lisoniy-nutqiy

- sun’iy ma’no

#.Qaysi so‘z turkumining o‘ziga xos sintaktik vazifasi yo‘q?- olmosh.

# Qaysi qatorda qo‘shma sifat [ravish+ot]qolipidan tashkil topgan?

-kamquvvat

#.Taqliddan yasalgan sifat berilgan qatorni toping.

- yaltiroq, yarqiroq, so‘lqildoq

# Ism bilan ismning grammatik aloqasini qaysi kelishik ko‘rsatadi?

- bosh kelishik, qaratqich kelishigi

#.Grammatik ma’no hosil qiluvchi vositani aniqlang.

- Shakl yasovchi qo‘shimcha

#. Qo‘shimcha vazifasiga ko‘ra necha xil?- 2

#. Analistik-sintetik shakldagi so‘z qatorini belgilang.

- Uyga tomon, ishga yarasha

# Kitobxonlarimizdan so‘zi ma’noli qismga to‘g‘ri ajratilgan qatorni belgilang.

- 5 ta ma’noli qism.O‘zak, so‘z yasovchi, shakl yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi,

#. Qanday negiz lug‘aviy negiz deyiladi?

- Tub so‘z lug‘aviy negizni tashkil etadi.

#. Shakl yasovchi morfema qatorini belgilang. -cha, -miz, -lab, -ku, -da

# Qaysi hodisa bilan bog‘liq ravishda so‘zning ham lug‘aviy, ham grammatik ma’nosi o‘zgaradi ?

- So‘z yasalishi bilan

#. Unumli so‘z yasovchi morfema qatorini belgilang.

- -li, -la, -lik, -ma

# Omonim morfema berilgan qatorni aniqlang.

- -oq, -ch, -ma, -m, -siz

#. Qaysi gapda tub va yasama so‘zdan iborat qo‘shma so‘z berilgan.

- Mehmondo‘stlik xalqimizning azaliy odati.

# Asos nima?

- So‘zning so‘z yasovchidan xoli qismi

#. O‘zgarmas so‘zning o‘zgargan holati qaysi javobda?

- Oh, urarman, oh urarman, ohlarim tutgay seni.

#. Zamon ma’nosi ravishdoshda qanday ma’no? - kategorial ma’no

# Mayl zamon kategoriyasi uchun qanday ma’no?

- kategorial ma’no

- yondosh ma’no

- hamroh ma’no

- qorishiq ma’no

#. Sifatdoshning kategorial ma’nosi...

-fe’lni fe’lga bog‘lash

- fe’lni otga bog‘lash

- fe’lga sifat tusini berish

- fe’lga zamon ma’nosini berish

#. Kelishik qaysi gap bo‘lagiga xoslanmagan? - kesimga

# Toshkent – non shahri, iymon shahri. Gapda kesim vazifasidagi ot qaysi kelishikda?

- bosh

# Qanday so‘zlar numerativ so‘zlar deyiladi?- sanoq son bilan sanalayotgan predmet nomi orasida qo‘llanib, predmetlarning og‘irligiga, uzunligiga, hajmiga, tuzilishiga, ko‘rinishiga, joylashish o‘rniga va boshqa xususiyatlariga ko‘ra o‘lchovni bildiradigan, ko‘pincha ot turkumiga mansub so‘zlardan tashkil topadigan, sanalayotgan predmetni hisoblashda uning qaysi kategoriyaga oid ekanligini aniqlashga xizmat qiladigan so‘zlar

#. Olmoshlarning grammatik xususiyatlari qaysi javobda to‘liqroq aks yetgan?

-oshlar mustaqil ma’noli so‘zlar o‘rnida qo‘llanib, ular singari predmet, belgi, miqdor bildirmaydigan so‘zlardir.

# Fe’l qanday grammatik kategoriyalarga ega?

- daraja, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, mayl, zamon, shaxs-son

# Qarasam, qaramaysan, qaramasam, qaraysan. Fe’llarning sintaktik vazifasini aniqlang. - kesim

# Gul ochildi. Gapdagi fe’l qaysi nisbatda? - o‘zlik

#. Issiq, sovuq sifatlarining isimoq, sovumoq fe'llariga qanday munosabati bor?

- sifatlar fe'llardan yasalgan

# Fe'ldan sifat yasovchi qo'shimchalar qaysi qatorda berilgan? -ch, -qi, -gir

# Orttirma nisbat qo'shimchasi -dirhaqida bildirilgan qaysi hukm xato?

- jarangsiz undosh bilan tugagan fe'llarga doimo -tir tarzida qo'shiladi

#. Tasdiq shakli orqali inkor ifodalangan gapni toping.

- Tez orada uncha-muncha mexanikka gap bermay qo'yadi u...

#. Uni ancha erkalatib qo'ygan edilar. Ushbu gapdagi erkalatib fe'li qaysi nisbat shaklida? - orttirma nisbat.

# Quyidagi gapda fe'l nisbatini aniqlang. Go'dak bo'lib o'tgan voqeani qiynala-qiynala bayon qildi. - o'zlik nisbati

#. Orttirma nisbat qo'shimchalaridan iborat qatorni ko'rsating.- -ir, -iz, -ar, -t, -dir

#. Quyidagi gapda majhul nisbatdagi fe'l shakli qaysi sintaktik vazifada kelmoqda? Biror chaqirim yurilsa, bu yo'l katta guzarga olib chiqadi. - kesim

# Birgalik nisbatidagi fe'llar aniq nisbatdagi fe'llarga teng kelgan so'zlar qatorini aniqlang.

- urishdi, janjallashdi, bajarishdi

#. Chol labini tishlab o'ylanib qoldi. (O.) Ushbu gapdaga o'ylanib fe'li qaysi nisbat shaklida? -- o'zlik nisbat

# Sifatdoshning takroriy shakli qaysi qatorda berilgan?

- "Hozirgi yoshlar qariyalarni kuydirgani-kuydirgan", - deb oh chekdi.

# Tuslovchi olmaydigan ravishdoshlar qaysi qatorda berilgan?- o'qigani, yozgani.

#. Gap bilan ovora bo'lib, kechikib ham qolibman. Ushbu gapdagi qolibman so'zi qaysi qatorda to'g'ri izohlangan?

- ko'makchi fe'l.

#. Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalarida quyidagi qo'shimchalardan qaysi biri ba'zan yetakchi, ba'zan ko'makchi fe'lga qo'shilishi mumkin? 4. Nisbat ko'psatkichi.

- 4. #. Quyidagi qo'shimchalardan qaysi biri sifatdoshning bo'lishsizlik shaklini hosil qiladi?- -mas

#. Qaysi gap tarkibida o'tirmoq fe'li yetakchi (mustaqil) fe'l hisoblanadi?

- Aqlli bo'lsang, shunaqa gaplarni gapirib o'tirarmiding?

# Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi berilgan qatorni toping.

- yozib bermoq.

# Gap bilan ovora bo'lib, kechikib ham qolibman. Ushbu gapdagi fe'llar qaysi qatorda to'g'ri izohlangan?

- ovora bo'lib-qo'shma fe'l; kechikib ham qolibman — ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi

# Gapning qaysi bo`laklari asosan fe`lga bog`lanib keladi?

- aniqlovchi va hol

# O`timli fe`llar berilgan qatorni belgilang.

- ber, o`qi, qo`y, ol

# Analistik-sintetik shakldagi so`zlar qatorini belgilang.

- Uyga tomon, ishga yarasha

#. Mavhum ot yasovchi qo’shimchalar berilgan qatorni aniqlang.- lik va chilik;

#. Ko’plik qo’shimchasi chama, taxminni ifodalagan misolni toping.

- Kechqurunlari bo’sh bo’laman, keling, suhbatlashamiz.

#. Qaratqich kelishigini olgan otdan so’ng keluvchi so’zda qanday qo’shimcha mavjud bo’ladi?

- egalik qo’shimchasi

#. Quyidagi -cha qo’shimchasi bilan shakllangan so’zlarning qaysi qatorida kichraytirish ma'nosi ifodalanmagan?

- novcha, yangicha, o’zgacha.

#. Ko’plik qo’shimchasini olmaydigan so’zlar qatorini belgilang.

- quvonch, men, se

#. Ko’plik qo’shimchasi qaysi gapda narsaning turini bildirishga xizmat qilgan?

- Bog’dagi gullardan gulchambar yasadim

# Atoqli ot asosida paydo bo’lgan turdosh otlar qatorini toping.

- asal, rayhon, arslon, muhabbat

#. Faqat turdosh otlar asosida paydo bo’lgan atoqli otlar qatorini toping.

- Juma, Bahri, Rayhon, Nilufar



# Mavhum otlarga -lar qo’shimchasi qo’shilganda, ko’plik ko’rsatkichi qanday vazifani bajarish uchun xizmat qiladi?

- leksik mano ifodalaydi
Download 26.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling