Ilmiy etimologiya,Xalq etimologiya, Yolg’on etimologiya


Download 74.73 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi74.73 Kb.
#1508010
Bog'liq
Ilmiy etimologiya,Xalq etimologiya, Yolg’on etimologiya

Ilmiy etimologiya,Xalq etimologiya, Yolg’on etimologiya

  • Etimologiya tilshunoslikning juda qadimiy sohasi bo‘lib, eramizdan awalgi davrlarda yashagan filosof va filologlar ham so‘zlaming kelib chiqish tarixi bilan shug‘ulianganlar. Etimologiyada so‘zlarning haqiqiy va birinchi asl ma’nolari, shakllari til tarixi hamda boshqa tillardagi shu so‘z to ‘g‘ri kelgan o‘zakka ega bo‘lgan so‘zlar bilan qiyoslash asosida aniqlanadi. Bunda so‘zlarning kelib chiqish tarixi, m a’nosi chuqur tahlil qilinadi. Tilshunoslikda yangi so‘zning kelib chiqish tarixini o'rganish, aniqlash nisbatan oson, lekin eski so‘zlarning etimologiyasini, ya’ni qachon paydo bo'lgani va qaysi tildan olinganini, uning dastlabki m a’no anglatish xususiyatlarini tahlil qilish ancha murakkabdir.
  • Etimologiya vazifasi
  • Tilshunoslik boʻlimi hisoblangan Etimologiyaning asosiy vazifasi qadimiy manbalarni hamda til lugʻat tarkibining shakllanish jarayonini va uning dastlabki, qadimiy holatini tiklashdan iborat. Har bir til leksikasida muayyan miqsordagi soʻzlar borki, ularning shakli bilan maʼnosi oʻrtasidagi bogʻliqlik shu til egalari uchun tushunarsiz boʻlib qolgan, chunki soʻzning tarixan oʻzgara borishi uning dastlabki shakl va maʼnosini xiralashtirib qoʻyadi, bunday soʻz strukturasini tildagi mavjud yasalish qoliplari orqali izohlab boʻlmaydi.
  • Etimologik tahlilning maqsadi muayyan soʻzning qachon, qaysi tilda, qanday yasalish qolipi boʻyicha, qaysi til materiali asosida qanday shakl va maʼnoda paydo boʻlganini aniqlashdir. Etimologik tahlilning asosiy metodi qiyosiytarixiy usul boʻlib, u fonetik qonuniyatlar, morfologik qoidalar, morfologik oʻzgarishlarga tayanib ish koʻradi. Bunday tadqiqot natijalari til tizimi va strukturasidagi turli jarayonlarni hamda soʻzlarning etimologik maʼnolarini aniqlashda, etimologik lugʻatlar tuzishda ahamiyatlidir
  • Muayyan til uchun oʻzlashma hisoblangan soʻzlar Etimologiyasini aniqlash unchalik qiyin emas. Hozirgi oʻzbek tilida qoʻllanayotgan "daftar", "piyola", "qalam" kabi soʻzlarning yunon tiliga mansubligi, oʻsha tildagi (dastlabki) maʼnosini aniqlash uchun leksikografik izlanish — tegishli tillar (arabforsyunon) lugʻatlarini solishtirish kifoya qiladi. Biroq "juda qadimiy" maʼnosidagi "daqyonus (daqqiyunus)dan qolgan" iborasining Etimologiyasini aniqlash uchun din tarixidanQurʼoni karimdagi "Kahf surasi"dan, Rim imperiyasi tarixidan xabardor boʻlish kerak.
  • Ilmiy Etimologiya
  • Ilmiy etimologik tahlil til tarixiga, lahja va shevalarga murojaat qilish, faktlarni turli yoʻllar bilan qiyoslash orqali yuzaga keladi. 
  • Masalan: pichoq soʻzining "bi" (tigʻ) oʻzagiga chak qoʻshimchasini yoki "bich" (kes, kesib tashla) feʼliga ak qoʻshimchasini qoʻshish orqali, "kuy" soʻzining qadimiy turkiycha "kbg" (qoʻp maʼnoli soʻz; bir maʼnosi — ashulada ovozning pastbalandligi) soʻzining "koʻy", "kuy" kabi shakl oʻzgarishi va qisman maʼno oʻzgarishi orqali paydo boʻlganligi ilmiy etimologik tahlillar bilan aniqlangan.
  • Lisoniy birliklarni etimologik tahlil qilishda ular tarkibida tejamkorlik natijasida roʻy bergan oʻzgarishlarga jiddiy eʼtibor qaratiladi. 
  • Masalan: Mas, hozirgi kunda oʻzbek tilida qoʻllanayotgan, payt maʼnosini bildiruvchi tunovgi — tunovkun — tunovin soʻzlari aslida 3 tarkibiy qismdan iborat boʻlib, "tun ogʻgan qun" shaklida qoʻllangan; bir qancha shakl oʻzgarishlaridan keyin mazkur qoʻrinishlarga ega boʻlgan. Demak, "tunovin", "tunovgi" soʻzlari, mavjud lugʻatlardagidek oʻtgan kun, burnogʻi kun, kechadan oldingi kun maʼnolarini emas, balki kecha, yaʼni tun ogʻgan kun (tun chappa boʻlgan kun) maʼnosini ifodalagan.

Download 74.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling