+ Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo`ydi


Download 122 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi122 Kb.
#1275493
Bog'liq
yakuniy 2-kurs uchun 200 ta test (2)


#Yonboshingizdagi ulug`vor tog`lar, jonning huzuri, g`ir-g`ir shaboda … Sut, qimiz serob, – hazillashdi Komila. Berilgan gapda jarangli portlovchi til undoshi bilan boshlanuvchi nechta bo`g`in bor?
+ 6 ta
- 8 ta
- 10 ta
- 12 ta
#Berilgan gaplarning qaysi birida payt mazmunini bildirgan ravishdosh shakli qo`llangan?
+ Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo`ydi.
- Ona kelar yo`lda yugurib, Ko`ringandan qizini so`rab.
- Yodgor kelib-kelmay hasharni adog`iga yetkazdi.
- Doirani olgandan so`ng, chalgani odam izlab ketdi.
#Erkin ertaki ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. Gapda yasama so`zlarning yasalishi uchun asos bo`lgan so`zlar qaysi turkumga mansub?
+ot, ravish, fe’l
-sifat, ravish
-ot, sifat, ravish
-ravish, fe’l
#Tarixing bitmakka xalqim mingta Firdavsiy kerak, chunki bir bor chekkan ohing, mingta doston, o`zbegim. Berilgan gapda old qator unlisidek talaffuz qilinuvchi “a” necha o`rinda ishlatilgan?
+8 ta
-7 ta
-9 ta
-6 ta
#Qaysi gapda fonetik o`zgarish hodisasi faqat yasovchi qo`shimcha qo`shilishi bilan so`zning asos qismida yuz bergan?
+U tug`ilib esini taniganidan buyon qanday yashadi, yig`lagan yetimning ko`z yoshini artdimi? -O`zbekistonning xalqaro obroyi kundan-kunga oshib bormoqda
-Birovning narsasini so`roqsiz ravishda olish kechirilmas gunoh sanaladi.
-Xalqimizning tilagi bitta – tinchlik.
#Javoblarning qaysi birida ichi bo`sh so`z miqdor bildiruvchi so`zga ishora qilgan?
+ Hazil-huzul bilan birpasda birpasda allaqancha piyozni qanorlarga joyladik.
-Bu gapning butun dahshati shu tobda bilindi.
-Siz hayotda qanday kishilarga ergashasiz
-Nega uni otdami, aravadami eltib qo`ymadi?
#Rus, ingliz, qozoq, boshqird, qirg`iz, uyg`ur, xitoy, koreys. Ushbu tillardan nechtasi o`zbek tiliga qarindosh til sanaladi?
-5tasi
+4tasi
-6tasi
-3tasi
#Javoblarning qaysi birida fonetik o`zgarish hodisasi faqat yasovchi qo`shimcha qo`shilishi bilan yuz bergan?
+Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo`lmaydi.
-Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab turib baho beradilar.
-Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab turib baho beradilar.
-Mehnat bilan inoqlashsang, tan og`rig`in ko`rmassan.
#Qaysi gapda yordamchi so`z turkumlarining barcha turi ishtirok etgan?
+Ilm va dinning mashhur kishilari o`z maslahatlari bilan podsholarga ham yordam berib kelganlar. -Mehnatsevarligi uchun xalq ortasida obro`-e’tibor topdi.
-Vatan uchun to`kkali yo`qmi bir qoshiq qoning?
-Vaqt o`tgan sari odam yaxshilik, ezgulik kabi umr ishlariga tashna bo`lib yashaydi.
#Qaysi qatorda yordamchi so`zlarning har uchala turi qo`llangan gap berilgan?
+Agar G`ilay tirsagi bilan turtib yuborsa, to`pponchasi ish bermay qolishi, hatto Bo`tqaning o`girilishiga ham ulgurmasligi mumkinligini o`ylamadi.
-Hamdardlik – bir odamning qayg`u-hasratlariga achinib o`zida ham qayg`u hosil qilishdir, lekin quruq hamdardlik foyda bermaydi.
-Haqiqat tikanli gulga o`xshaydi, shuning uchun u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi.
-Aql va farosat quyoshga o`xshaydi, beparvolik tufayli tushish mumkin bo`lgan dog`larga o`rin qoldirmaydi.
#Asos+so`z yasovchi+shakl yasovchi+so`z yasovchi qolipidagi yasama so`z berilgan javobni belgilang.
+eslaganlik
-mulkdorlik
-ko`kishroq
-yig`lamsira
#Tili zahar, hamisha atrofdagilarning diliga ozor yetkazadigan kimsalarning hayotda qoqilishi tabiiy bir holdr. Qo`shimcha qo`shilishi bilan tovush o`zgarishiga uchraydigan so`zlar soni nechta?
+3ta
-4ta
-2ta
-1ta
#Haq yolida Siz ilmning ummatlari, Xalq yoli hidoyati, hikmatlari. Madad bo`lsin Yassaviyning hikmatlari, Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang. Parchadagi kesimlar tarkibida kelgan jarangli portlovchi undoshlar miqdori nechta?
+11
-10
-9
-8
#“O`zbekistonda o`tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek, qatnashchilarning o`zlari tanlagan tilllar anjumanning ish tili hisoblanadi”. Ushbu fikrlar “Davlat tili” to`g`risidagi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
+9-modda
- 6-modda
-12-modda
-15-modda
#Eng maqbul fazilat – Vatanga va odamzodga ko`rsatilgan xizmatdir. Berilgan hukmlardan qaysilari to`g`ri?
1. Gapda faqat majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan;
2. Gapdagi tire eganing ta’kidlangani uchun ishlatilgan;
3. Gapda hosil bo`lish o`rniga ko`ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan so`zlar 3ta;
4. Ma’nosi ta’kidlangan uyushiq bo`laklar qatnashgan.
+1,2,3,4
-1,2,4
-1,3,4
-1,3
#Qayerdaki nopoklik, razillik, e’tiqodsizlik bo`lsa, u yerda ma’naviyat quyoshi porlamagay. Berilgan gapda qaysi turkumga mansub yasama so`zlar qatnashgan?
+ot, ravish
- faqat ot
-ot, sifat
-ot, sifat, ravish
#Javoblarning qaysi birida yasama so`zlar gapning grammatik markazidan boshqa barcha bo`laklar vazifasida kelgan?
+Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insoniylikning birinchi shartidir.
-Aqlli xalqqa intilsa, nodon o`z qarindosh-urug`lariga intiladi.
-Baxt kulgi bor uyga kiradi
-Birgalashib ovqatlansang– lazzatlanasan? Birgalashib ishlasang – xursand bo`lasan.
#Nopok va harom yo`llar bilan topilgan taomni jig`ildonga tiqishtirayotib ozodalik gigiyenasiga har qancha rioya qilmaylik, bu bilan luqmamiz poklanib qoladimi? Ushbu gapda berilgan so`z turkumlaridan qaysilari qatnashmagan?
1.ot; 2.sifat; 3.komakchi; 4.olmosh; 5.bog`lovchi;
6.fe’l; 7.ravish; 8.modal so`z; 9.yuklama
+7,8
-1,4,6,8
-3,5,7,9
-5,6,7,8
#Javoblarning qaysi birida barqaror so`z birikmasi imlosida xatolik uchramaydi?
+O`zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti
-Fan va Texnika qo`mitasi
-Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti
-Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti
#Qaysi qatorda tasviriylik, ta’kid ma’nosi kuchliroq bo`lgan juft qatnashgan?
+Yigitning ukasi kelib, qo`yarda-qo`ymay kasalxonaga borib kelishimni iltimos qildi.
-Gazetamizda “Ota-onamdan olgan saboqlarim”, deb nomlangan pand-nasihat tarzidagi rukn ochilsa.
-Yig`ilishda hayotiy tajribasi va obro`-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar.
-To`qqiz yil oldin bo`lib o`tgan voqea-hodisalar negadir tez-tez esimga tushadi.
#Javoblarning qaysi birida sifat bog`langan so`z kengaygan birikmali hol vazifasida kelgan? +Tushlik o`tib, ikki soatlik majburiy hordiq tamom bo`lgandan keyin kasalxona gavjum bo`lib ketadi.
-Mashina qora oqqushdek yengil suzib borar, yon derazadan bahor shabadasi shiddat bilan yopirilib kirar.
-Doshqozonga olov yoqilgan, kabobpaz sixlarni ko`raga tergan, boyagi qassob bola allaqachon qo`yni tinchitgan edi.
-U zina oldiga yetganda qo`ng`iroq uzoq asabiy jiringladi.
#Yoq, chamamda, onalarning biz tushunmaydigan, bizning o`lchovmizga sig`maydigan o`z olami borga o`xshaydi. Berilgan gapda modal so`zlar qanday vazifada kelgan?
1.so`zgap, 2.to`ldiruvchi, 3.kirish so`z
+1,2,3
-1,3
-2,3
-faqat 3
#–chi yuklamasi quyidagi so`roq, buyruq, iltimos, xohish, ta’kid, uqtirish ma’nolaridan nechtasini bildiradi?
+ hammasini bildiradi
-3tasini
-4 tasini
-faqat so`roq, ta’kid
#Qaysi qatorda uyushiq to`ldiruvchilarni bog`lagan vazifadosh bog`lovchi qo`llangan?
+Mol-u davlatimiz bilan emas, balki ilm-hunaringiz, go`zl xulq-atvoringiz bilan faxrlaning. -muloyim kishida insof ham, diyonat ham, e’tiqodga sodiqlik ham, vijdon ham, sadoqat ham – hammasi bo`ladi.
-Birov odob o`rgatsa, o`rganmagan kishi hayvon, ammo uzr so`rasa, qabul qilmagan kishi shaytondir.
-Mevani gullata bilishgina emas, balki undan mo`l va shirin hosil yetkaza bilish san’atdir.
#Qaysi qatorda boshqalariga nisbatan ism asosli yasama so`zlar miqdori ko`p?
+Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan do`st bo`l.
-Xalqimiz faqat jisman emas, ruhan ham uyg`oq bo`mog`i darkor.
-Aslida inson baxt uchun, dunyo ne’matlaridan bahramand bo`lish uchun tug`iladi.
-Turli katta-kichik marosimlar bayramlar, tug`ilgan kunlar, to`ylar bilan bir qatorda, do`stona yig`inlar ham bu munosabatlarni tobora mustahkamlab turuvchi vositalardir.
#Bolalikdan boshlangan do`stlik odamzodning keyingi ulg`aygan va kamolotga erishgan davrida orttirgan barcha do`stlari orasida alohida o`rin tutadi. Gapda ismlarning munosabat shaklini olgan so`zlarda jarangli undosh bilan boshlanuvchi bo`ginlar soni nechta?
+18 ta
-16 ta
-17 ta
-19 ta
#sunbul, sarv arg`uvon, zag`far, sumanpar, ishqi pechan. Berilgan so`zlardan nechtasi yoqimli hidi va go`zal ko`rinishi bilan gulni eslatuvchi giyohlar nomini bildiradi.
+2 tasi
-3 tasi
-4tasi
-5 tasi
#Suvni tejash, pokligini, sofligini, tozaligini, sifatini saqlash, uvol qilmaslik savoblarning eng kattasidir, ibodatlarning eng ulug`idir, amallarning eng chiroylisidir. Ushbu gapda tovushlari va harflari teng kelmagan so`zlarda nechta yopiq bo`g`in bor?
+15ta
-14ta
-16 ta
-17 ta
#Qaysi qatorda ko`chma ma’noli so`z ishtirok etgan gapda ortirma nisbat shaklidagi fe’l qatnashgan?
+Tojixon Saidaning kelganidan xursand bo`ldi, minnatdorchilik bildirgani so`z, o`tqazgani joy topolmay qoldi.
-Mamlakatning istiqboli ham, kelajagi ham yoshlar, sog`lom insonlar qo`lida bo`lishi tabiiy holdir.
-Qo`shnimizning o`g`li dadasi bilan tortishayotganining ustidan chiqib qoldim.
-Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho`zib yuborilmoqda.
#Qaysi gapda qo`shimchalarning asosga qo`shilish tartibi buzilgan yasama so`z berilgan?
+Yuqoridagi ko`rsatmalarga amal qiling.
-O`zbekistonning kelajagi yorug`, ertasi porloq.
-G`azablanmang, g`azab sizni to`g`ri izdan chiqarib yuboradi.
-Yurtimizni rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqamiz.
#Haq yolida Siz ilmning ummatlari, Xalq yoli hidoyati, hikmatlari. Madad bo`lsin Yassaviyning hikmatlari, Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang. Berilgan she’riy parchada nechta sodda gap bor?
+4ta
-5ta
-6 ta
-3 ta
#Ma’naviyat har bir xalqning tarixi, urf-odatlari, milly qadriyatlariga mos ravishda yuzaga chiquvchi eng oily tuyg`u. Ushbu gapdagi yasama so`zlarga asos bo`lgan so`zning turkumini aniqlang.
+ot, sifat, fe’l
-ot, fe’l
-sifat, fe’l
-faqat sifat
#Otlarga –lar qo`shimchasi egalik qo`shimchasidan keyin qo`shilsa u qanday
manoni anglatadi?
+ hurmat manosini
-tur,xil yoki nav manosini
- piching kesatiq
- gramatik ko`plini
#Bolalarning shovqinidan boshlarim og`rib ketdi . Berilgan gapda ko`plik
qoshimchasi qanday ma`noni anglatgan ?
+ ma`noni kuchaytirish
- hurmat
- birgalik
. -jamlik, umumiylik
#Quyidagi gaplarning qay briida sof ko`plik manosi ifodalangan?
+ A va C
- o`sha mahallar biz ham yosh edik
- ba`zi ishlarim ko`ngildagidek emas.
-urush yillarini eslash naqadar ogir,
#–lar qo`shimchasi jamlash umumlashtirish manosini bildirgan qatorni toping ?
+ O`rtangan shirinlarning fojialari yor vaslini biyobonlardan izlagan majnunlarning sarguzashtlari hayolimda jonlanadi
- o`rta baho oldilar shekilli
- do`konlarda unlar va yoglar sotilmoqda.
.-sizga qarab zavqlarim toshib ketdi.
#Quyidagi –cha bilan shakillangan so`zlarning qaysi qatorida kichraytirish ma`nosi ifodalanmagan?
+ novcha, yangicha, o`zgacha
- qushcha ,bolgacha , zarracha
- yulduzcha ,bog`cha ,kitobcha
- qizcha ,ko`zacha, daftarcha
#Qaysi qator faqat kichraytirish otlaridan iborat?
+ kelinchak ,bo`taloq, kitobcha
- yulduz, archa ,cho`ntak
- tuginchak qo`zichoq kuyunchak
- qizaloq, yalinchoq, qo`girchoq
#Birlik sonda predmetlar to`dasini anglatadigan otlar qatorini toping?
+ xalq , armiya, el.
- qush ,olma ,shahar
- ko`chat, ishchi, universitet
- terak, yaproq ,avtobus
#Ko`plik qo`shimchasi chamani ifodalagan misolni toping?
+ Kechqurunlari bosh bo`laman , keling suhbatlashamiz
- onda sonda ochilgan chanoqlar ko`k dengizda sadafdek yaltiraydi
- Quvnashdi havsdan ko`p bilan ko`ngilar
- Vatandoshlarim bilan quvonaman
#Qaysi qatorda ko`plik qo`shimchalari qo`llangan?
+ So`zlar so`zlar tarixdan hamon
- bu yerda kechalari sovuq kunduzlari biroz issiq bo`ladi
- Ilgarilari bundayimkoniyatimiz yo`q edi,
-U do`stining taqdirini ko`p o`ylardi.
#Shu sevinch ikkovlariga ham kuch- gayrat ,dadillik baxsh etganday bo`ldi .
Ushbu gapdagi mavhum otlar sonin aniqlang ?
+ 3
- 4
- 6
- 5
#Otlashgan sifat ishtirok etgan gapni toping.
+ Shu yaqindan o`tib ketayotgan ikkita ovchi urishqoqni aravaga ortib ketishdi.
-Elmurod chaynaganini yutib, nonga tikilib qoldi.
- Ko`z tashlab ko`rilsa, ko`m-ko`k suv ko`k charxiga o`xshaydi.
- Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak.
#Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. Ushbu gapdagi sifatlar miqdori aniqlang.
+ 3
- 1
- 2
- 4
#Qaysi qatordagi gap tarkibida ot+ot tipidagi qo`shma sifat berilgan?
+ Toshbag`ir odamdan yaxshilik kutma.
- Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir.
- Nodon va kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi.
- Shirinsuhan, oqko`ngil insonlar mevali daraxtga o`xshaydi.
#Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama+yasama so`z shaklida tuzilgan?
+ Menga o`xshash esli-hushli yigitga zoriqib o`tirgan ekan.
- Kasbning katta-kichigi bo`lmaydi.
- U paytda qing`ir-qiyshiq ko`chalar ko`p bo`lgan.
- U yosbligidan ota-onasiz katta bo`lgan.
#Tarkibida juft sifat ishtirok etgan gapni aniqlang.
- Uyga kelib qarasa, hamma yoq ag`dar-to`ntar bo`lib yotibdi.
- Bu masalani uzil-kesil hal qilish vaqti kelmadimi?
+ Shag`al to`kilgan o`ydim-chuqur yo`ldan yurish it azobini beradi.
- Barcha javoblar to`g`ri
#Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo`lgan buyuk shaxs edi.
Ushbu gapda qatnashgan sifatlar haqidagi to`g`ri hukmlarni aniqlang.
1) asliy sifat 2) nisbiy sifat 3) tub sifat 4) yasama sifat 5) aniqlovchi vazifasida 6) hol vazifasida
+1,3,5
-1,3,4, 5
-2,4, 5, 6
-1,2, 3, 5
#Qaysi gaplar tarkibida yasama sifat mavjud? 1. Yo`lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning tanga-tanga barglari iliq quyosh nuridan marvariddek tovlanadi. 2. Uning chanqoq ko`zlari, siyrak qoshi, o`ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. 3. Pastdagi bog`dan xazon hidi ko`tarilib, uning xayollarini to`lin oy sehrlagan dalalarga olib ketar edi.
+ 1, 2, 3
- 1 va2
- l va 3
- 2va 3
#Ozaytirma daraja shaklidagi sifat egaga bog`langan qatorni aniqlang.
+ Shamning qizg`ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi.
- Yorug`lik uning oqish yuzlari, quyuq kipriklarini bir zumgina yoritdi.
- Qoramtir yuzi, siyrak soqolidan yoshini chamalash qiyin edi.
- Barchasi
#Ho`kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog` quruq poyani tashlab qo`yarekan. ( "Susambil") Ushbu gapda yasama so`z qaysi so`z turkumiga mansub va qaysi gap bo`lagi vazifasida kelgan?
+sifat, aniqlovchi
- ravish, hol
- fe’l,kesim
- fe`l , hol
#Orttirma darajadagi sifatlar berilgan qatorni aniqlang.
+ Dunyoda eng orzumand xalq o`zbek bo`lsa ajabmas.
-Ular yolg`izoyoq yo`ldan nihoyatda sekin borishardi.
- Quvvatsizligidan juda tez charchab qolardi.
- Barcha javoblar to`g`ri
#Quyidagi so`zlardan qaysi biri qadimda og`irlik o`lchovi sanalgan?
+ paysa, misqol, dahsar
-chaqirim, botmon,tanob
- qarich, yog`och, qalam
- botmon, tanob, gaz
#Quyidagi so`zlardan qaysi biri qadimda uzunlik o`lchovi sanalgan?
+ qarich, yog`och, qalam
-chaqirim, botmon,tanob
- paysa, misqol, dahsar
- botmon, tanob, gaz
#Qadimda ishlatilgan sarjin so`zi qanday o`lchov birligi sanalgan?
+ yer o`lchovi
- og`irlik
- masofa
- pul o`lchovi
#Qaysi gapda qo`llangan o`lchov so`zi alohida olinganda predmet nomini bildirib, matn ichidagina o`lchov ma’nosini bildiradi?
+ Uygacha yuz qadam qoldi.
- Shahargacha hali uch chaqirim bor.
- Uyning orqasida 4 sotix ekin maydoni bor.
- To`rt nafar talaba darsga qatnashmadi.

#Berilgan o`lchov so`zlarining qaysilari faqat o`lchov-hisob ma’nosini bildiradi, qaysilari alohida olinganda predmet nomini bildirib, matn ichidagina o`lchov birligi ma’nosini bildiradi? 1) qarich 2) qadam 3) quchoq 4) bochka
5) paqir 6) shisha
+ barchasi predmet ma`nosini va o`lchov ma`nosida kelishi mumkin
- 1, 4-faqat o`lchov-hisob;2, 3, 5, 6-ham o`lchov-hisob, ham predmet ma’nosini bildiradi
- 1, 2, 4-faqat o`lchov-hisob, 3, 5, 6-ham o`lchov-hisob, ham predmet ma’nosini bildiradi
- barchasi faqat o`lchovhisob ma’nosini bildiradi
#-ala qo`shimchasi qaysi sonlarga qo`shiladi?
+ besh, olti, o`n
- yetti, to`qqiz, o`ttiz
- o`n besh, qirq, ellik
- bir, sakkiz, uch
#Qaysi sonlarni yasaganda tovush tushishi sodir bo`ladi?
+ ikki, olti, yetti
- ikki, uch, olti
- ikki, to`rt, yetti
- ikki, besh, olti
#Tartib sonlar yo`q gapni toping.
+ Onasi tokchadagi yettinchi lampani yoqdi
- Ukam beshinchi sinfda o`qiydi
- Yettinchilar, shanbalikka chiqinglar
- Beshinchi, oldinga chiqing
Sonlarga –ta qo`shimchasini qo`llanadigan so`zlarni toping.
+ barchasi to`g`ri
- bosh, nafar
- tup, litr
- litr, gramm
#Sonlarni ma`noviy turini hosil qiluvchi qoshimchala qanday ataladi?
+ lug`aviy shakl yasovchi
- son yasovchi
- sintaktik shakl yasovchi
- aloqa munosabat qo`shimchasi
#Qaysi qatorda olmoshning ikki turi qatnashgan?
+ Qachonlardir qarshiman o`tsang seni derdim oddiy yo`lovchi
- Mana bu manzarani qaranglar, - dedi Manzura.
- O`zingni o`zingga maqtagandan qo`rq.
- Siz o`z ota-onalaringizni jigar go`shalarisiz, bu kam.
#Bu tushmi yo xayol, bu na turli kuy, qayerdan bunday qushlar sayrashi?
Gapda olmosh turkumiga oid so`zlar necha o`rinda qo`llangan?
+ 5
- 4
- 3
- 6
#Qaysi javobda ko`rsatish olmoshlari haqidagi noto`g`ri hukm berigan?
+ So`z ma’nosini aniqlab keluvchi ko`rsatish olmoshlari o`zi aniqlayotgan so`zdan yo oldin yo keyin keladi.
- Ba’zan ko`rsatish olmoshlari og`zaki nutqda manavi, anavi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi
- Mustaqil so`zlar va gaplar o`rnida kelib, ularni ko`rsatib keladi
- Ko`rsatish lmoshlari egalik, kelishik, -day, -aqa, -cha shakllarini olganda talaffuzda va imloda tovush ortadi
#Qaysi gaplarda olmosh turkumiga mansub so`zlar qo`llanagan?
1) Bu gul o`zidan nur taratish xususiyatiga ega ekan
2) Odilning shu tobda ko`chaga chiqqisi, toza havoda sayr qigisi keldi.
3) Qachonlardir qarshimdan o`tsang, seni derdim oddiy yo`lovchi.
4) Mehnatsevarlik, rostgo`ylik nima, bilasizmi?
+ 1,3,4
- 1,2,3,4
- 1,2,4
- 2,3
#Berilgan olmoshlardan qo`shma olmoshlarni ma’no turini toping.
Mana shu, o`sha-o`sha, siz-biz, hech kim, allaqaysi, har bir.
+ ko`rsatish, bo`lishsizlik, belgilash
- ko`rsatish, kishilik, bo`lishsizlik, gumon, belgilash
- ko`rsatish, bo`lishsizlik, gumon, belgilash
- ko`rsatish, bo`lishsizlik, kishilik, belgilash
#Qaysi olmoshlar juft holda ham ishlatiladi?
+ kishilik, ko`rsatish
- ko`rsatish, belgilash, so`roq
- ko`rsatish
- ko`rsatish va o`zlik
#Qaysi javobda quyidagi gapda qo`llangan olmoshlar soni va turi to`gri ko`rsatilgan?
Noshukurlik, -debdi u, -noshukurlikning bxosiyat tomoni shundaki, bu illatga o`ralgan kishi his etish, jamiyki narsadan lazzatlanish, bahramand bo`lish qobilyatini yo`qotadi.
+ 4 ta 1 ta kishilik, 2 ta ko`rsatish, 1 ta belgilash
- 4 ta 3 ta ko`rsatish, 1 ta belgilash
- 3 ta 1 ta kishilik, 2 ta ko`rsatish
- 3 ta 1 ta kishilik, 1 ta ko`rsatish, 1 ta belgilash
#Hech kimdan kam emassan, kam bo`lmagaysan,
Yerda qolsang, oftob bo`lib kulmagaysan.,
Qachon belni mahkam torrib bog`lagaysan?
Aytgil, do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Ushbu she’riy parchada olmosh turkmiga mansub so`z necha marta qo`llangan?
+ 3
- 1
- 4
- 2
#Kishilik olmoshlari o`zlik olmoshi bilan bog`langanda kishilik olmoshlariga qanday ma’no yuklanadi?
+ ta’kid
- Yakkalash
- manmanlik
- g`ururlanish
#Oldingi gap, biror so`z, so`z birikmasi o`rnida qo`llanilib, unga ishora qiluvchi yoki biror so`zni aniqlab keluvchi olmoshlar…
+ ko`rsatish
- kishilik
- belgilash
- so`roq
#Ko`makchi fe`lning qaysi shakli harakatning boshlanishini bildiradi?
+ boshlamoq
- olmoq
- yotmoq
- chiqmoq
#Aytib qo`ymoq fe’li haqidagi noto`g`ri mulohaza qaysi qatorda berilgan?
+ qo`shma emas, sodda fe’l
- ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi
- ravishdosh shaklida
- Zamonni ifodalamagan
#Ko`makchi fe`lning qaysi biri harakatning to`la yakunlanganini bildiradi?
+ chiqmoq
- boshlamoq
- olmoq
- yotmoq
#Mustaqil va yordamchi fe’llardan iborat qaysi birlik qo`shib ham yozilishi mumkin? 1) ayta ber; 2) bora oladi; 3) olib qochdi; 4) bilar ekan.
+ l,2,4
- 1,2, 3,4
- l,2
- l,3
#Otamiz aravaga qo`shilgan otlarni yetaklab borar edi. Berilgan gapda harakat tarzi fe`llari qanday ma`noni anglatyapti?
+ harakatning davomiyligi
- harakatning to`la yakunlanganligi
- harakatning bajarishga imkoniyat mavjudligini
- harakatning boshlanishini
#Qaysi qo`shimchalar yetakchi fe`lga ham ko`makchi fe`lga ham qo`shiladi?
+ A va B
- nisbat
- bo`lishsizlik
- zamon
#Qaysi qo`shimchalar faqat ko`makchi fe`lga qo`shiladi?
+ A vaB
- zamon
- shaxs son
- nisbat
#Xazonlarning shabadadan shitirlashi-yu chala berkitilgan vodoprovod jo`mragidan oqayotgan suvning jildirashidan boshqa hech narsa eshitilmasdi.
Mazkur jumlada ishtirok etgan fe’l turkumiga mansub so`zlarning nechtasi yasama
hisoblanadi?
+ 3 tasi
- Barchasi yasama.
- 2 tasi
- 4 tasi
#Qaysi so`z turkumidan afikssatsion yo`l bilan fe`l yasab bo`lamaydi?
+ fe`llardan
- otlardan
- sifatlardan
- olmoshlardan
#-la, -a qo`shimchasi qaysi so`z turkumlaridan fe`l yasaydi?
+ ot, sifat
- ot, sifat, son
- ot, sifat, son, olmosh
- ot, sifat, son, olmosh, ravish
#bir maslahatni aytib bo`ladi, … ro`zg`or ishini. Nuqtalar o`rniga qaysi ayiruv bog`lovchisini qo`yish mumkin?
+yo..yo
- goh..goh
- na..na
- ham… ham
#Ishqilib, yo ilmli, yo hunarli bo`lish payida bo`linglar. Berilgan gapda bog`lovchi qaysi turkumdagi so`zlarni teng bog`lagan?
+ sifat
- ot
- fe’l
- ravish
#Bir xil vazifani bajaruvchi sof va vazifadosh bog`lovchi qatnashgan gap(lar)ni toping?
1)Matniyoz xotini nima desa shuni qilardi-yu, lekin ich-ichidan unga achinib qo`yardi.
2)O`zi balo tog`ining va ofat bulog`ining boshida o`tirarmish, kun-u tun, yoz ham qish.
3)Menda na bol tayyorlamoq mashaqqati va na uya solmoq kulfati bor.
+ 1, 2
- 1, 2, 3
- 2
- 1
#Teng bog`lanish qismlarini bog`lovchi vositalarni toping.
1)biriktiruv bog`lovchilari; 2)zidlov bog`lovchilari; 3) bog`lovchi vazifasidagi inkor yuklamasi; 4) bog`lovchi vazifasidagi kuchaytiruv va ta’kid yuklamasi; 5) sabab bog`lovchilari; 6) ayiruv bog`lovchilari
+ 1, 2, 3, 4, 6
- 1, 2, 3, 4, 5, 6
- 1, 2, 3, 4
- 1, 2, 6
#Balki so`zi vazifadosh bog`lovchi bo`lib kelgan gapni toping.
+ Xalqni qo`rqitadigan emas, balki xalq dardiga sherik bo`la oladigan odam marddir.
- Balki, ertalab o`ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir.
- Bo`lib o`tgan voqea, balki, seni shoshirib qo`ydi.
- Balki so`zi vazifadosh bog`lovchi sifatida qo`llanmaydi.
#O`zaro tobe munosabatda bo`lgan gap bo`lagi va gaplarni bog`lash uchun ishlatiladigan bog`lovchilar qaysi qatorda berilgan?
+ negaki, basharti, garchi, agar
- hamda, bilan, chunki, agar
- shuning uchun, hamda, ya’ni, -ki
- balki, chunki, bilan
#Vazifadosh bog`lovchi berilgan gapni toping.
+ Barchasida qo`llangan.
- Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko`rishmaydi.
- Xalqni qo`rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo`lgan odam marddir.
- Onam bilan men ertalab yo`lga chiqdik.
#Qaysi gapda vazifadosh bog`lovchi qo`llangan?
+ Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirindi.
- Kun ilishi bilan daraxtlar kurtak yoza boshladi.
- Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir.
- Sen ham, men ham shunga ishonimizmiz-a?
#Ham, ham bog`lovchisi qaysi bog`lovchi turiga kiradi?
+ biriktiruv
- zidlov
- ayiruv
- ergashtiruv
#O`zaro ma’nodosh bog`lovchilarni toping.
1) va, 2) –u, -yu, 3) hamda, 4) bir, 5) yo, 6) bilan, 7) ham, ham
+ 1,2,3,6,7
- 1,2,3,6
-1,3,6
- 1,2,3,4,6,7
#Qaysi qatorda tomon so`zi ko`makchi vazifasida qo`llangan?
+Ovoz ko`cha tomondan kelyapti
- Sen mening tomonimni olishing kerak
- Har ikki tomon bu taklifni qo`llab-quvvatladilar
- Dushmanning zaif tomonidan foydalanish lozim
#Kelishik qo`shimchasi bilan ko`makchilar o`zaro ma’nodosh bo`lib kelganda, ularning qaysi birida ma’no umumiyroq, noaniqroq beriladi?
+ ko`makchilarda
- kelishik qo`shimchasida
- ba’zan chiqish kelishigida
- har ikkalasida ma’no aniq bo`ladi
#Kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirishda xatolikka yo`l qo`yilgan gapni aniqlang? 1. Mahallada duv-duv gap tarqaldi. Mahallada duv-duv gaplarni tarqatdi 2. Botirning ahvoliga achindi. Botirning ahvoli uchun achindi. 3. Ashulalarida Vatanni madh etdi. Ashulalari orqali Vatan madhini barilla kuyladi.
+ xatolik yo`q
- 1, 2, 3
- 2, 3
- faqat 2
#Qaysi qatordagi gapda vazifadosh ko`makchi ishtirok etadi?
+Bu kitob qo`liga tushgandan keyin bosh ko`tarmay mutolaaga tushadi
-Avval o`yla, keyin so`yla
-xalqimiz faqat jisman emas, ruhan ham uyg`oq bo`lmog`I darkor
-Ish bilan ovora bo`lib, kunning o`tganing ham sezmay qolasan
#“ Hamma yerda bulbulning shirin kuylari hamisha qulog`i ostida jaranglab turardi” gapida qaysi turkumga mansub birlik ishtirok etmagan?
+olmosh
- ravish
- ko`makchi
-sifat
#Ko`makchilar oldida kelgan ismlar qanday kelishik shakllarida bo`lmaydi?
+o`rin-payt va tushum
-bosh va qaratqich
-tushum va jo`nalish
-chiqish va qaratqich
#Sezmadim mozoringda, o`chib qolgan sham kabi, G`ofil o`ylar ichida So`nib qolganin qalbim. Nechta ko`makchi qo`llangan?
+2ta
-ko`makchi qo`llanmagan
-1ta
-3ta
#Tarkibida uchta ko`makchi qo`llangan gapni toping.
+Ehtimol, u ham kun bo`yi jon-jahdi bilan ishlab, haddan tashqari charchagandir
-Qisqa qilib aytganda, Jalolov bilan birga xatoning oldini oldik, menimcha
-Ular bir qadam bosishlaridan oldin avval hassalari bilan yerni paypaslab ko`radilar .
-Ha, darvoqe, uni gazetaga yozmoqchi ham bo`ldik avval, lekin satqayi gazeta ketsin senga, deb yozmadik
#So`z birikmasida sabab ma’nosi ifodalanib kelganda qaysi ko`makchilar orqali tuzilgan bog`lanishlar o`zaro sinonimlik hosil qila oladi? 1) deb, 2) uchun, 3) tufayli, 4) bois
+1,2,3,4
-1,2,3
-2,3,4
-1,2,4
#Qaysi gap tarkibida 3 ta ko`makchi mavjud?
+Shundan beri inson tinmayin , Shu yer uzra ter to`kar hamon. Yerni go`zal qilgani sayin, Go`zal bo`lar o`zi ham inson
-Yuz bergan tabiiy ofat tufayli uyimizning hammayog`I buzilib-yorilib ketib yashash uchun mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgandi..
-Duo bilan el ko`karar. Yomg`ir bilan yer ko`karar
-Aslida, inson baxt uchun, dunyo ne’matlaridan baxramand bo`lish uchun tug`iladi.
#Qaysi gapda gumon yuklamasi qatnashgan?
+“O`lsa o`lgandir, bung anima janjal!”- deb qo`ydi tag`in birov.
- Suv hayot manbayidir.
-Urug`ingdir, aymog`ingdir, biror og`zi maymog`ingdir, Ulardan ham tonasanmi? Bu osonmi? Bu osonmi?
-Sizni yo`qlab qachondir bir go`zal kelgandi.
#Ulardan faqat birga oldirilgan suratgina yodgor qoladi xolos.
Ushbu gapda nechta yuklama qatnashgan?
+3
-2 ta
-4
-5ta
#Xotin, bu gaplar kitobda bor, xolos, hayot boshqa.
Gapda qaysi yuklama qatnashgan?
+ ayiruv-chegaralov
-so`roq-taajjub
- kuchaytiruv-ta’kid
- o`xshatish
#Qaysi gapda yuklama bor?
+ Nosir oxun eski bo`lsa-da, ozoda libosda edi.
- Qiz erta-yu kech soatga qaraydi, daqiqalar sanaydi.
- Birrov kirdi-da, chiqib ketdi.
- U anchadan keyin o`ziga keldi-yu, tepasida xoini turganini, qizchalari yig`layotganini payqadi.
#Namiqqan shuvoqlar oldin tutab, yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, gurillab ketdi.
Ushbu gapda nechta yordamchi so`z qatnashgan va ularning turlarini ayting
+2 ta yuklama va bog`lovchi
- 2 ta yuklama
- 3 ta yuklama va bog`lovchi
- 4 ta yuklama, bog`lovchi, ko`makchi
#O`xshatish qiyoslash yuklamalarini toping.
1) –oq(yoq), 2) bamisli, 3) hatto, 4) –da,5) go`yo, 6) faqat, 7) xuddi, 8) hech, 9) naq, 10)g`irt
+ 2,5,7,9
- 5,6,7
- 1,2,9
- 3,4,10
#Qaysi hukm noto`g`ri?
+ –u(yu), -da ham yuklama, ham ko`makchi
- bilan ham ko`makchi, ham bog`lovchi
- ham, na…na ham bog`lovchi, ham yuklama
- balki ham bog`lovchi, ham modal so`z
#Qaysi javobda uchta yuklama qatnashmagan gaplar berilgan?
1) Ulardan faqat birga oldirilgan suratgina yodgor qoldi, xolos
2) Qizning nihoyatda ta’sirlanib gapirgan fikrlariga feruza ham bir nima deya olmadi-ya.
3) Xullas, hammasi yaxshi ketayotgan edi-yu, to`satdan ikkovlari ham shaharga, o`z uyiga qaytish payiga tushib qolsa bo`ladimi?
4) Nahot, meni ham shu gapga ishonmadi deb o`ylaysiz-a
+ 2,3
- berilganlarda uchtadan yuklama qatnashgan
- 1
- 2,3,4
#Quyidagilardan qay birlari yuklama?
1) balki, 2) nahotki, 3) nihoyat, 4) axir, 5) agar, 6) hech, 7) sira
+ 2,4,6,7
- 1,2,4,7
- 2,3,5,6
- 2,3,4,7
#Men-ku bu haqda o`ylab ko`rdim. Siz-chi?
Ushbu gapda yuklamaning qaysi turi qatnashgan?
+kechaytiruv-ta’kid, so`roq yuklamasi
- So`roq-taajjub yuklamalari
- ayiruv-chegaralov yuklamalari
- so`roq yuklamasi
#Inkor so`z qatnashgan gapni aniqlang?
+ Dunyoni qizg`anma mendan, azizim. Sen yurgan yo`llardan yurmasman aslo.
- Muzqaymoq yemaysizmi? – Mayli.
- Yuring salqinga o`tamiz. – Xo`p.
- Mingboshi suvni o`zi so`radimi? – Ha, o`zi so`radi.
#Yozuvda undov so`zlardan keyin qanday tinish belgisi qo`yiladi?
+ vergul
- nuqta
- tire yoki undov
- undov
#Erkalash, rohatlanish, norozilik, g`azab-nafrat, og`riq singari hissiyotlarni ifodalovchi so`zlar qanday so`zlar?
+ his-hayajon undovlari
- buyruq-xitob undovlari
- haydash-chaqirish undovlari
- modal so`zlar
#His-hayajon undovlari qaysi qatorda ko`rsatilgan?
+ uf, iye, voy-bo`, oh
- hey, voy, oh, uh
- oh, hey, chu, o`h-ho`
- voy, xo`sh, chip-chip
#Buyruq-xitob undovlari berilgan qatorni toping.
+ hey, xey, chu, beh-beh
- hoy, hey, kisht, oh
- uf, chu, voy, voy-bo`
- xo`sh, hey, oh, chip-chip
#Undov so`z ishtirok etgan gapni toping?
+ Tiss, – dedi Sayyora, barmog`ini labiga qo`yib.
- Chiroq lip-lip etdi.
-Ehtimol, ertalab o`ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir.
- Otasining xuddi o`zi.
#Undov so`z ishtirok etmagan gap berilgan qatorni ko`rsating.
+ Boshidagi yal-yal yonarmish.
- Iya, bularni nima qilasan?
- Hammasi o`tkinchi, xo`sh, nima o`tmas?
- Ey qotil, nega shunday katta azim terakni nobud qilding?
#Holatga taqlidni bildirgan so`zlar berilgan qatorni aniqlang.
+ jimir-jimir, dag`-dag`, lip-lip
- lip-lip, jimir-jimir, voy-dod
- yal-yal, dupur-dupur, tars-turs
- chars-churs, tars-tars, tap-tap
#Ovozga taqlidni bildirgan so`z ishtirok etgan gapni toping.
+ To`rtta savag`ich bilan tap-tap urib, par singari qilib titibdi.
- Namoz g`azabi oshib, dag`-dag` qaltiray boshladi.
- Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi.
- Boshidagi toj yal-yal yonarmish.
#Taqlid so`zlar qaysi jihatiga ko`ra tovushga va holatga taqlid turlariga bo`linadi?
+ nimaga taqlidni bildirishiga ko`ra
- tuzilishiga ko`ra
- ma’nosiga ko`ra
- hosil bo`lish usuliga ko`ra
#Qaysi qatorda ravishlar turlanmagan?
+ G`ulomjon orqadan qarab qoldi
- Ishimizdan ertaning shabadasi kelib turibdi
- Baxt axtarib yurgan ko`plarni bilaman
- Hozirning o`zida uning dong`i olamga ketdi
#Belgi bildirish quyidagilarning qaysi biriga xos ?
1 sifat 2. ravish 3.sifatdosh 4.ravishdosh
+ 1,2,3
- 1,2,3,4
- 1,2
- 2,4
#Sabab ravishini toping.
+ Qorong`i tushgach, noiloj o`yinni tugatishga to`g`ri keldi
- Erta ekkan xirmon qilur , kech ekkan armon qilur
- Bu yil azamat dehqonlarning fidokorona mehnati yaxshi bo`ldi
- Horibcharchab, zo`rg`a oyoq tashlab, yotoqxonalarigaqaytgan vaqtlarida yarim
kechadan ancha o`tib qolgan edi
#O`rin ravishini toping.
+ Shamol oldindan esardi
- Ko`pincha tog` tomondan shamol esib turardi
- To`lagan chol o`rnidan turdi
- Huddi shu do`kondan ikki respublikaning chegarasi o`tardi
#Maqsad ravishini toping.
+ Ovozingni eshitish uchun ataylab keldim
- Men sizni olib ketgani keldim
- Umrimizga yuz bahor yo`ldosh bo`lsin
- Feruza bilan Shahnoza Azizani o`ynatmoqchi bo`lib kelishgan ekan.
#Holat ravishi qaysi gapda keltirilgan?
+ Birdan eshik ochilib, do`stim keldi
- Sayohatchilar yuqori ko`tarilishib qayinzorga o`zlarini urdilar
- Gulomjon aytayin qaradi
- Bahorda paxtakorlarga ish ko`p edi
#O`rin ravishini toping.
+ Ular hech ikkilanmay olg`a yurishdi
- Yo`lchi boshini quyi solib birpas jim o`tirdi
- Kechasi bilan yog`ib chiqqan qor togn paytida tindi
- Bular yaqinda Toshkentdan ko`chib kelishdi
#Mana shu tepalikda tez-tez sayil bo`lib turardi. Gapdagi ravishning ma`no turini toping.
+ daraja –miqdor
- sabab
- holat
- o`rin
#Sharofat xola ro`molni salgina tuzatib, so`ri tomon asta yurib bordi. Gapda ravishning qanday ma`no turi qo`llangan?
+ holat, daraja- miqdor
- o`rin, holat, darajamiqdor
- daraja –miqdor
- holat, o`rin
#Chang va tutundan mashina va odamlar zo`rg`a ko`rinar edi. Ushbu qo`llangan gapda ravisni ma1no turini toping.
+ holat ravishi
- daraja-miqdor
- sabab ravishi
- payt ravishi
#Quyida necha o`rinda modal so`z berilgan?
Darhaqiqat, misoli, asosan, avvalo, demak, deya, xayriyat, xo`sh, umuman, nahotki, deb, ko`ra +5 ta
- 6 ta
- 7 ta
- 8 ta



Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling